Ahamoniylar davlati Eron hukmdorlarining bosqinchilik yurishlari To‘maris jasorati
QORAXONIYLAR VA QORAXITOYLAR DAVRIDA QASHQADARYO VOHASI
Download 45.92 Kb.
|
QASHQADARYO VOHASI
QORAXONIYLAR VA QORAXITOYLAR DAVRIDA QASHQADARYO VOHASI
Reja: Somoniylar davrida Qashqadaryoda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot. Ismoil Somoniy davrida amalga oshirilgan islohotlar. Qashqadaryo vohasi qoraxoniylar va qoraxitoylar bosqini davrida Somoniylar IX asrning birinchi choragida Movarounnahr viloyatlarini idora qilishga muvaffaq bo‘ladilar. Nuh Samarqand viloyatini, Ahmad Farg‘onani, Yahyo Shosh va Ustrushanani (Ilyos esa Hirotni) boshqaradi, IX asr o‘rtalariga kelib, nihoyatda parchalanib ketgan Movarounnahr bir sulola vakillari qo‘lida ma’lum darajada yaxlitlana boshlaydi. Asta-sekin Samarqand, So‘g‘d, Farg‘ona, Shosh va Ustrushana Ahmad xonadoni qo‘liga o‘tadi. IX asrning 70 yillarida Movarounnahrda siyosiy parchalanish kuchayib, ichki nizolar avj oladi. Faqatgina Ismoil ibn Ahmad (892-907 y.) davrida siyosiy tarqoqlikka bardam berishga intilish kuzatiladi. Movarounnahr ichki va tashqi jihatdan kuchayish yo‘liga kiradi. Ikki asrdan ziyod davom etgan arablar istilosidan so‘ng, Movarounnahr hap jihatdan o‘zini o‘nglay boshlaydi. Arab xalifaligi tobeligidan qutulgan yurtda markazlashgan boshqaruv amalga oshadi, ichki nizolarga barham berila boradi. Ismoil Somoniy asoslagan sulola saltanatining davomiyligi, eng avvalo, ularning mahalliy kishilarga, aslzoda va dehqonlarga, shuningdek, turk sipohiylariga tayanishida ko‘zga tashlanadi. Nizomulmulk ham Somoniylar xaqida gapirganida ular orasidagi eng aqlli, tadbirli va odil hukmdorni Ismoil Somoniy deb biladi va uning haqida naqllar keltirib o‘tadi. Nizomulmulk e’tiroficha, hukmdor o‘z yurtining yaxshi katxudosi – xo‘jayini bo‘lishi lozim, mamlakatning obodonligi uning zimmasida: ariq va nahrlar qazish, korizlar ochish, daryolarga ko‘priklar solish, qishloqlarning farovon va dehqonchilikning rivoji uchun g‘amxo‘rlik qilishi, istehkomlar va shaharlarda go‘zal, baland qasrlar qurishi, yo‘l bo‘ylarida rabotlar tiklashi unga obro‘ va qudrat keltiradi. U Ismoil Somoniyni shunday hukmdorlar mundarijasiga kiritadi.2 Nizomulmulk Ismoil Somoniyning yaxshi odatlaridan biri fuqaro ahvolini shaxsan o‘zi so‘rab bilgani, dardiga chora ko‘rganligida, deb qaraydi. Ismoil Somoniy shuhrati va quvvati uning saroyidagi turk sipohiylariga ko‘rsatiladigan xurmat va muruvvatda deb biladi. Oddiy piyoda turkiy harbiysi xizmatning har yilida bir pillapoya balandga ko‘tarila borgan. Turkiylardan tuzilgan sipohiylar Ismoil Somoniy davlatining harbiy tayanchi edi. Muhimi, somoniylar davrida harbiy istilohlar turkiycha bo‘lgan, masalan, turk sipohiysi uchinchi yil xizmat qilganda «qorachur» nomli belbog‘ (kamar), yettinchi yil xizmatdan so‘ng esa «visoqboshi» harbiy unvonini olgan, bulardan so‘ng «xaylboshi», «xojib» kabi pog‘onalar bosib o‘tilgan. Ismoil Somoniy Buxoroda hokimiyatni qo‘lga kiritishda islom ruhoniylariga tayangan. Somoniylar davrini maxsus o‘rgangan N.N.Ne’matov bu haqda mulohaza yuritib, “Somoniylar sulolasining eng ulug‘vor namoyandasi Ismoil davrida arab istilosidan so‘ng birinchi marotaba siyosiy jihatdan parchalanib ketgan mamlakat birlashdi va amalda arab xalifalaridan mustaqil bo‘lgan kuchli, ma’lum darajada, markazlashgan davlat vujudga keldi, mamlakatda o‘zaro nizolar tugatilib, tashqi xurujlar barham topdi»3, deganda haqdir. Ismoil Somoniy akasi, Samarqand hukmdori Nasr orqali Iroqqa, xalifalikka yuboriladigan molu zarlarni o‘z hokimiyatining dastlabki vaqtlarida to‘xtatganligi ma’lum. Biroq, u islomga, ruhoniylarga, olimlarga, fiqhlarga hurmat bilan qaragan. Olimlar podshoh oldida yer o‘pib, ta’zim bajo qilish rasmiyatchiligidan ozod qilinganlar. Ismoil davrida hanafiy mazhabdagi fiqhlar orasidan eng bilimdoni tanlanib, unga ustodlik rutbasi berilgan. Ustod (keyinchalik shayxulislom) davlat ishlariga aralashar, mansablarga siporish qilar, mushkul muammolarni hal etishda maslahatlar berardi. Akad.V.V.Bartoldning shahodat etishicha, o‘sha paytda butun Movarounnahrda olimlarni «donishmand»lar4 deb ataganlar. Somoniylar hokimiyati yillarida Nasaf ancha rivojlangan va o‘ziga xos madaniy markazlardan biriga aylangan edi. Buni somoniylar davlati toj da’vogarlarining Nasafda turishi ham dalolat etadi. Buni Som’oniyning dalilida ham ko‘rish mumkin. Somoniy Ahmad ibn Asadning o‘g‘illaridan biri Ishoq Buxoroda shikoyatlar va arizalarni ko‘rib chiqish bilan (qozilik) shug‘ullangan. V.V.Bartold, bu mansab faqat somoniylar xonadonidan bo‘lgan kishilarga tegishli bo‘lgan, deb ko‘rsatadi. SH.Kamoliddinovning: «Kitob al-ansab»ni sinchiklab o‘rganishi natijasida, bu mansabga shoh avlodi vakillarigina emas, boshqa kishilar ham qo‘yilishi, shuningdek, bu lavozim bo‘lak shaharlarda ham joriy etilishi mumkinligini aniqladi. Masalan, Nasafda bu ish bilan shaharning bosh qozisi Abu Hamid Ahmad ibn Muhammad al-Kamidodiy (291/903 yilda vafot etgan) shug‘ullangan. Shoshda Abu Ali Muhammad ibn al-Hasan at-Tammar ar-Roziy (345/957 yilda vafot etgan), Buxoroda Abu Bakr Abdurahmon ibn-Muhammad al-Abxoriy (342/955 yilda vafot etgan) ana shu lavozimda bo‘lganlar. Nasaf Somoniylar davrida Movarounnahrning yirik shaharlari darajasiga ko‘tarilgan va faqat katta aholi manzillarida joriy etiladigan alohida, xos lavozimlar unda xam amal qilgan. Download 45.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling