Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/84
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84
Bog'liq
NOANANAVIY ma\'ruza 2023

Umumiy (nazariy) resurs – bu energoresursning aynan ko‘rinishi ichidagi jamlangan 
energiyani tashkil etadi. 
Texnik resurs – bu energiya fan va texnikaning hozirdagi rivojlanishida mazkur 
energiya resurs turidan olinishi mumkin. U umumiyning juda kichik foizdan o‘nlab foizgacha 
bo‘lgan ulushini tashkil etadi. Lekin energetik jihozlarni takomillashuvi va yangi 
texnologiyalarni o‘zlashtirish natijasida doimo ortib boradi. 
Iqtisodiy resurs – bu mazkur resurs turidan olinib jihoz materiallar va ishchi 
kuchining hozirdagi baholar nisbatida iqtisodiy jihatdan qulay bo‘lgan energiya. 
Nazorat savollari. 
1.Jamiyat hayotida energetikaning o’rni nimadan iborat? 
2.Energetik resurslar nechchi turga bo’linadi? 
3. 
Tiklanmaydigan resurslarni tasnifini tushuntiring? 
4. 
Tiklanadigan resurslarni tasnifini tushuntiring? 



2-MA’RUZA: Muqobil energiya manbalari. 
 
REJA: 
2.1. Energiya - barcha narsalarga asosdir 
2.2. Energiya manbalarining tasnifi 
2.3. Qayta tiklanadigan energiya manbalarining samaradorligi 
2.4. О‘zbekistonda alternativ energetika 
2.1. Energiya - barcha narsalarga asosdir 
 
Energiya (grek. energeia - harakat, faoliyat) – materiyaning har xil harakatlari 
shakllarining umumiy miqdoriy о‘lchovidir (uni о‘lchash mumkin). Energiya mexanik, 
issiqlik, kimyoviy, elektromagnit, gravitatsiyali, yadroviy va boshqa turlarga bо‘linadi. 
Energiyaning saqlanish fundamental qonuniyatiga asosan (bundan abadiy dvigatelni yaratib 
bо‘lmaydigan shart kelib chiqadi), energiya tushunchasi tabiatdagi barcha hodisalarni bir 
butun qilib bog‘laydi. Energiya faqat bir turdan boshqa turga aylanishi mumkin. Bunda uning 
umumiy miqdori о‘zgarmaydi. 
Energiya - barcha narsalarga asosdir. Turli xil shakllardagi fizikaviy harakatlarga har 
xil kо‘rinishdagi energiya turlari mos keladi. Masalan, mexanik energiya mexanik 
harakatning (kinetik energiyasi) va mexanik о‘zaro ta’sirning (potensiyal energiyasi) 
meyoridir, issiqlik energiyasi issiqlik harakati va issiqlikning о‘zaro ta’sirlari meyoridir, 
elektromagnit energiyasi esa elektromagnit harakat va elektromagnit о‘zaro ta’sirlarning 
meyoridir. 
Har qanday moddiy jism energiyaga egadir. Energiya – bu bugungi kо‘pgina 
muhokama qilinadigan tushunchalardan biri emas. О‘zining asosiy fizikaviy (keng ma’noda – 
tabiiy-ilmiy) mazmunidan tashqari, u kо‘psonli iqtisodiy, texnikaviy, siyosiy va boshqa 
jihatlarga ham ega. 
Sivilizatsiyaning hozirgi zamonini va kelajagini muhokama qilishda, birinchi navbatda 
energiya tushunchasi kelib chiqadi. Odamzodning iqtisodiyoti, fani va madaniyati biz 
tomondan foydalanilayotgan energiya manbalariga bog‘liqdir. Jamiyat uchun hal qilinadigan 
ekologik muammolar tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri energetik muommalar bilan bog‘liq bо‘ladi. Har 
qanday turdagi energiyaning tanqisligi о‘zidan qimmat tushadi. Ulkan moliyaviy xarajatlar 
bilan hisoblashmasdan, insoniyat energiyani olishning yangi yо‘llarini izlayapti. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling