Agrologistika va biznes
Download 80.01 Kb.
|
kurs ishi 3- bosqich k.t.f.x.b orginal
- Bu sahifa navigatsiya:
- AZOTLI O‘G‘ITLAR : TURLARI, OLINISHI VA XOSSALARI
Ў Ғ И Т Л А Р
М И Н Е Р А Л М Аҳ А Л Л И Й ODDIY KOMPLEKS KOMPOSLAR AZOTLI 1.MURAKKAB TORF FOSFORLI 2. MURAKKAB-ARALASH G’O’ZAPO’CHOQ KALIYLI 3. ARALASHTIRI LGAN QURT G’UMBAGI KALSIYLI SAPROPEL MAGNIYLI MIKROELEMENTLAR AZOTLI O‘G‘ITLAR : TURLARI, OLINISHI VA XOSSALARI Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish asosida ammiak sintezi yotadi. Ammiak faqat ammoniyli tuzlarni emas, balki turli-tuman azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda xom ashyo vazifasini o‘taydi Sintetik ammiak quyidagi usulda olinadi: N2 3H2 2NH3 Bu jarayon maxsus moslamalarda yuqori bosim va harorat(400-500oS)da amalga oshiriladi. Ammiak olishda ishlatiladigan azot va vodorod turli aralashmalar( H2S, CO va boshqalar)dan holi bo‘lishi kerak. Azot bevosita havoni yonuvchi koks to‘ldirilgan generatorlarda yoki Linde usulida siqib, fraksiyalarga ajratish yo‘li bilan olinadi. Vodorod olishning bir nechta usuli mavjud: suvni elektrolizlash; suv bug‘ni cho‘g‘langan ko‘mir ustidan o‘tkazish; koks pechlaridagi vodoroddan foydalanish va metanga boy tabiiy gazlardan ajratish. Ammiakni oksidlab nitrat kislota olinadi. Zavodlarda nitrat kislota olish uchun sintetik ammiak hamda kislorod yuqori haroratda qizdirilgan katalizator ustidan o‘tkaziladi va bunda quyidagi reaksiyalar sodir bo‘ladi: 4NH3 5O2 4NO 6H2O ; 2NH3 3O2 2HNO2 2H2O ; NH3 2O2 HNO3 H2O; 4NH3 3O2 2N2 6H2O. Azotning molekulyar holatda yo‘qolishining oldini olish uchun gaz aralashmasining tarkibi va reaksiya harorati omilkorlik bilan boshqariladi. Hosil bo‘lgan nitrat kislota konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida qayta haydalib, 96-98 % li nitrat kislotaga aylantiriladi. Undan nitratli va ammiakli-nitratli o‘g‘itlar olishda foydalaniladi. Hozirgi kunda quyidagi turdagi azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarilmoqda:
Ammiakli-nitratli o‘g‘tlar - ammiakli selitra, ammoniy-sulfat-nitrat. Ammiakli o‘g‘itlar - ammoniy sulfat, ammoniy xlorid, ammoniy karbonat, suyultirilgan ammiak, ammiakli suv va ammiakatlar. Nitratli o‘g‘itlar - natriyli selitra, kalsiyli selitra, kaliyli selitra. 4.Amidli o‘g‘itlar - mochevina, kalsiy sianamid, mochevina-formaldegidli o‘g‘itlar (MFO‘). Download 80.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling