Agrologistika va biznes


Sanoat asosida olinadigan kaliyli o‘g‘itlar


Download 80.01 Kb.
bet10/13
Sana08.01.2022
Hajmi80.01 Kb.
#242328
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
kurs ishi 3- bosqich k.t.f.x.b orginal

Sanoat asosida olinadigan kaliyli o‘g‘itlar

Kaliy xlorid (KSl). Eng keng tarqalgan kaliyli o‘g‘it hisoblanib, ishlab chiqariladigan kaliyli o‘g‘itlarning 85-90 % ini tashkil qiladi. Tarkibida 53,7-60,0 % gacha K2O tutadi. Davlat andazasi bo‘yicha kaliy xloridi namligi 1 % dan ko‘p bo‘lmagan, kulrang jilvaga ega pushti va oq kristallarning aralashmasi holida ishlab chiqariladi. Kaliy xloridi ikki xil: galurgiya va flotatsiya usullari yordamida olinadi. Silvinitdan kaliy xloridini galurgiya usulida ajratib olish KSl va NaCl larning suvda turli haroratlarda erishiga asoslangan. Har ikki tuz bilan boyitilgan eritmaning harorati 20-25o S dan asta-sekin 90-100oS gacha ko‘tariladi. Bunda KSl ning eruvchanligi ikki marta oshgani holda NaCl ning eruvchanligi o‘zgarmaydi ( o‘rta maktab dasturidagi “Tuzlarning eruvchanligi” mavzusini eslang). Eritma qayta sovutilganda, KCl kristallanishga uchraydi va idishning tubiga cho‘kadi, NaCl esa eritmada qoladi. Galurgiya usulining “gidrotsiklon” ko‘rinishida KCl zarrachalari zichligiga ko‘ra ajratiladi. O‘lchami 4-5 mm bo‘lgan yirik kristallardan iborat bo‘lgan o‘g‘it yaxshi fizikaviy xossalarga ega bo‘lib, mushtlashib qolmaydi. Flotatsiya usuli KCl va NaCl zarrachalari yuzalarining suv bilan turli darajada ho‘llanishiga asoslangan. Turli loyli shlammlardan tozalangan va yaxshilab maydalangan ruda suv yoki suvning yog‘li aminlar qo‘shilgan aralashmasi yordamida bo‘tana holiga keltiriladi. Pulpa orqali yuborilgan havo oqimi mayda pufakchalar holida aralashma orasidan o‘tish jarayonida gidrofob xususiyatli zarrachalarni ilashtirib eritmaning betiga ( ko‘pik holatida) olib chiqadi. Bu KSlning konsentrati bo‘lib, sentrifugalash yo‘li bilan undan o‘g‘it ajratib olinadi va quritiladi. NaCl esa, boshlang‘ich aralashmaning tubiga cho‘kadi, ajratib olinadi va tegishli maqsadlarda ishlatiladi.

Flotatsiya va galurgiya usullari bilan olingan kaliy xlorid mayda kristall zarrachalar shaklida bo‘ladi. Gigroskopikligi yuqori bo‘lganligi sababli saqlash jarayonida nam tortib, mushtlashib qolishi mumkin. Buning oldini olish uchun zarrachalar donadorlashtiriladi (1-3 mm kattalikda) yoki aminlar qo‘shish yo‘li bilan yopishqoqligi kamaytiriladi.



Kaliyli tuz ( KCl + mKCl•nNaCl ). Kulrang va pushti kristallar tutgan, kaliy xloridi va silvinit aralashmasidan iborat o‘g‘it. Davlat andazasi bo‘yicha namligi 2 % dan oshmasligi, tarkibidagi K2O ning miqdori 40 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Havodan nam tortib, tashish va saqlash jarayonida mushtlashib qoladi. Tarkibi va xossalariga ko‘ra silvinit va kaliy xloridi o‘rtasida oraliq holatni egallaydi: xlor bilan natriyning miqdori kaliy xloriddagidan ko‘p, lekin silvinitdagidan kam. Kaliyli tuzni natriyga talabchan va xlorga chidamli ekinlarga (qandlavlagi, xashaki va xo‘raki ildizmevalilar) qo‘llash yaxshi samara beradi. Bu o‘g‘it xlorga ta’sirchan ekinlar uchun unchalik yaroqli emas. Lekin kuzgi shudgor ostiga kiritilganda, tarkibidagi xlorning asosiy qismi yuvilib ketadi va ekinlarga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri yo‘qoladi. Kaliy xloridining kainit bilan aralashmasi 30 % li kaliyli tuzni hosil qiladi. Bu o‘g‘it ayniqsa magniyga talabchan ekinlarga qo‘llanilganda, hosildorlik sezilarli darajada oshadi.

Kaliy sulfat ( K2SO4). Oq tusli (ba’zan sarg‘ish jilvaga ega) mayda kristall zarrachali kukun. Tarkibidagi namlik 1,2 % dan kamroq, K2O ning miqdori 46-50 % atrofida. Mushtlashib qolish ehtimoli kam, xaltalarda yoki ochiq holatda tashiladi.

Kalimagneziya ( K2SO4 MgSO4 • 6H2O ). Kulrang tusdagi mayda kukun yoki pushti donachalar holida ishlab chiqariladi. Tarkibida 29 % K2O, 9 % MgO tutadi, namligi 5 % atrofida. Mushtlashmaydi. +og‘oz va polietilen qoplarda yoki ochiq holda tashiladi. Kaliy sulfat kabi uni ham xlor ioniga sezgir va kaliy bilan bir qatorda magniyni ko‘p talab qiladigan ekinlar ( kartoshka, zig‘ir, beda va boshqalar)ga, ayniqsa, tarkibida magniy kam bo‘ladigan tuproqlarga kiritish maqsadga muvofiqdir.

Kaliyli-magniyli konsentrat. Kulrang tusli donador o‘g‘it. Namligi 1,5-7,0 %. Tarkibida 18,5 % K2O va 9 % ga yaqin MgO mavjud. Mushtlashmaydi, ochiq holatda tashiladi. Xlorga ta’sirchan ekinlarga qo‘llaniladi.


Download 80.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling