Ahamoniylar davlati Eron hukmdorlarining bosqinchilik yurishlari To‘maris jasorati


Download 45.92 Kb.
bet1/11
Sana28.10.2023
Hajmi45.92 Kb.
#1731298
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
QASHQADARYO VOHASI


QASHQADARYO VOHASI ERON VA YUNON HUKMRONLIGI DAVRIDA


Reja:

  1. Ahamoniylar davlati

  2. Eron hukmdorlarining bosqinchilik yurishlari

  3. To‘maris jasorati

  4. Aleksandr Makedonskiyga qarshi Spetamen boshchiligida kurash

Eron va Turon aloqalari tarixi miloddan avvalgi II ming yilliklarga bog‘lanadi. Asrlar kechishi bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi totuvlik buziladi. Turon shohlarining Eronga, aksincha, eroniylarning Turonga yurishlari, bosqinlari avjga minadi. Bu ayniqsa, Afrosiyob zamonida keskin va shiddatli tus oladi.


Abulqosim Firdavsiy Turon deganda asosan turkiy elatlarni ko‘zda tutadi. Samarqand hukmdori Afrosiyob qo‘shinlari turklardan iborat edi:
Afrosiyob kelmish, askari yuz ming,
Turklardan tanlangan askari yuz ming1.
Afrosiyob qo‘shinlarida boshqa qavmlar vakillari ham bo‘lgan. Buni “turklardan tanlangan askari yuz ming” degan misra anglatib turibdi. Lekin ahamiyatli jihati shundaki, qadimgi Turon va Eron munosabatlarini chuqur o‘rgangan shoir turk askarlariga ayricha e’tiborni qaratmoqda. Eron va Turon o‘rtasida kechgan nizolar yurt talash bilan, mamlakatni kengaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan, albatta. Turon podshohlari Eron mulklarini tobe qilishga intilgan bo‘lsa, aksincha, Eron hukmdorlari Turonni tiz cho‘ktirishga jon-jahdi bilan uringanlar. Shu boisdan, asosiy jang harakatlariga etnik bo‘yoq berish, ya’ni turk va eroniylar kurashi, deb qarash bejiz emas.
Miloddan VI asrda Markaziy Osiyo Ahamoniylar davlati (miloddan avv.550-330 y.y.) asoratiga tushib qoldi. Markaziy Osiyoning eroniy podshohlar tomonidan zabt etilishi manbalarda yetarli aks etmagan. Bu jihatdan qadim yunon muarrixining “Quyi Osiyoni Garpag odamsiz qoldirgan bo‘lsa, yuqorisini – xalqlarni birin-ketin bosib olgan, ulardan birortasiga ham rahm-shafqat qilmagan Kir qirg‘in qilgan edi”, degan so‘zlari ahamiyatli.
Gerodotning bu shahodatidan milodgacha bo‘lgan 530-522 yillarda kechgan vahshiyona qirg‘in-barotni tasavvur etish qiyin bo‘lmaydi. Markaziy Osiyoda yashovchi qavmlar bosqinchilarga qarshi shijoatli va mardonavar kurash olib borganlar. Turon va uning janubiy qismi bo‘lgan So‘g‘d va Baxtar Zaminni bo‘ysundirish haqidagi Kirning makkorona rejasi malika To‘maris boshliq massagetlar tomonidan barbod etiladi. Massagetlar malikasi To‘marisning Eron shohi Kir ustidan qozongan g‘alabasida qadim qashqadaryoliklarning ham ulushi bo‘lganligini e’tirof etmoq lozim.
Markaziy Osiyo ko‘chmanchi qavmlarining Kir ustidan qozongan g‘alabasi juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan edi. Bu jangda Ahamoniylar saltanatining asoschisi Kir o‘ldiriladi.
Milodga qadar bo‘lgan 522 yilda Doro I Eron taxtini egallaydi. Doro I to 486 yilga qadar hukm suradi. Kirning o‘limidan to Doro I ning taxtga chiqishi (Kirning massagetlar tomonidan o‘ldirilishi 530 yilning iyuli so‘nglari - avgusti boshlarida sodir bo‘ladi. Bu Markaziy Osiyo xalqlari tarixida birinchi to‘g‘ri aniqlangan sanadir) o‘rtasida sakkiz yil vaqt bor. Doro I hukm surgan yillarda Eron qo‘shini Turon yerlariga bir necha bor hujumlar qiladi. Bu davrda Ahamoniylar saltanatiga Markaziy Osiyoning ko‘pgina joylari tobe bo‘ladi. Behustin tog‘ida baland qoya toshlarga (birinchi ustun) Doro I o‘zi fath etgan mamlakatlarning nomlarini o‘yib yozdirgan. Bu yozuvlarda Doro I ga Turon mulklaridan Xorazm va So‘g‘diyona bo‘ysunganligi qayd etiladi.
Doro I ga qarshi mag‘rur shaklar qattiq kurash olib boradilar. Doro I taxtga chiqqanining uchinchi yili tigraxavda shaklariga qarshi yurish qilgan. Bu qirg‘in barotda shaklar mag‘lub bo‘lganlar. Ammo shaklarni bo‘ysundirish eron podshohi uchun oson kechmagan. Buni Poliyenning cho‘pon Shiroq haqidagi rivoyati ham ishorat etadi. Shiroq tomonidan hiyla bilan cho‘li biyobonga olib chiqib ketilgan Doro I qo‘shini suvsiz, oziq-ovqatsiz, halokat yoqasiga kelib qoladi. Shunda Doro I tong payti baland do‘nglikka chiqib, quyoshga topinadi-da, ma’budalardan yomg‘ir yog‘dirishni iltijo qiladi. Poliyenning hikoya qilishicha, Doro I ning iltijosi o‘laroq, yomg‘ir yog‘adi va uning qo‘shinlari halokatdan qutulib qoladi. Uzoq o‘tmishdan elas yetib kelgan bu aks sado Markaziy Osiyo xalqlari ajdodlarining eroniy bosqinchilarga qarshi shiddatli va uzoq kurash olib borganligini fahmlashda o‘ziga xos dalillardir.
Eron hukmdorlari tobe qilgan yurtlarni ayovsiz talagan. Ahamoniylar o‘zlariga tobe bo‘lgan xalqlarni zzish va talashning benihoya vahshiyona usullarini o‘ylab topganlar. Bu esa belgilab qo‘yilgan boj-xirojdan tashqari yana bo‘lak yo‘llar bilan xazinani to‘ldirishga xizmat qilardi. Gerodot ana shulardan biri sifatida suv taqsimoti haqida hikoya qilgan. Podshoh amri bilan sug‘oriladigan yerlarga oqadigan ariq va daryolarga qulay joylarda to‘g‘onlar qurilgan.
Ayni ekin-tikin suv ichadigan yoz oylarida to‘g‘onlar taqa-taq bekitib qo‘yilgan. Shunda dehqonlar bola-chaqasi bilan shoh amaldorlari eshigi oldida dod-faryod solib, suv berishni iltimos qilganlar. To‘g‘onlar katta tovon evaziga ochilgan. Dalalar suvga qonar-qonmas, suv yana yopib qo‘yilgan. Gerodot fors hukmdorlarining bu nayrangidan qattiq taajjubga tushadi.



Download 45.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling