Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
NOANANAVIY ma\'ruza 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- SUV RESURSLARI
TUGALLANADIGAN
yer, osimliklar va hayvonlar (bioresurslar) Tabiiy resurslarning tasniflaridan biri – bu tugallanish belgisi bo‘lib, unga muvofiq energetika resurslarini tugallanadigan va tugallanmaydigan resurslarga bo‘linadi (1.1- rasm). O‘z navbatida tugallanadigan resurslar tiklanuvchi va tiklanmaydigan bo‘lishi mumkin. Tiklanuvchilarga tabiat (yer, o‘simliklar, hayvonlar va h.k.) tomonidan tiklanadigan resurslar kiradi, tiklanmaydiganlarga – ilgari tabiatda to‘plangan lekin, yangi geologik sharoitlarda hosil bo‘lmaydigan resurslar (neft, ko‘mir va boshqa yer osti zaniralari) kiradi. Tugallanmaydiganlariga kosmik, iqlimiy, suv resurslari kiradi. Energiya resurslarining barcha turlaridan quyosh energiyasi muhim ahamiyatga ega. Energiya resurslarining barcha turlari quyosh energiyasini taviiy o‘zgarishi natijasidir. Ko‘mir neft tabiiy gaz, torf, yonuvchi tog‘ jinslari va o‘tinlar – bu o‘simliklar tomonidan olingan va o‘zgartirilgan quyoshning nurli energiyasi 1.1-rasm. Tabiiy resurslarning tasnifi zahiralardir. Surat sintezi (fotosintez) reaksiyasi jarayonida atrof muxitning noorganik elementlaridan, ya’ni, suv (H 2 O) va karbonat angidrid gazi (CO 2 ) lardan quyosh turi tasirida o‘simliklarda asosiy elementi uglerod (S) bo‘lgan organik modda hosil bo‘ladi. Million yillar o‘tgandan so‘ng, ma’lum geologik davrda, bosim va harorat ta’sirida qotib qolgan o‘simliklardan asosini oldin o‘simliklarda yig‘ilgan uglerod tashkil etadigan organik energetik resurslar hosil bo‘ladi va bu esa yerda tushadigan quyosh energiyasining aniq miqdori natijasida amalga oshadi. Suv energiyasi ham suvni bug‘lantiradigan va bug‘ni atmosferaning yuqori qatlamlariga ko‘taradigan quyosh energiyasi hisobiga hosil bo‘ladi. Shamol quyosh tomonidan bizning planetamizni turli nuqtalarini turli haroratda isitilishi natijasida hosil bo‘ladi. Bundan tashqari quyoshning yer satxiga bevosita to‘g‘ri keladigan nurlari, katta energiya manbai bo‘lishi imkoniyatiga egadir. SUV RESURSLARI 7 Yuqorida takidlanganidek organik yoqilg‘ining hosil bo‘lishi bir tomondan quyosh enegiyasining tabiiy o‘zgarishi natijasida bo‘lsa, ikkinchi tomondan ko‘p yuz yilliklar davomida barcha geologik formatsiyalardan o‘simlik va hayvonlar olami qoldiqlariga mexanik, biologik va issiqlik tasiri natijasidir. Bu yoqilg‘ilarning hammasi uglevod asosiga ega va energiya undan uglevod dioksidi (SO 2 ) hosil bo‘lishi jarayonida ajralib chiqadi. Zamonaviy usulda tabiatdan foydalanishda energetik resurslar uch guruhga taqsimlanadi, bular: enegiya oqimi va aylanishda ishtirok etuvchi (quyosh, kosmik energiya va boshqalar) saqlanayotgan energetik resurslar (neft, gaz va hokazo) hamda suniy faollashgan energiya manbalari (atom va termoyadro energiya). Iqtisodiyotda tabiatdan foydalanish quyidagilarga ajratiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling