Ahamoniylar davlati Eron hukmdorlarining bosqinchilik yurishlari To‘maris jasorati
SOVET HUKMRONLIGI YILLARIDA QASHQADARYO VOHASI (1917-1991 YILLAR)
Download 45.92 Kb.
|
QASHQADARYO VOHASI
SOVET HUKMRONLIGI YILLARIDA QASHQADARYO VOHASI (1917-1991 YILLAR)
Reja: Chor Rossiyasining O‘rta Osiyoga yurishlari. XIX asr o‘rtalarida Qashqadaryo vohasida ijtimoiy, iqtisodiy ahvol. Zirabuloq jangi. Chor Rossiyasining zulmiga qarshi kurash. Abdulmalik to‘ra harakati. Rossiyasi davrida Qashqadaryo vohasidagi ijtimoiy, iqtisodiy ahvol. Buxoro amirligi o‘zbek xonliklari orasida o‘zining hududiy o‘rni, aholisi va tabiiy resurslari jihatidan muhim mavqega ega edi. XIX asrga kelib» Buxoro amirligining hududi qariyb 200 ming kvadrat kilometrni tashkil etardi. Uning chegaralari janubda Amudaryoning so‘l qirg‘og‘idan boshlanib, Sirdaryo sarhadlarida qozoq juzlari yerlariga tutashar edi. Amirlik Sharqda Pomir tog‘lari, G‘arbda Xiva xonligi chegaralarigacha bo‘lgan hududni egallab turardi. Buxoro va Samarqand kabi yirik shaharlar joylashgan Zarafshon vodiysi amirlikning markaziy qismi hisoblanardi. Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari, hozirgi Tojikiston hududidagi Vaxsh, Kofirnihon, Panj daryolari vodiysida joylashgan shahar va qishloqlar, Turkmanistonga qarashli Murg‘ob daryosi vohalaridagi yerlar ham Buxoro amirligiga tobe edi. Buxoro amirligining poytaxti Sharqda eng mashhur shahar sifatida e’tirof etilgan Buxoroi sharif edi. Yirik shaharlardan Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Kitob, G‘uzor, Termiz, SHerobod, Hisor, Dushanbe, Ko‘lob va boshqalar amirlik tasarrufida edi. Marv va Chorjo‘y shaharlari uchun Buxoro amirligi bilan Xiva xonligi o‘rtasida, Jizzax, O‘ratepa va Xo‘jand shaharlari uchun Buxoro amirligi bilan Qo‘qon xonligi o‘rtasida tez-tez urushlar bo‘lar, bu shaharlar qo‘ldan-qo‘lga o‘tib turardi. XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligida 2 million atrofida aholi istiqomat qilgan. Aholining katta qismi amirlikning sersuv vohalarida yashar, jazirama issiq, suvsizlik hukmronlik qiluvchi Qizilqum sahrolari va cho‘llari deyarli kimsasiz yastanib yotardi. Zarafshon vodiysida 300-350 ming, Qashqadaryo vohasida 500 ming, Surxondaryo vohasida 200 ming, Sharqiy Buxoroda 500 ming aholi yashar edi. Amirlikning yirik shaharlari – Buxoroda – 60 ming, Samarqandda – 50 mingga yaqin nufus istiqomat qilardi. Aholi etnik jihatdan ko‘pgina qavm-urug‘lardan iborat bo‘lib, ularning asosiy qismi o‘zbeklar edi. O‘zbeklar bir qancha elatlardan tashkil topgan bo‘lib, ular orasida mang‘it, saroy, qo‘ng‘irot, jabg‘u, qarluq, qalmoq, nayman, qipchoq, ming, yuz qabilalari ko‘pchilikni tashkil etardi. Ular asosan Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalaridagi shahar va qishloqlarda hayot kechirar edilar. Aholining aksariyat qismi dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullangan. Sug‘oriladigan yerlarda paxta, bug‘doy, sholi, jo‘xori ekilib, bog‘ va poliz mahsulotlari ham yetishtirilgan. Chorvachilikda qo‘ychilik, qorako‘l yetishtirish; hunarmanchilikda gilamdo‘zlik, o‘ymakorlik, zardo‘zlik, tegirmonchilik, ko‘nchilik, to‘quvchilik, temirchilik, kulolchilik, beshikchilik, sandiqchilik, etikdo‘zlik, moyjuvozlik, sovungarlik keng rivojlangan. Amirlikning iqtisodiy hayotida qoloqlik, turg‘unlik hollari mavjud edi, aholining turmushi past darajada edi. Yerga egalik shakli ming yillar davomida o‘zgarmay kelmoqda edi, aholiga solinadigan soliq va jarimalar haddan tashqari ko‘p edi. Buxoro amirligi Karmana, Xatirchi, Ziyovuddin, Nurota, Qarshi, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog‘, G‘uzor, Boysun, SHerobod, Denov, Karki, Chorjo‘y, Hisor, Ko‘lob, Qorategin, Darvoz, Baljuvon, SHo‘g‘non-Ro‘shon, Qo‘rg‘ontepa, Qobodiyon, Kalif, Burdalik, Qobog‘li va Norazim singari 27 beklikdan iborat edi. Bekliklar mahalliy qabila boshliqlari, katta mulk egalari tomonidan boshqarilgan. Har bir beklikni amir tomonidan tayinlab qo‘yiladigan hokimlar – beklar idora qilgan. Hokim huzurida yuzlab mahalliy ma’murlar xizmat qilgan. Manbalar, amirlikda mahalliy ma’murlar adadi 30 ming kishini tashkil etganligidan guvohlik beradi. Hokim va uning xizmatkorlariga maosh davlat xazinasidan berilmas edi, ular mahalliy aholidan olinadigan turli-tuman soliq va to‘lovlar hisobiga tirikchilik qilishgan. Amirlikning harbiy kuchlarini otliqlar va sipohlar tashkil qilgan. Qo‘mondonlik lavozimlaridagi zobitlarning harb ilmi talab darajasida bo‘lmagan. Harbiylar harbiy mashg‘ulotlarga nisbatan ko‘proq jismoniy mehnat bilan band bo‘lganlar. Qo‘shinda yuzboshi, mingboshi singari lavozimlar bo‘lib, qo‘mondonlikni lashkarboshi amalga oshirgan. Qo‘shinning asosiy qismi (Qoracherik) muntazam bo‘lmagani sababli, zaruriyat bo‘lganda ularni to‘plash qiyin kechgan. Buxoro qo‘shinlari qilich, o‘q-yoy, nayza bilan qurollangan. Bir qism askarlarda pilta miltiqlar bo‘lgan, oz miqdorda to‘plar ham bor edi. XIX asrning ikkinchi yarmi boshlarida podshohlik Rossiyasi Turkistonni bosib bolish uchun harbiy harakatlarni avj oldiradi. Qo‘qon xonligiga qarshi olib borilgan janglarda qo‘li baland kelgan rus bosqinchilari tez orada qurolni Buxoro amirligiga ham qaratadi. Jizzax, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on singari shaharlar ko‘p talofatlar bilan yov qo‘liga o‘tadi. Ruslarning Buxoro amirligiga qarshi tajovuzi, oxir-oqibatda, yarim tobelik-vassallik bilan yakun topadi. O‘zaro nifoq, birikmaslik, toju taxt vasvasasi amirlikning Qarshi, Shahrisabz va boshqa bekliklari boshiga ko‘p kulfatlar keltiradi. Turkiston viloyatining harbiy gubernatori qilib tayinlangan general M.G.Chernyayev 1866 yil yanvar oyida Buxoro amirligiga qarshi e’lon qilinmagan urush boshlaydi va uning qo‘mondonligidagi qo‘shinlar Jizzax tomon siljiydi. Bu xabarni eshitgan amir Muzaffar o‘zi taxtga chiqargan va homiyligida bo‘lgan Qo‘qon xoni Xudoyorga ruslarning yo‘lini to‘sishni buyuradi. Download 45.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling