Ахборот муаммоси ҳозирги компьютер инқилоби шароитида, яъни ахборотни сақлаш ва узатиш вазифалари деярли машиналар зиммасига юкланган замонда унинг хавфсизлигини таъминлашга ҳамда мустаҳкамлашга эришиш долзарб вазифа ҳисобланади
Download 0.81 Mb.
|
Ma\'ruza matni-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron hukumat” arxitekturasini tashkil etuvchi
SHu bilan bir qatorda, 2019 yilning 1 iyuliga qadar barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning viloyat bo‘linmalari veb-saytlarini, 2020 yilning 1 yanvariga qadar tuman va shahar bo‘linmalari veb-saytlarini tashkil qilish vazifasi qo‘yilgani fuqarolarning davlat organlarining hududiy bo‘linmalariga bevosita elektron tarzda murojaat qilish imkoniyatini yaratadi.1O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini shakllantirishning institutsional asoslari: O‘zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi negizida 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil qilindi.2Vazirlik huzurida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tashkil etildi,3 markaz tomonidan shu sohada boy tajribaga ega bo‘lgan bir qator xorijiy tashkilotlar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatilib, muntazam ravishda axborot almashish yo‘lga qo‘yildi4. Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (LBMA) qoshida Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi farmoniga muvofiq,1 Markazning asosiy vazifalari sifatida: davlat idoralari faoliyatiga AKTni tatbiq qilish samaradorligi bo‘yicha reyting baholarni shakllantirish, elektron hukumatni samarali tatbiq qilish va faoliyat yuritish uchun tahlil o‘tkazish hamda normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga oid takliflarni tayyorlash belgilandi.2 2003 yilning sentyabrь oyida respublikamizda elektron hukumatning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan Hukumat portali ishlab chiqildi va www.gov.uz manzili bilan internet tarmog‘ida joylashtirildi.3 Hozirga kelib “elektron hukumat” tizimini shakllantirishning muhim jihati bo‘lgan Davlat interaktiv xizmatlarining yagona portali www.my.gov.uz tez rivojlanmoqda. Bu portalga barcha davlat organlari, shu jumladan, tuman (shahar) hokimliklari ham ulangan.4 Hozirda portalda Davlat organlari rahbarlari qabuliga onlayn yozilish, davlat organlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari uchun ma’lumotnomalarni yuborish, biometrik pasportni olish yuzasidan onlayn arizani taqdim etish, fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, maslahatlar berish, tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning hisobotlarini qabul qilish kabi interaktiv xizmatlar ko‘rsatilmoqda.5 Bu portal 2013 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, bugunga kelib 142 dan ortiq davlat xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.6 2015 yilda ishga tushirilgan ochiq ma’lumotlar portalining asosiy vazifasi tahlil qilish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida turli ma’lumotlarni to‘plashdan iborat. YUqorida sanab o‘tilgan tizimlardan tashqari elektron hukumatni rivojlantirish uchun yadro vazifasini o‘taydigan yana bir qator, jumladan, yagona davlat xizmatlari billingi; idoralararo integratsion platforma; jismoniy va yuridik shaxslar ma’lumotlar bazasi; yagona identifikatsiyalar tizimlari ham mavjud.7 Ko‘rib turganingizdek, O‘zbekistonda “Elektron hukumat” arxitekturasini tashkil etuvchi 12 axborot tizimidan hozirgi kunda 7 tasi samarali ishlamoqda. Hozirgi kunda: nafaqa; sog‘liqni saqlash; ta’lim; adliya 2; davlat boshqaruvi tizimlari ishlab chiqarish bosqichidadir.1 2018 yilning dekabrida O‘zbekistonda xalq bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha tamomila yangi tizimga asos solindi, xalqaro miqyosda noyob tuzilma sifatida keng e’tirof etilayotgan Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari faoliyati tashkil etildi.2 Qisqa davr ichida bu institutlar aholining eng dolzarb muammolarini hal etish imkonini beruvchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimiyatlar bilan fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmiga aylandi. Xalq qabulxonalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga so‘nggi keyingi ikki yil mobaynida 3,7 milliondan ortiq murojaatlar kelib tushgani aynan shuning tasdig‘idir.3 O‘zbekistonda 2018 yilda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasiga jamoatchilikni yanada kengroq jalb qilish maqsadida tashkil etilgan regulation.gov.uz veb portali4 o‘z faoliyatini boshladi. Keyinchalik Ma’lum muddatdan so‘ng (2018 yilning iyulidan) O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalining yangi takomillashgan talqini ish boshladi. Portalning yangi talqini foydalanuvchilar uchun bir qator imkoniyatlarni, jumladan taqdim etadi. -Hujjat loyihalarini bir paytning o‘zida uchta tilda joylashtirish hamda uchta tilda taklif bildirish; -Foydalanuvchilar hujjatlarga o‘z takliflarini anonim tarzda qoldirish; -Amaldagi qonunlar yuzasidan foydalanuvchilar o‘z taklif va fikr mulohazalarini maxsus Forumda izhor etishlari hamda o‘zaro fikr almashish imkoniyatlari mavjud. Undan tashqari, qonunchilik jarayonidagi zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda Portalda Senat yoki Qonunchilik palatasi tomonidan yaratilayotgan qonun loyihalarini joylashtirish uchun alohida sahifa yaratilgan. YAqin kelajakda huquqiy va tashkiliy masalalar hal etilgach, ushbu Portal negizidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining umumxalq muhokamasi va idoraviy kelishuv jarayonlarini bir paytning o‘zida o‘tkazish tartibini hamda «daromad va sarf-harajatlar tahlili» (cost benefit analysis) institutini joriy etish rejalashtirilgan.5 Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling