Ахборот муаммоси ҳозирги компьютер инқилоби шароитида, яъни ахборотни сақлаш ва узатиш вазифалари деярли машиналар зиммасига юкланган замонда унинг хавфсизлигини таъминлашга ҳамда мустаҳкамлашга эришиш долзарб вазифа ҳисобланади


O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini shakllantirishning xuquqiy asoslari


Download 0.81 Mb.
bet11/22
Sana05.05.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1430529
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
Ma\'ruza matni-1

O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini shakllantirishning xuquqiy asoslari:
- Aytish joizki, so‘nggi yillarda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi3,“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi4,“Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi1, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi2, “SHaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi3 va “O‘zbekiston Respublikasining jinoyat, Jinoyat-protsessual Kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi4 va boshqa O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining qabul qilinishi mamlakatimizda davlat boshqaruvi sohasidagi munosabatlarni hamda bu jarayonga jamoatchilikni kengroq jalb qilish masalalarini huquqiy tartibga solishga bo‘lgan e’tiborning namunasi sifatida baholanishi mumkin;
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining so‘nggi uch yil ichida yigirmadan ortiq Farmonlari1 va qarorlari2, Vazirlar Mahkamasining qarorlari3 qabul qilinishi davlat boshqaruvi va hokimiyat organlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda AKTni qo‘llash samaradorligini yanada oshirdi.
Bu qonun hujjatlari haqida gap ketganda 2019 yilning yanvaridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi farmonini4 alohida qayd etish zarur.
Unga ko‘ra, davlat organlari bilan aholi o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, dolzarb muammolarni aniqlash, murojaatlar qonuniy va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlashda samarali mexanizmga aylanib, amalda o‘zini to‘la oqlagan Xalq qabulxonalari endilikda davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha faoliyatni muvofiqlashtiradi.
Mazkur tadbirning mantiqiy davomi sifatida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘limlari faoliyati hamda ular ko‘rsatadigan xizmatlarga oid tartib-qoidalar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, mobil ilovalar, veb-saytlar, elektron to‘lov vositalari orqali aholiga to‘liq va tezkor etkazilishini ta’minlash belgilangan.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling