Ahamoniylar davlati Eron hukmdorlarining bosqinchilik yurishlari To‘maris jasorati


QASHQADARYO VOHASIDA QADIMIY OBIDALAR


Download 45.92 Kb.
bet9/11
Sana28.10.2023
Hajmi45.92 Kb.
#1731298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
QASHQADARYO VOHASI

QASHQADARYO VOHASIDA QADIMIY OBIDALAR
Reja:

1. Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi


2 Qarshi shahridagi me'moriy obidalar
3. Shaxrisabz shahrining boy tarixi haqida ma'lumotlar
4 "Malik Ashtar" masjidi va uning tarixiy ahamiyati

Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining tashqi ko'rinishi


Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining ichki ko'rinishi
Muzey tarixi: Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi 1909-yilda qurilgan Xoʻja Abdulaziz madrasasida 1975-yildan 2007-yilga qadar faoliyat koʻrsatib kelgan. Dastlabki davrda 3 ta boʻlim: "Inqilobgacha boʻlgan davr", "Inqilobdan keyingi davr" hamda "Tabiat boʻlimlari" faoliyat ko'rsatgan. 1992-yil "Inqilobgacha" va "Inqilobdan keyingi davr" boʻlimlari "Tarix" boʻlimiga aylantirildi. Shu yildan, “Xalq amaliy san’ati” boʻlimi, 1995-yil Qarshidagi “Shuhrat” qoʻrgʻonida “Mehnat va shon-shuhrat“ boʻlimlari tashkil etildi. Mazkur boʻlim 2003-yildan “Xotira va qadriyat” boʻlimi sifatida qayd etib kelinmoqda. 2004-yil 24-sentabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 452-sonli Qarshi shahrining 2700 yillik yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan Qashqadaryo viloyati oʻlkani oʻrganish muzeyi faoliyat koʻrsatib kelgan Xoʻja Abdulaziz madrasasi ham qayta ta’mirlash dasturiga kiritilgan boʻlib, ta’mirlash ishlari olib borildi. Muzeyning barcha eksponatlari madrasa yonidagi binoga, ya’ni fondga joylashtirildi. 2005-yil mart oyida M.Toshmuhammedov nomli viloyat musiqali drama teatrining ikkinchi qavatidagi foyyesida ekspozitsiya-ya’ni muzey koʻrgazmasi tashkil etildi. 2005-yil mart-iyul oylarida Qarshi shahridagi “Odina” jome’ masjidini tiklash davrida 50 dan ortiq qadimgi osori-atiqalar, arxeologik topilmalar, turli koshinlar, naqshlar, XIV asrga oid tut daraxtidan yasalgan eshik mazkur yodgorlikni ta’mirlash jarayonida olib borilgan arxeologik ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida qoʻlga kiritildi. Muzey 2007-yil 23-fevraldan boshlab A. Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi hududida joylashgan yangi binoda oʻz faoliyatiini davom ettirdi. Unda Qarshi shahrining 2700 yilligiga bagʻishlangan koʻrgazma “Xalkaro oʻzbek-grek madaniyati koʻmaklari” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Bugungi kunda muzeyda 3 ta boʻlim “Tarix”, “Xalq amaliy san’ati” va “Ilmiy ma'rifiy” bo'limlari mavjud. Muzey fondida 38 mingdan ortiq rang tasvir, grafika, haykaltaroshlik, numizmatika, arxeologiya, xalq amaliy san’ati, suratlar, hujjatlar, maishiy va etnografiya buyumlari mavjud. 2004-yil Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi bisotida toʻplangan qoʻlyozma kitoblar asosida Rim shahrida fransuz tilida yozilgan “Qashqadaryo viloyati oʻlkani o'rganish muzeyidagi sharq qoʻlyozmalarning katalogi” chop etildi. Katalogda mualliflar yurtimiz tarixi va madaniyatiga doir ellikdan ortiq qoʻlyozmalar tavsifini keltirish bilan birga ilmiy-ma’rifiy ahamiyatga molik muhim masalalarni ham amalga oshirganlar.
Bundan tashqari, muzey fondida polyak rassomi Apelbaumning yuzdan ortiq noyob kartinalari kolleksiyasi mavjud. Kartinalar akvarel va moybo’yoqda ishlangan boʻlib, unda 1947-1957-yillar davomida rassom tomonidan yaratilgan ijod namunalarini oʻrin olgan. Rassom yuqorida koʻrsatib oʻtilgan davrlarda Qashqadaryo va Shahrisabz vohasidagi me’moriy obidalar, ularning elementlari, dekorativ shakllari, ishlaridan namunalar, amaliy buyumlarini san’at darajasida ishlangan shakllariin oʻz kartinalarida aks ettirgan.
Xalq amaliy san’ati buyumlari koleksiyasiga: ayollar taqinchogʻi “manglaydoʻzi” (XIX asr oxirlari) kumush va aqiqdan zanjirsimon toblab ishlangan. Mis choynak (XIX asr oxirlari) kandakori oʻyma boʻrtma usulida ishlangan. Bilak uzuk Qoraqalpoq taqinchogʻi (XIX asr) har birida toʻqqiz donadan aqiq toshi boʻlib, kumush va aqiqdan qoliplash, qadama usullarida ishlangan. Kumushdan ishlangan ayollarning uzuk va halqalari XIX asr oxiri XX asr boshlariga mansub. Ikona: Iso paygʻambar (Iisus Xristos) (XVIII asr) Rossiyaning Primorye oʻlkasiga taalluqli boʻlib, jez(latun)dan quyma, qoliplash, kandakori usulida ishlangan. Qoʻqon va Buxoroda ishlangan mis choyidishlar (XIX asr) misdan urib toblash, kandakori usulida ishlangan. Buxoroda ishlangan mis kosalar va piyolalar (XIX asr) mis, urib toblash, qoʻyma kandakori usulida ishlangan. Qarshi shahridagi Hoja Ubaydullox Jarrox ziyoratgoxining darvozasi eshigi (XVIII asr)ning zulpi va zanjiri (XX asr boshlari) mis, quyma qoliplash oʻyma usulida ishlangan. Qashqadaryo voxasida qadimdan kulolchilik maktablari rivojlanib kelgan. Muzeyda Kitob kulolchilik maktabi ustalarining XX asrning 50-60 yillarda ishlagan kulolchilik buyumlari namunalari ham oʻrin olgan. Ayollarning qoʻlda toʻqilgan shoyi, adras, olachadan tikilgan kaltachalari va ko'ylaklari (XIX asr oxiri XX asr boshlari).



Download 45.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling