Ahamoniylar davlati Eron hukmdorlarining bosqinchilik yurishlari To‘maris jasorati
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA QASHQADARYO VOHASI
Download 45.92 Kb.
|
QASHQADARYO VOHASI
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA QASHQADARYO VOHASI
Reja: Amir Temurning 1360-1370 yillarida Qashqadaryo vohasidagi siyosiy faoliyati Amir Temur markazlashgan davlat asoschisi Amir Temurning harbiy yurushlari .
Tug‘luq Temurxonning har biri o‘z boshiga mustaqillik olgan, birikmaslik to‘fonida qolgan turkiy amirlar ustiga yurish qilishi bejiz emas edi. Amir Qazog‘on, undan so‘ng Bayon Sulduz, Hoji Barloslar ozodlik yalovini ko‘targan yillarda Movarounnahrdan juda ko‘p mo‘g‘ullar «markaz»ga, Mo‘g‘ulistonga qaytib ketishga majbur bo‘lgan edi. Tug‘luq Temurni ana shular – o‘zga xalqni ezib, nonining gulini yegan kimsalar qayta istiloga ruhlantiradilar. Muiniddin Natanziy shuni nazarda tutib «Mo‘g‘ulistonga ketgan mo‘g‘ullar barchasi birgalikda podshoh Tug‘luq Temurni Movarounnahr fathiga unday boshladilar», deb yozadi. Mo‘g‘ul hukmdori Tug‘luq Temurning Movarounnahrga qo‘shin tortishi, deyarli jangu jadalsiz uni zabt etishi ayni vaqtda porloq g‘alaba va mash’um halokat debochasi edi. Tug‘luq Temur o‘zi mutlaqo sezmagan, tasavvur qilmagan holda yana bir Temurni, mo‘g‘ul bosqinchilarini tag-tomiri bilan mamlakatdan uloqtirib tashlaydigan mazlum xalq farzandini kashf etgan edi. Turkistonga qo‘shin tortib kelayotgan mo‘g‘ullar Sirdaryo yaqinida, Toshkent cho‘lida joylashgan Chinoqbuloq mavzesida to‘xtab, bosqin rejalarini pishiqtirib oladilar. Turkistonda mo‘g‘ullarga qarshi kurash, bo‘ysunmaslikning alangalanib turgan o‘chog‘i Qashqa vohasi edi. Tug‘luq Temurning amirlari va arkoni davlati kengash qurib, Shahrisabz va Samarqand ustiga qo‘shin tortishga kelishib oladilar. «Zafarnoma»da keroyit umoqidan (aymoqidan) Ulug‘ Tuqa Temur arqonut umoqidan umoqidan Hojibek va qang‘li umoqidan Bikijaklar mo‘ljalni Keshga oladilar. Ular birgalikda Shahrisabz tomon yuzlandilar», deyiladi. Tug‘luq Temurning o‘zi ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri Keshga (Shahrisabz) yo‘l olgan. Shu o‘rinda amir Hoji Barlos ko‘rgan tadbirlar ahamiyatga molik. Sharafiddin Ali Yazdiy uning mo‘g‘ullarga qarshi kurashish maqsadida Kesh, Qarshi tevarak-atrofidan lashkar to‘plaganligini, mudofaaga tayyorgarlik ko‘rib, dushman yo‘lini to‘sish uchun intilganligini keltirib o‘tadi. Fasih Havofiy bu haqda boshqacharoq, ya’ni, amir Hoji Barlos sha’nini tushirib yuboradigan jumlalarni tizadi. «Mujmal» muallifi mo‘g‘ul podshohi Tug‘luq Temurning kelayotganligi ovoza bo‘lgach, «bu xabar Amir Hoji Barlos qulog‘iga yetib, unga ishonch hosil qilgach, Tug‘luq Temur bilan uchrashmasdanoq Movarounnahrni tark etib, Xurosonga yo‘l oldi», deydi. Muiniddin Natanziy ham amir Hoji Barlosning «qarshilik ko‘rsatish umidida o‘z lashkarlarini to‘plaganligini» ta’kidlaydi. Mo‘g‘ullar katta qo‘shin bilan kelayotganligi ma’lum bo‘lgandan so‘ng, Yazdiy aytgani singari, amir Hoji Barlos yovga qarshilik ko‘rsatish haqidagi qarorini o‘zgartiradi (kuchlar teng emasligi masalani hal qiladi, chog‘i) va Xurosonga ketib, payt poylashni ma’qul ko‘radi. Amir Temur tarixini bitgan muarrixlar amir Hoji Barlosning og‘ir vaziyatda o‘z jonini qutqarib ketishini xush ko‘rmaganlar. Bu o‘rinda bir jihatni esdan chiqazmaslik kerak bo‘ladi. Tug‘luq Temur bosib kelishiga qadar bo‘linib qolgan yurt amirlari tahlikali davrda ham bir-biriga yordam qo‘lini cho‘za olmasdilar. Hatto, amir Boyazid jaloyir Tug‘luq Temur Sirdaryodan o‘tgach, unga itoatpesha qilib borib qo‘shiladi va Shahrisabz yurishida hamroh bo‘ladi. Yetti yuz oltmish birinchi hijriy (1360 y.) sichqon yili edi. Amir Hoji Barlos o‘ziga yaqin kishilar bilan Xurosonga yo‘l oladi. Bu payt 24 yosh ustida bo‘lgan Amir Temur ham unga qo‘shiladi. U amakisi amir Hoji Barlosning xizmatida bo‘lgan. Hoji Barlosning elu yurtini taqdir ixtiyoriga tashlab, xorijga ketishi mo‘g‘ul bosqinchilariga nisbatan nafrat ruhida tarbiyalangan yosh Temurga qattiq ta’sir qiladi. U Jayhun bo‘yiga yetguniga qadar o‘ylovda boradi. Amir Hojibekning ko‘nikilgan vatanni tark etib, g‘urbatni ixtiyor etgani va xonumonini dushman talon-tarojiga qoldirganini ko‘rgach, Amir Sohibqironning o‘z ulusiga joni achidi va mardlarcha amir Hoji Barlosdan qaytmoqqa ruxsat talab etdi. Zamon taqozosi ham shunday bo‘lganidan amir Hojibek Barlosga bu ma’qul ko‘rindi va ruxsat berdi. Amir Temur o‘sha dolg‘ali damlarda yon berishga, kuchli dushman bilan murosa qilishga majbur edi. Amir Hoji Sayfiddin Amir Temurni mo‘g‘ul podshohi Tug‘luq Temur oldiga boshlab boradi. Amirlar Hoji Barlosdan yuz o‘girib, qaytib kelgan yosh yigitni maqtab ta’rif qiladilar. Tug‘luq Temur ham uning aqlu-farosatiga qoyil bo‘ladi va uning shaxsida o‘zining sodiq ittifoqchisini ko‘radi. Mo‘g‘ul podshohi unga ko‘plab suyurg‘ol berib, avloddan-avlodga barlosiya merosi bo‘lgan Shahrisabz tumanini Amir Sohiqironga inoyat qiladi. Download 45.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling