Agrologistika va biznes


CHo‘l mintaqasi tuproqlari


Download 80.01 Kb.
bet3/13
Sana08.01.2022
Hajmi80.01 Kb.
#242328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kurs ishi 3- bosqich k.t.f.x.b orginal

CHo‘l mintaqasi tuproqlari Bu mintaqada cho‘l-voha tuproqlari tipiga kiradigan sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar, cho‘l qumli tuproqlari, taqirli tuproqlar keng tarqalgan. Kamroq miqdorda gidromorf tuproqlar tipiga xos cho‘l o‘tloqi-voha tuproqlari uchraydi.

Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar. Mazkur tuproqlar cho‘l mintaqasi tuproqlarining uchdan bir qismini tashkil qilib, asosan platolar, qadimiy yotqiziq yoyilmalarining konuslarida, daryolarning delta va terrasalarida keng tarqalgan. Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar Malikcho‘l, qarshi va SHerobod cho‘llarida hamda Pop atroflarida katta-katta maydonlarni egallagan.

CHo‘l qumli tuproqlari - ancha kam o‘rganilgan tuproq ayirmalaridan hisoblanadi. Granulometrik tarkibi asosan qum va ba’zi hollarda qumoqdan iborat, qaysiki tuproq hosil qiluvchi ona jinsning eol qum yotqiziqlari va qisman engil alyuviydan iboratligidan dalolat beradi.

Taqirsimon tuproqlar. “Taqirsimon tuproqlar” - umumlashtirilgan atama bo‘lib, o‘z ichiga taqirli tuproqlar va haqiqiy taqirlarni oladi

Taqirlar. Taqirlarga xos asosiy xususiyat tuproq yuzasida uzoq muddat (iyun oyigacha) atmosfera yog‘in-sochinlarining saqlanishi natijasida 5-8 sm qalinlikda poligonal shakldagi qatqaloqning bo‘lishidir. Namlanganda oson bo‘kadigan ilsimon zarrachalar ko‘p bo‘lgani tufayli taqirlarning suv o‘tkazuvchanligi juda yomon va suv tutish qobiliyati ancha yuqori.


Download 80.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling