Ahamoniylar davlati Eron hukmdorlarining bosqinchilik yurishlari To‘maris jasorati


QASHQADARYO VOHASI ARABLAR BOSQINI DAVRIDA (VII-IX ASR)


Download 45.92 Kb.
bet5/11
Sana28.10.2023
Hajmi45.92 Kb.
#1731298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
QASHQADARYO VOHASI

QASHQADARYO VOHASI ARABLAR BOSQINI DAVRIDA (VII-IX ASR)
Reja:

  1. Arablar istilosining boshlanishi. Naxshab va Keshda siyosiy vaziyat.

  2. Oq kiyimlar qo‘zg‘oloni. Muqanna isyoni (VII-VIII aslar).

  3. Qashqa vohasida Islom dining yoyilishi. Islom dining yoyilishidagi vaziyat.

  4. Xalifa Muoviya, Qutayba ibn Muslim davrida Qashqa vohasi.

VII asr boshlarida Shimoliy Arabistonda vujudga kelgan islom dini aholisining yashash darajasi turlicha bo‘lgan, o‘zaro qovushmagan mamlakatni tez orada siyosiy jihatdan bir butun, harbiy nuqtai nazardan esa, eng qudratli davlat sifatida tanitdi. Muhammad payg‘ambar vafotidan chorak asr o‘tar-o‘tmas, uning o‘rniga kelgan xalifalar o‘zlariga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlarni tobe qilish payiga tushdilar. Vizantiya va Eronga deyarli bir vaqtda yashil tug‘ ko‘targan qo‘shinlar hujum boshlaydi. Eronda besh asrdan buyon hukm surib kelayotgan sosoniylar sulolasining so‘nggi vakili Yazdigurd III arab bosqinchilariga qarshi tura olmaydi. Arab xalifaligi Xurosonni egallab, endigi bosqin dahshatini Amudaryo ortidagi yurtga Movarounnahrga qaratadi.


Movarounnahr arablar xuruj boshlagan VII asr oxirlarida siyosiy boshboshdoqlikni kechirmoqda edi. Bu tarqoqlik, mayda hokimiyatchilik IV-V asrlarda boshlangan bo‘lib, eftaliylar hukm surgan yillarda yanada kuchayadi. Turk xoqonligi davrida ham bo‘linuvlarga bardam berilmaydi, aksincha, u yanada zo‘rayadi. So‘g‘d nomigagina Turk xoqonligiga tobe bo‘lib, har viloyatda bir, o‘ziga mustaqil bo‘lgan hokim hukm surar edi.
Xalifa Muoviya dastlab Movarounnahrga nisbatan sinov yurishlarini uyushtiradi. Ubaydulloh ibn Ziyodning Buxoroga qilgan bosqini shu nuqtai nazardan amalga oshirilgan edi. Xalifalikni, chamasi, Buxoroga yordamga kelgan Kesh, Naxshab va Turk xoqoni harbiy kuchlari cho‘chitib qo‘yadi. Ubaydulloh ibn Ziyod Xurosonni idora qilib turgani keyingi ikki yil davomida qaytib Buxoro tuprog‘iga qadam qo‘ya olmaydi. Xalifa uni Basraga noib qilib yuboradi. Xuroson hukumati endi Sa’id ibn Usmon qo‘liga o‘tadi. Bu voqea hijriy 56 - (676 m.y.) yilda sodir bo‘ladi. Narshaxiy Sa’id ibn Usmonning Jayhundan o‘tib Buxoroga yetganida, “So‘g‘d, Kesh (Shahrisabz) va Naxshab (Qarshi) lashkarlari yetib keldilar. Ularning soni bir yuz yigirma ming edi” deb xabar beradi. Bu gal ish jangga tortmaydi. Sa’id ibn Usmon sakson kishini garovga olib, Samarqand tomon ketadi.
Movarounnahrga qilingan ikki yurish Buxoro va Samarqand bilan cheklangan edi. Kesh va Naxshabning bu yillarda arablar e’tiboridan chetda qolishi sabablari, ehtimol, bu shaharlarning harbiy hamjihatligi bilan izohlansa kerak.
79 hijriy sanada (m. 698/99) Muxallab Xuroson noibi sifatida ish boshlaydi. 80-hijriy yilda (m. 699/700) Muxallab qo‘shinlari Amudaryoni kechib o‘tib, Qashqa vohasi sari yuzlanadilar. Bu arablarning Movarounnahrga chorak asrdan buyon qilib kelayotgan tajovuzi tarixida birinchi marta Buxoro va Samarqandni chetlab o‘tib, Kesh sari yurish edi.
Muxallab Qashqa vohasiga bostirib kelgan vaqtda asosiy shahar Kesh bo‘lgan, deyish mumkin. Buni at-Tabariy tarixidagi voqealarning keyingi rivoji misolida ko‘rish mumkin. Naxshab va Kesh qal’alarining ispehbodi Ashkand edi. Ashkandning qarorgohi Keshda bo‘lib, vohaning butun harbiy kuchi uning qo‘lida to‘plangan edi. Kesh arablar tomonidan qattiq qamal qilinadi. Kesh qamalini Muxallabning tadbirkor lashkarboshisi Abul Adham Ziyod ibn Amir az-Zimmoniy amalga oshiradi. Abul Adham Ziyod qo‘l ostida uch ming lashkar bo‘lgan. Aftidan, qamal cho‘zilib ketgan va tag‘in ikki ming kishi ularga yordamga keladi.
Kesh qamali vaqtida yuz bergan harbiy to‘qnashuvlar doirasiga qarab hukm qilganda, Muxallabning Movarounnahrni oldingi amirlar singari talabgina qolmay, uni tamomila bo‘ysundirishni maqsad qilib olganligini ko‘rsatadi.
Muxallabning Keshda surunkasiga ikki yil davomida olib borgan bosqinchilik harakatlari Qashqa vohasi aholisini darg‘azab qilgan. Arablar hamma joyda pistirmaga duch kelganlar. Marv yo‘liga chiqqan Yazid va uning saralangan 700 kishilik sipohlari Nasaf cho‘lida 500 turk yigitlariga duch keladi. O‘zlarini savdogar sifatida tanitgan turkiylar arablarga hamla qiladi. Jang shiddatli tus oladi, Yazid turklarning yo‘lboshchilaridan birini o‘ldiradi va o‘zi ham tizzasidan og‘ir yaralanadi. Yazidning sheriklaridan Abu Muhammad az-Zammiy va boshqalar jang maydonini tashlab qochadilar. Arablarga hujum qilgan vatanparvarlar ularning aksariyatini qirib, qurol-yarog‘ini olib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.
Tabariyning yozishiga qaraganda, turk pistirmasiga duch kelgan Yazid ular qo‘lidan yalinib-yolvorib qutilgan. Chunki turklar “yo bizlar o‘lamiz, yoki sizlar nobud bo‘lasizlar”, deb jon-jahdlari bilan kurashganlar. Oxir, Yazid o‘zining Marvga kelayotganligini, ularga jonini qutqarish uchun beradigan tovon puli yo‘qligini, ukasi o‘lganligini aytib qutuladi.
Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi bo‘lgach (704/705 y.) Naxshab va Keshni istilo qilishga qattiq kirishadi. 88 yili (707 m.y.) Qutayba Buxoro va uning atrof tumanlarini butunlay yakson qilib, boyliklarni olib Marvga qaytadi. Qutayba 89 yili (708 m.y.) yana Buxoro va Romiton ustiga yurish qiladi.


Download 45.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling