Agrologistika va biznes


Kaliyli o‘g‘itlar, ularning olinishi va xossalari


Download 80.01 Kb.
bet9/13
Sana08.01.2022
Hajmi80.01 Kb.
#242328
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
kurs ishi 3- bosqich k.t.f.x.b orginal

Kaliyli o‘g‘itlar, ularning olinishi va xossalari

Kaliyli o‘g‘itlarni keng miqyosda ishlatish Respublikamizda XX-asrning 60-yillaridan boshlab yo‘lga qo‘yildi. Sobiq Ittifoq davrida kaliyli o‘g‘itlar to‘laligicha Rusiya ( Verxokamsk, Solikamsk ), Belorus (Starobinsk) va Ukraina ( Kalush-Galinsk ) konlaridan olinadigan xomashyolar asosida ishlab chiqilar edi.

Hozirgi kunda Markaziy Osiyoning o‘zidagi bir qator konlarda, masalan, Turkmanistonning Tubegatan, qarluq konlari, Qashqadaryo viloyatidagi Tubakat, Surxondaryo viloyatidagi Xo‘jantkon konlaridan xomashyo olish va ulardan kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Xisob-kitoblarga qaraganda, birgina Surxondaryoning Xo‘jaikon kaliy tuzlari Respublikamiz dehqonchiligini qariyb yuz yil davomida kaliyli o‘g‘itlar bilan ta’minlash imkoniyatiga ega. Bu konlardan olinadigan tuzlarni kompleks qayta ishlash yo‘l-yo‘lakay brom, temir, magnezit, gips va boshqa materiallarni ham olish imkonini beradi.

Deyarli barcha konlar ( konlarning 92 % ga yaqini ) xloridli va sulfatli xomashyo beradigan konlar toifasiga kiradi va ulardan olinadigan o‘g‘itlar ham xlorli hamda sulfatli kaliyli o‘g‘itlar deb yuritiladi.Xlorli kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda asosiy xomashyo silvinit (tarkibida 12-15 % K2O tutadi ) bo‘lib, u silvin(KCl) va galit (NaCl) aralashmasidan iboratdir. Sulfatli kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda kainit, langbeynit va alunitdan foydalaniladi. Tarkibida kaliy tutgan ayrim minerallarning kimyoviy tuzilishini quyidagicha ifodalash mumkin: kainit-KCl MgSO4 3H2O; karnallit - KCl MgCl 6H2O; shyonit - K2SO4 •MgSO4 •6H2O; langbeynit - K2SO4 •2MgSO4; poligalit - K2SO4 • MgSO4 •2CaSO4 •2H2O; alunit - ( KNa)2SO4• Al(SO4)3 •4Al(OH)3; nefelin konsentrati (KNa)2O Al2O3 2SiO2 .

Kaliyli o‘g‘itlar konsentrlangan ( kaliy xloridi, kaliy sulfat, kaliy xlorid elektroliti, kaliy tuzi, kalimagneziya, kaliyli-magniyli konsentrat) va xom ( silvinit, kainit ) kaliyli o‘g‘itlarga bo‘linadi.


1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling