Ahamiyati, fanning maqsadi va vazifalari
Download 151.39 Kb. Pdf ko'rish
|
1-MARUZA-2
1-Ma’ruza. KIRISH. METROLOGIK TA’MINLASHDA O‘LCHASHLAR NAZARIYASI VA TEXNIKASINING XALQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI, FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI Reja: 1.1. Kirish. 1.2. O‘lchashlar nazariyasi va texnikasining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. 1.3. Sanoatdagi o‘lchashlar. 1.4. Kimyo va oziq-ovqat sanoatida metrologik ta’minot fanining maqsadi va vazifalari Ishlab chiqarishning metrologik ta’minoti fani fan sifatida o‘lchashlar birliligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga oladi. Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda metrologik ta’minotning tashkil etuvchi asoslari, Davlat metrologik nazorati va tekshiruvi, o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash, o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi va kimyo va oziq-ovqat sanoatida mahsulot sifatini ta’minlash tizimini metrologik ta’minotini amalga oshirish borasidagi amaliy ko‘nikma, bilim va malakani shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi – talabalarga o‘lchash vositalarini metrologik tavsiflarini va ularni ishga yaroqliligini aniqlash, qiyoslash va kalibrlash usullari, o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining qonuniy va huquqiy asoslarini o‘rgatish, hamda ishlab chiqarish karxonalarida metrologik ta’minot bo‘yicha ishlarni tashkil qila olishni o‘rgatishdan iborat. “Ishlab chiqarishning metrologik ta’minoti” fanini o‘zlashtirish jarayonida talabalar: Ishlab chiqarish korxonalarida metrologik xizmat va ta’minot, o‘lchashlar birligini ta’minlash tizimi, Metrologik ta’minotning qonuniy, xuquqiy tashkiliy va ilmiy asoslari, Davlat metrologik nazorat va tekshiruv turlari va qo‘llanishi usullari haqida tasavvurga ega bo‘lishi, xalqaro birliklar tizimini va ularni yozish qoidalarini, o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash tizimini, kimyo va oziq- ovqat sanoati mahsulotlari sifatini metrologik ta’minotini, o‘lchov vositalarini metrologik attestatlash usullarini bilishi va ulardan foydalana olish, kimyo va oziq- ovqat sanoati korxonalarida o‘lchov vositalari va jihozlarini metrologik qiyoslash va kalibrlash tizimi, o‘lchash vositalarining metrologik tavsiflarini, yuridik shaxslarni metrologik ishlarni va xizmatlarni bajarish huquqiga attestatsiyalash va akkreditatsiyalash bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Download 151.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling