Ahamiyati, fanning maqsadi va vazifalari
Download 151.39 Kb. Pdf ko'rish
|
1-MARUZA-2
1.1. Kirish
Atrofimizdagi ihtiyoriy olingan biror bir ob’ekt (predmet, jarayon yoki hodisa) to‘g‘risida gap borganda albatta ularni tavsiflovchi muayyan xossa (xossalar)ni ko‘z oldimizga keltiramiz. Bu xossalar ko‘p yoki kam darajada namoyon bo‘lishi, boshqacharoq aytganda, miqdoriy baholanishi mumkin. Odatda miqdoriy baholashni o‘lchash amali orqali bajarish mumkin. O‘lchashlar inson faoliyatining ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib, uning hayotini o‘lchashlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Kishi erta bilan uyg‘ongan zahoti, birinchi navbatda vaqtni baholaydi, choy ichganda esa haroratni, ishga yoki o‘qishga ketayotganda masofani baholaydi. O‘lchashlar uzluksiz, takroriy yoki davriy ravishda, ba’zan bilgan holda, ba’zan esa bilmagan holda sodir bo‘lib turadi. Ona tabiat insonni shunday bir, ajoyib, faqat o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyat, ya’ni hissiyot bilan ta’minlaganki, bu nafaqat insonlar uchun, balki barcha tirik mavjudot uchun ham xos bo‘lgan bebaho in’omdir. Hissiyotni o‘ta murakkab bir o‘lchash asbobi sifatida tushunishimiz mumkin. Ammo shuni ta’kidlash joizki, atrofimizdagi muhitni, borliqni faqat hissiyot vositasidagina bilish bugungi kunga kelib, etarli bo‘lmay qoldi. Faraz qilaylik, elektr tarmog‘idagi kuchlanishning qiymatini bilmoqchisiz deb. Tabiiyki, faqatgina his etish organlari orqali buni amalga oshirib bo‘lmaydi. Buning uchun bizga "voltmetr" deb ataladigan vosita lozim bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu o‘lchash asbobidan foydalanish uchun mavjud tartib-qoidalarni ham bilish lozim bo‘ladi. Aksariyatingiz portfelda lineyka olib yurasiz. Odatda hammamiz bir narsaga odatlanib qolganmiz-ki, ushbu lineykada shkala bo‘lishi, turli lineykalalardagi shkalalar bir xildagi bo‘laklarga bo‘linganligi biz uchun tabiiy hisoblanadi. Modomiki, ushbu lineykalarni ishlab chiqarish, ulardagi shkala belgilarini bir xil qilib tayyorlash tagida katta mehnat yotadi. SHu mehnat mobaynida ham bir qancha o‘lchashlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Hozirgi vaqtlarda xech bir mutaxassis yo‘q-ki, o‘z ish faoliyati mobaynida o‘lchashlarni qo‘llamasa. Uning oldida turgan muammo qanchalik murakkab bo‘lsa, o‘lchashlarning ahamiyati shunchalik salmoqli bo‘ladi. YUNESKO ma’lumotiga ko‘ra, hozirda inson faoliyatining 3000 dan ortiq sohasi aynan o‘lchashlar bilan chambarchas bog‘liq sanalar ekan. Har bir ishda muayyan tartib-qoidalar mavjudligi kabi o‘lchashlarning ham o‘ziga xos bo‘lgan qoidalari, usullari va bu usullarni amalga oshirish uchun ko‘rsatma bo‘lib xizmat qiluvchi uslublari mavjud bo‘lib, bularning bari muayyan me’yoriy xujjatlar asosida bir tizimga keltirilgan. Mana shu yuqorida aytilgan o‘lchashlar, hoh oddiy, hoh murakkab bo‘lsin, hoh bir martada o‘lchanadigan, hoh ko‘p martada o‘lchanadigan bo‘lsin, hoh oddiygina lineyka vositasida, hoh juda katta o‘lchamli maxsus qurilmalarda o‘lchanadigan bo‘lsin, barchasi uchun taalluqli bo‘lgan va aynan shu masalalar bilan shug‘ullanadigan alohida fan mavjud bo‘lib, unga metrologiya nomi berilgan. Metrologiya fani ham o‘z navbatida bir nechta tarmoqlarga bo‘linadi. Bu tarmoqlar o‘zining mohiyati, mazmuni, faoliyat doirasi va ob’ektlari bilan o‘zaro farqlanadi. Ushbu, "Kimyo va oziq-ovqat sanoatida metrologik ta’minot"fani ham metrologiyaning bir tarmoq fanlaridan hisoblanadi. Download 151.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling