Ahamoniylar davlati Eron hukmdorlarining bosqinchilik yurishlari To‘maris jasorati


QASHQADARYO VOHASI MO‘G‘ULLAR BOSQINI DAVRIDA


Download 45.92 Kb.
bet7/11
Sana28.10.2023
Hajmi45.92 Kb.
#1731298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
QASHQADARYO VOHASI

QASHQADARYO VOHASI MO‘G‘ULLAR BOSQINI DAVRIDA


Reja:

  1. Mo‘g‘ullar tajоvuzinig salbiy oqibatlari.

  2. Kebekxon davrida Qashqadaryo vohasi.

  3. Mo‘g‘ullarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar.

XIII asrning birinchi choragi oxirlarida Markaziy Osiyoda, shuningdek, Movarounnahrda kechgan olamshumul fojeiy voqealar Muhammad Xorazmshoh va Chingizxon nomi bilan bog‘lanadi. Ularning biri Osiyo qit’asining g‘arbiy hududida ulkan saltanatni vujudga keltirgan bo‘lsa, ikkinchisi uning sharqiy qismidagi yurtlarni tamomila o‘ziga tobe qilgan qudratli va shavkatli hukmdorlar edi. Sharqning bu ikki ulug‘ davlat egalari o‘rtasiga sovuqchilik tushishi va oxir-oqibatda, uning dahshatli urushga tortishi jiddiy sabablarga bog‘lanar edi. Umuman, Chingizxon istilochilik siyosatining Osiyo va Ovrupoga qanday balolar, nechog‘li kulfatlar yog‘dirgani ta’rifga sig‘maydi. Mo‘g‘ul xoni bilan Xorazmshohning yovlashuviga asosiy sabab arab xalifaligi qutqulari edi. Xalifalik bilan Xorazmshohlarning adovati tarixi esa Muhammadning otasi Tekesh davridan gazak ola boshlagan edi.


1185 yilda Xuroson hukmdori To‘g‘onshoh vafotidan so‘ng mamlakatda notinchlik vaziyati hukm suradi. Garchand taxtga uning kichik yoshdagi o‘g‘li Sanjarshoh chiqqan bo‘lsa-da, mulklarning katta qismi Sultonshoh qo‘liga o‘tadi. Bu esa uning birodari Tekesh hamda g‘uriylar boshlig‘i G‘iyosiddinni qanoatlantirmaydi. Oqibatda, oradan ikki yil o‘tgach, kurashlarda g‘olib chiqqan Tekesh Nishopurni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi. 1193 yilda Sultonshoh ham vafot etadi. Tekeshning Xurosondagi mavqei esa tobora orta boradi. Marvga katta o‘g‘li Malikshohni, Nishopurga esa Muhammadni noib qilib qo‘yadi.
Tekeshning G‘arbiy Eron bo‘ylab borgan sari ichkarilab kirib kelayotganligi xalifalikni sarosimaga solib qo‘yadi. Xorazmshoh tez orada Ray va Homadon shaharlarini ham o‘ziga bo‘ysundiradi. Xalifalik Tekesh Xorazmshoh misolida o‘zining ashaddiy raqibini ko‘radi va unga qarshi kurashishni maqsad qilib qo‘yadi. Oqibatda 1196 yilning saratonida Bag‘dod va Xorazmshoh qo‘shinlari to‘qnash adi. Xorazmliklarning qo‘li baland keladi.
Tekesh Xorazmshoh o‘z podshohligining so‘nggi yillarida kuchayib ketadi va xalifalikni tan olmaslik siyosatini ochiq-oydin namoyish etadi. U xalifadan Bag‘dodda xutba namozlarida o‘z nomini qo‘shib o‘qitishni talab etadi. Akad.V.V.Bartoldning mulohazasiga ko‘ra, Abbosiylar bilan Xorazmshohiylar o‘rtasidagi dushmanlikning boshlanishi sabablari ana shunda edi.
Tekesh o‘z saltanati hududlarini bir qadar kengaytirishga, harbiy va iqtisodiy quvvatini oshirishga muvaffaq bo‘lgan esada, xorazmshohiylar istiqbolini ulug‘ bir xavf ostida qoldiradigan omillarga ham yo‘l ochib ketgan edi. U 1200 yilning 3 iyulida olamdan o‘tadi. Tekeshdan katta davlatgina emas, shu bilan birga, katta kulfat ham meros qoladi. Bag‘dod va xalifa Nosir bilan oshkora dushmanlik munosabatida bo‘lgan Tekeshning avlodi mamlakatda katta kuch bo‘lgan ruhoniylar madadiga, qo‘llab-quvvatlashiga umid bog‘lay olmasdi. Bundan tashqari, Tekesh Xorazmshoh qipchoq xonlari bilan quda-andachilik munosabatlari o‘rnatishiga, ular bilan ittifoq tuzganiga qaramay, bu munosabatlarda ham samimiyat yo‘q edi. Qipchoqlar istagan paytda xorazmshoh mulklarini talashi mumkin edi.
Shunday qaltis siyosiy vaziyatda Tekeshning o‘g‘li Muhammad taxtga chiqadi. Otasi davrida Xurosonda noiblik qilgan (Nishopur) va bu o‘lkaning baland-pastini yaxshi bilgan Muhammad taxtni egallaganidan uch-to‘rt yil o‘tib, Xuroson mulklari hisobiga o‘z davlatini kengaytirish yo‘lini tutadi. 1203 yilda Xurosondagi oldingi mulklarini qaytarib olishga erishgan Muhammad 1204 yilda Bodg‘isni olib, Hirotni katta tovon to‘lashga majbur etadi.
O‘z davlatini kengaytirgan va mustahkamlagan, kuchaytirgan va qudratini oshirgan Muhammad Bag‘doddan, xalifadan xutbada o‘z nomini qo‘shib o‘qitishni talab qiladi. Buni bir necha yil oldin uning otasi Tekesh ham talab etgan edi. Muhammad o‘z talabini nixoyatda qattiq va jiddiy yo‘sinda qo‘yadi. Xalifa Nosir Xorazmshoh elchilariga rad javobini beradi. Xalifalik bilan munosabat borgan sari keskinlashib ketadi. Xalifa ismoiliylar yo‘lboshchisi Jaloliddin Hasan bilan ittifoqlashib, uning moddiy quvvatlashi hisobiga o‘z dushmanlarini yo‘q qilish yo‘lini tutadi. Eng avvalo, Xorazmshohning Iroqdagi noibi O‘g‘ilmish o‘ldirib yuboriladi.
Bu voqea, shubhasiz, Muhammad Xorazmshohning sabr-toqatini sinovdan o‘tkargan bo‘lak g‘arazlardan, tadbirlardan oshib tushadi. U endi xalifa Nosirning kimligini oshkor qilish yo‘lini tanlaydi. 1215 yilda G‘aznani olish vaqtida Xalifaning g‘uriylarni Muhammad Xorazmshohga qarshi qo‘ygani haqidagi xujjatlarni qo‘lga olganligini e’lon qiladi. Muhammad Xorazmshoh o‘z mulklaridagi imomlardan Xalifaga zid bo‘lgan fatvo olishga erishadi. Unda Abbosiy xalifalarning Ali avlodiga, Husayn vorislariga tegishli bo‘lgan xalifalikni tortib olganligi, islom uchun kurash olib borayotgan Muhammad Xorazmshohga nisbatan fitna uyushtirganligi alohida ta’kidlanadi. Ana shu fatvo asosida u Nosirni xalifalikdan bekor qilingan deb e’lon qiladi. Xalifa nomi xutbalardan chiqarib tashlanadi. Muhammad Xorazmshoh xalifalik rutbasi Alo al-mulk Termiziyga taalluqli deb hisoblaydi va tangalarni uning nomidan zabt etib, xutbaga uning ismini qo‘shdiradi. Xorazmshox Bag‘dodga qiladigan yurishiga, shu tariqa, qonuniy tus berishga intiladi. 1217 yilda Muhammad Xorazmshoh Hamadondan Bag‘dodga katta qo‘shin yuboradi. Biroq Kurdiston tog‘lariga yetganda qo‘shin qor bo‘roni ostida qoladi va ko‘p cherik nobud bo‘ladi. Qo‘shindan oz sonli kishilar orqaga qaytib keladi. Bu tabiiy ofat Muhammad Xorazmshohning obro‘sini tushirib yuboradi. Voqea turlicha talqin etiladi, Allohning Xalifa tomonida ekanligi zikr etiladi.

Download 45.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling