Ahamiyati, fanning maqsadi va vazifalari


Download 151.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana18.10.2023
Hajmi151.39 Kb.
#1708222
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-MARUZA-2

 
1.3. Sanoatdagi o‘lchashlar 
O‘lchash vositalaridan asosan texnikaviy o‘lchashlarda qo‘llaniladi. Hozirgi 
vaqtda o‘lchash vositalari to‘plami bilan jihozlanmagan zamonaviy stanoklar yoki 
avtomatik yo‘nalishlarni uchratish qiyin. Sanoatda ishlatiladigan o‘lchash 
vositalarining ko‘p qirraligiga qaramasdan, quyidagi asosiy yo‘nalishlarni ajratib 
ko‘rsatish mumkin: 
• 
texnologik qurilmalar holatini baholovchi vositalar;
• 
ob’ektning avtomatik tizim va avtomatlashtirilgan boshqaruvdagi holatini 
baholovchi vositalar;
• 
moddalar tarkibini o‘lchash vositalari;
• 
sanoat robotlarining "his etuvchi" vositalari;
• 
jismlar va moddalarning xususiyatlarini o‘lchash vositalari;
• 
ishlab chiqarilgan buyumlar sifatini baholovchi vositalar;
• 
mahsulotlarning sifatini va miqdorini o‘lchash vositalari.
Sanoatda ham ilmiy tekshirishlarda o‘lchangani kabi, fizikaviy kattaliklarni 
o‘lchash ehtiyoji mavjuddir. Ammo, bu holatda o‘lchash sharti va diapazoni keskin 
farq qiladi. Masalan, ilmiy tekshirishlarda o‘lchamlar atom qismiga teng 
o‘lchamlardan, to yulduzlar va galaktikalararo masofalargacha o‘lchanadi. 
Temperatura Kelvin gradusining o‘nli ulushlaridan, to o‘nlab million gradusgacha 
teng oraliqda o‘lchanadi. Massa esa elementar zarracha massasidan, to yulduzlar 
massasigacha o‘lchanadi. Ilmiy tekshirishlarda o‘lchashlarni bajarishda diapazonni 
qanchalik o‘zgarishini quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin: 
Antarktidagi o‘lchash asboblaridan past temperaturalarda (-60
0
S gacha) 
muqobil ishlay olish qobiliyati talab etilsa, Sahroi Kabirdagi o‘lchash asboblariga 
esa birmuncha issiqroq (60
0
S gacha) bo‘lgan sharoitda me’yorli ishlay olish talablari 
qo‘yiladi. YOki shunga o‘xshash, atrof muhitdagi bosimi yuzlab atm. bo‘lgan okean 


tubini tadqiq etishga mo‘ljallangan o‘lchash asboblari bilan koinotning fazo 
bo‘shlig‘idagi turli tadqiqot maqsadlaridagi o‘lchash asboblari. 
Odatda sanoatdagi o‘lchash vositalarining imkoniyat chegaralari birmuncha 
torroq bo‘ladi. Ammo, bu sohada ham o‘lchash vositalariga bir qator alohida talablar 
qo‘yiladiki, ularning butkul bajarilishi muayyan to‘siqlarni engishga bog‘liqdir. 
Birinchi navbatda sanoat asboblarining ilmiy tekshirish asboblaridan farqli ravishda 
seriyali ishlab chiqarishga va ko‘plab korxonalarda ishlatilishga mo‘ljallanganligini 
eslash kifoyadir. Bu talab sanoat asboblarida seriyali ishlab chiqarish sharoitida 
faqat iqtisodiy foyda keltiradigan texnik echimlardan foydalanish zaruriyatini 
keltirib chiqaradi. Bu erda qimmatbaho materiallar va elementlarni, juda murakkab 
texnologik jarayonlarni qo‘llash mumkin emas. Bundan tashqari, sanoat asboblari 
etarli darajada ishlatish va ta’mirlash uchun sodda bo‘lishligi kerak, chunki hamma 
sanoat korxonalarida ham murakkab o‘lchash asboblarini ishlata oladigan yuqori 
malakali mutaxassislar bo‘lavermaydi. 
Sanoat asboblari doimo rivojlanishdadir. Har yili seriyali ishlab chiqarishga 
yangi o‘lchash asboblari va to‘plamlari joriy qilinadi. Lekin oliy o‘quv yurtlari va 
ilmiy tekshirish oliygohlaridagi olimlarning, loyihalash oliygohlari va loyihalash 
byurolaridagi loyihachilarning hamma urinishlariga qaramasdan sanoatda o‘lchash 
va nazorat vositalari tanqisligi sezilarlidir. Ushbu jihatdan o‘lchash va nazorat 
vositalarining ishlab chiqarilishini ko‘paytirishga mo‘ljallanganligi texnologik 
jarayonlar foydaliligi, mahsulot sifatini hamda ishlab chiqarish salmog‘i va 
madaniyatining oshishiga olib keladi. 

Download 151.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling