Ahamoniylar davlati Eron hukmdorlarining bosqinchilik yurishlari To‘maris jasorati


Download 45.92 Kb.
bet4/11
Sana28.10.2023
Hajmi45.92 Kb.
#1731298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
QASHQADARYO VOHASI

Ko‘kgumbaz. XVI asr oxirlarida Abdullaxon II (1557-1598) hukmdorligi davrida Markaziy Osiyoda katta qurilishlar avj olgan. Qarshi shahrida usha vaqtda madrasa, hammom, hashamdor Ko‘kgumbaz namozgohi qurilgan, hatto Qashqadaryo o‘stiga ko‘prik ham solingan. Ko‘kgumbaz masjidi hayit namozlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda xalq har yilda ikki marta «Ramazon» va «Qurbon» hayitlari marosimlaridagina to‘planardi. Hayit namozi masjidlari namozgoh yoki musallo deb ham yuritilgan. Namozlar paytida ko‘plab xalq yig‘ilganligi sababli namozgohlar shahardan tashqarida, kengroq joylarga qurilgan. Odatda, guzar, jome’ va hokazo masjidlarning devori yoki binolar bilan o‘ralgan hovlisi bo‘lgan. Namozgohlar yesa ochiq, keng maydonda mehrob devori bilan qiblaga qaratilgap yagona binodan tashkil topgan. Ko‘kgumbaz jome’ masjidi ana shunday namozgohlardan bo‘lib, o‘tmishda «Namozgoh», «Juma masjidi» deb atalgan.


YANGI ERA BOSHLARIDA QASHQADARYO VOHASI (I-VII ASRLAR)


Reja:

  1. Vohada dehqonchilik va hunarmandchilik.

  2. Iqtisodiy va madaniy hayot (I-VII asrlar).

  3. Qashqadaryo vohasi Turk xoqonligi davrida. Kidariylar, Eftaliylar.

Milod boshlariga kelib So‘g‘d va unga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlarda tarixan muhim o‘zgarishlar yuz beradi. Milodning 220 yilida Eronda Sosoniylar hukumati qaror topadi. Sosoniylar saltanati to‘rt asrdan oshiqroq hukm suradi. Sosoniylar davrida mamlakat ham harbiy, ham iqtisodiy jihatdan yuksaladi. Sosoniy hukmdorlar o‘zlariga qo‘shni bo‘lgan davlatlarni bosib olish uchun kurash olib boradi. Markaziy Osiyo hududlarining bir qismi Sosoniylar qo‘liga o‘tadi.


Sosoniylarning shafqatsizlik bilan o‘tkazgan talonchilik siyosati mazlum o‘lkalarda qattiq norozilik tug‘diradi. Shunday murakkab vaziyatda Sosoniylarning qudratini kesadigan bir kuch paydo bo‘ladi. Bu kuch ko‘chmanchi dasht qavmlari bo‘lib, vaqti-vaqti bilan Eron davlatiga zarba berib, ularni holdan toydiradi. Oqibatda, V asr o‘rtalariga kelib Sosoniylar Markaziy Osiyo viloyatlaridagi o‘z ta’sirini yo‘qotadi.
Milodning IV-V asrlarida kechgan voqealar markazida kidariylar, xioniylar va eftaliylar deb nom olgan qavmlar muhim o‘rin tutadi. Asr boshlarida Naxshabda kechgan siyosiy o‘zgarishlar ma’lum darajada kidariylar va xioniylar bilan bog‘langan. Xitoy manbalarida, Bey-shi yilnomasida “jujanlar hujumidan bezor bo‘lgan yuyechji yo‘lboshchisi o‘z qarorgohini Bolo shahriga ko‘chirdi”, degan xabar uchraydi.
Kidariylar kelib chiqishi jihatidan Kushaniylarga (yuyechjilar) qondosh elat, yoinki, ularning tarkibiga kiruvchi qavmlardan bo‘lgan. Bu yerda xioniylar masalasi ham bor. Elatshunos olimlar xioniylarning kidariylarga mansub qabilalar bo‘lganligi, shu boisdan, ularni ham “kidariylar” deb yuritilganligini qayd etadilar.
Xitoy manbalarida xioniylar haqida ma’lumotlar uchramaydi, degan qarash mavjud edi. Yapon olimi K.Yenoki bu haqda boshqacharoq fikrni olg‘a suradi. U Xitoy yilnomalarida xunnlar tomonidan Sudening zabt etilishi haqidagi gap So‘g‘dga taalluqli bo‘lib, xunnlar nomi ostida xioniylar ko‘zda tutilgan, deydi. So‘g‘dning esa xioniylarga tobe bo‘lganligi aniq.
Xioniylar o‘zlarining keyingi yurishlarini So‘g‘d hududidan amalga oshirgan. Manbalarda kidariylar va xioniylar qanchalik aralashtirilib yuborilgan bo‘lsa, eftaliylar bilan xioniylar tafovutini belgilash ham qiyin. 450-yil voqealari haqida hikoya qilinar ekan, “Eftaliylar davlati” degan istiloh yuzaga chiqadi.
Etnik jihatdan qon-qardosh bo‘lgan kidariylar, xioniylar va eftaliylar ittifoqi oxir-oqibatda, Eron hukmronligiga barham beradi. Sosoniylar V asr oxirlarida Eftaliylarga bosh egib, tovon to‘lab turishga majbur bo‘ladi. Eftaliylar 467-470 va 480 yillar oralig‘ida So‘g‘dni ham tobe etganlar. Markaziy Osiyoning katta qismi ular davlati tarkibiga kiradi. Toxariston eftaliylar saltanatining markaziy qismi bo‘lib qoladi. Eftaliylarning tarix oldidagi buyuk xizmatlaridan biri Sosoniy podshohlari saltanatiga barham berish bo‘lgan edi. Sosoniylarning Sharqni bo‘ysundirish haqidagi rejalari barbod bo‘ladi. Buning natijasi o‘laroq, Eronga tobe bo‘lib kelgan o‘lkalarda ozodlik harakati vujudga keladi.
Qashqa vohasida xioniylar daxmalari saqlanib qolganmi, degan savolga qadimshunoslar ijobiy javob beradilar. Naxshabga yaqin Pirmatbobotepa atrofdagi tepachalar qazib ko‘rilganda (4-raqami bilan belgilangan nomsiz tepacha), guruhlab dafn etilgan daxma topilgan. Daxmada alp qomatli erkakning suyaklari bilan bir qatorda yana beshta jasad qoldiqlari ham bo‘lgan. S.K.Kabanov daxmani mufassal tadqiq etib, uning bir paytda amalga oshirilgan guruhlab ko‘mish joyi bo‘lganligini aytadi. Pirmatbobotepa yaqinidagi 4-nomsiz do‘nglik daxma xarobasi bo‘lib, u V asr so‘nglarida vujudga kelgan.
Qashqa vohasining quyi qismida, Bo‘riariqning g‘arbiy tarafida paydo bo‘lgan manzillar V asrda ham yashashda davom etgan, ammo shu asr so‘nglarida bu yerdagi barcha qishloqlar bo‘shab, huvillab qolgan. Buning sababini S.K.Kabanov 468 yilda yuz bergan Valaam (Balaam), ya’ni, Bolo shahrining Sosoniylar tomonidan qamal qilinishi bilan bog‘laydi. Pirmatbobotepa atrofidagi bir yo‘la ko‘p kishi dafn etilgan qabrlar-daxmalar ham shu davrda vujudga keladi.
Pirmatbobotepa atrofidagi daxmalarga etnik jihatdan kimlar dafn etilganligini aniqlash uchun, shubhasiz, ko‘mish marosimining bir vaqtdami yoxud davomiymi ekanligini aniqlash juda axamiyatli edi. Qachonlardir daxma talab ketilgan, bu esa jasad qoldiqlarining holatini bir qadar buzgan. Daxmaning pastki qismi ancha oldin (demak, tinch vaqtlarda) amalda bo‘lgan. Shu tarifa, 4-tepalikdagi daxma o‘rganilganda, uning yuqori qismida bir vaqtning o‘zida bir necha kishini dafn etish amalga oshirilganligi aniqlangan. Bu yerda dafn etilgan kata yoshli erkak kishining o‘limi o‘zi bilan birga eng kamida besh kishining birgalikda ko‘milishiga sabab bo‘lgan. Dafn etilganlardan biri yosh bola bo‘lgan.
Bunday odat ko‘zda tutilayotgan asrlarda boshqa xalqlarda ham bo‘lgan. Kidariylar Hindistonda o‘rnashib qolgandan so‘ng, hindlar orasida rasm bo‘lgan eri vafot etganda xotinini qo‘shib ko‘mish odati, ehtimol, shu siljish bilan bog‘liqmi yoki bu urf kidariylarga kadar ham mavjud edimi, aytish mushkul. Harholda, bu odat Hindistonda XIX asrga qadar hukm surib kelgan edi.

Download 45.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling