Termodinamikaning 2-chi qonuni о‘zligicha bо‘ladigan jarayonlarning yо‘nalishini
aniqlaydi. Uning oqibatida yakkalangan tizim eng ehtimollik holatiga keladi. Tartibli
harakatlar tartibsiz harakatlarga о‘tadi, konsentratsiyalangan energiya esa energiyaning
sochilish yо‘li bilan uning barcha turlari issiqlikka aylanadi.
Issiqlikning foydali (tartibli) energiya turlariga aylanishi qaytar sikllarning foydali ish
koeffitsiyenti (FIK) bilan chegaralanadi:
η = 1 – Q
2
/ Q
1
;
(2.3)
bu yerda Q
1
– ishchi jismga keltiriladigan issiqlik, J;
Q
2
– jismdan atrof muhitga uzatiladigan issiqlik, J.
Iste’molchilar turli xil energiya turlaridan foydalanadi: elektr, mexanik, issiqlik,
yorug‘lik, tovush, kimyoviy, yadro va boshqalar.
Dunyoda energiyani iste’mol qilishning zamonaviy darajasi quyidagi omillar bilan
ta’riflanadi:
1) Energiyani iste’mol qilish asosan an’anaviy tabiiy energiya manbalaridan
foydalanish hisobiga qoplanadi: organik yonilg‘i ( kо‘mir, neft, gaz va hk. ), gidroenergiya va
atom energiyasi.
2) Tabiiy energiya manbalarining zaxiralari chegeralangan va notekis meyorda
taqsimlangan; bu esa tabiiy energiya tashuvchilarining narxlari ortib borishiga, dunyoda
energiyani iste’mol qilishdagi ularning ulushlari kamayishiga olib keladi.
3) Yoqilg‘i-energetik majmuasining atrof muhitga salbiy ta’sir etishi (atmosferaga,
suvli obyektlarga, yer boyliklariga).
4) Noan’anaviy energiya manbalaridan keng foydalanish: qayta tiklanadigan an’anaviy
va noan’anaviy energiya manbalari.
Dunyodagi energiya iste’molini va Yerning energetik balansi tahlili yil mobaynida
Yerda ishlab chiqariladigan energiyaning ruxsat etilgan chegara miqdorini belgilaydi: u Yerga
kelib tushadigan quyosh energiyasining 3-5% dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |