Ahamiyati, fanning maqsadi va vazifalari


 Kimyo va oziq-ovqat sanoatida metrologik ta’minot fanining


Download 151.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana18.10.2023
Hajmi151.39 Kb.
#1708222
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-MARUZA-2

1.4. Kimyo va oziq-ovqat sanoatida metrologik ta’minot fanining 
maqsadi va vazifalari 
Ishlab chiqarishning
metrologik ta’minoti fani fan sifatida o‘lchashlar 
birliligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga oladi. 
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda metrologik ta’minotning tashkil etuvchi 
asoslari, Davlat metrologik nazorati va tekshiruvi, o‘lchash vositalarini qiyoslash va 
kalibrlash, o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi va kimyo va oziq-ovqat sanoatida 
mahsulot sifatini ta’minlash tizimini metrologik ta’minotini amalga oshirish
borasidagi amaliy ko‘nikma, bilim va malakani shakllantirishdan iborat. 
Fanning vazifasi – talabalarga o‘lchash vositalarini metrologik tavsiflarini va 
ularni ishga yaroqliligini aniqlash, qiyoslash va kalibrlash usullari, o‘lchashlar 
birliligini ta’minlash tizimining qonuniy va huquqiy asoslarini o‘rgatish, hamda 
ishlab chiqarish karxonalarida metrologik ta’minot bo‘yicha ishlarni tashkil qila 
olishni o‘rgatishdan iborat.
“Ishlab chiqarishning
metrologik ta’minoti” fanini o‘zlashtirish jarayonida 
talabalar: Ishlab chiqarish korxonalarida metrologik xizmat va ta’minot, o‘lchashlar 
birligini ta’minlash tizimi, Metrologik ta’minotning qonuniy, xuquqiy tashkiliy va 
ilmiy asoslari, Davlat metrologik nazorat va tekshiruv turlari va qo‘llanishi usullari 
haqida tasavvurga ega bo‘lishi, xalqaro birliklar tizimini va ularni yozish 
qoidalarini, o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash tizimini, kimyo va oziq-
ovqat sanoati mahsulotlari sifatini metrologik ta’minotini, o‘lchov vositalarini 
metrologik attestatlash usullarini bilishi va ulardan foydalana olish, kimyo va oziq-


ovqat sanoati korxonalarida o‘lchov vositalari va jihozlarini metrologik qiyoslash 
va kalibrlash tizimi, o‘lchash vositalarining metrologik tavsiflarini, yuridik 
shaxslarni metrologik ishlarni va xizmatlarni bajarish huquqiga attestatsiyalash va 
akkreditatsiyalash bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. 

Download 151.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling