Ахборот муаммоси ҳозирги компьютер инқилоби шароитида, яъни ахборотни сақлаш ва узатиш вазифалари деярли машиналар зиммасига юкланган замонда унинг хавфсизлигини таъминлашга ҳамда мустаҳкамлашга эришиш долзарб вазифа ҳисобланади
Download 0.81 Mb.
|
Ma\'ruza matni-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayni chog‘da, mamlakatimizda raqamlashtirish jarayonlarining avj olishi bu sohadagi ishlarni tizimli asosda amalga oshirishni talab qiladi.
- Hozirgi kunda raqamlashtirish jarayonlarining avj olishi hamda
Birinchidan, bo‘layotgan turli xurujlar va ularning vaqti-vaqti bilan faollashuvida;
Ikkinchidan, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi mustaqil tuzilmaning yo‘qligi bilan; Uchinchidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan etarlicha ta’minlanmaganlik bilan. Axborot xavfsizligi tushunchasining yuqoridagi ta’rif va izohlari tahlilidan ma’lum bo‘ladiki, axborot xavfsizligiga taxdidlar asosan ikkita yo‘nalishda bo‘lishi mumkin: birinchisi, texnik-dasturiy yo‘nalishda (shaxssiz) bo‘lib, u bevosita avtomatlashtirilgan axborotga nisbatan yuz beradi, ya’ni tarmoqda axborotning yo‘qolishi, o‘zgartirilishi, nusha olinishi, o‘tirlanishi, axborotning ruxsatsiz tarqalib ketishi va to‘sib qo‘yilishi orqali. TTT u bilan birga, u nafaqat kompьyuter tarmoqlari bilan balki, shu soha xizmatchilari uchun zarur bo‘lgan aloqa vositalari, konditsioner, elektr, suv va issiqlik tizimidagi uzilishlar ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. ikkinchisi, tashkiliy-psixologik va ahloqiy yo‘nalish (inson omili) bo‘lib, u asosan dezinformatsiya (uydirma, mish-mish, chalg‘itish va b.), milliylikka qarshi (masalan, tarixni buzib ko‘rsatish, noto‘g‘ri talqin qilish, an’analardan uzoqlashtirish, milliy totuvlikni izdan chiqarish) qaratilgan bo‘lishi mumkin. SHuningdek, ilmiy doirada akademik odobga rioya qilmaslik natijasida haqiqatning buzilishi va yolg‘on, puch ilmiy xulosa va tavsiyalarning berilishi kabi holatlarni ham ko‘rsatish mumkin. Ikkala yo‘nalish ham siyosiy xarakterga ega bo‘lib, taxdid bevosita milliy manfaatlarga qaratilgan bo‘ladi. Xususan, axborot tarmoqlarida saqlanayotgan yoki uzatilayotgan axborotga nisbatan (texnik yo‘nalish) yoki aholi kayfiyatiga turli asossiz xabarlar tarqatish orqali ta’sir ko‘rsatish va og‘dirib olishga urinish (tashkiliy-psixologik) larni misol keltirish mumkin. SHu nuqtai nazardan, mamlakatimiz axborot makoniga bo‘layotgan turli ichki va tashqi ehtimoliy taxdidlar mavjudligini va ularning ayrimlari doimiy bo‘lishini ta’kidlash kerak. Bizningcha, ichki tahdidlarni keltirib chiqaruvchi manbalar quyidagilar bo‘lishi mumkin: axborot sohasidagi qonunchilikning etarlicha shakllantirilmaganligi yoki soha rivojlanishi bilan nomutanosibligi; axborotni ishlab chiqish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hisobiga axborot asl mazmunining o‘zgarishi, ya’ni axborot sifatiga putur etishi; ishlab chiqilgan axborotni uzatish jarayonida (shaxs, hujjatlar yoki avtomatlashgan tizim orqali) uzilishning vujudga kelishi; axborotni ishlab chiqish yoki qayta ishlash jarayonida asl mohiyatga putur etishi; axborotning sanksiyalashmagan tarzda o‘zlashtirilishi oqibatida axborot maxfiylik maqomining yo‘qolishi; axborot saqlanayotgan avtomatik tizim, kompьyuter dasturlariga hujum (turli texnik va dasturiy viruslar orqali) uyushtirilishi oqibatida maxfiy hisoblangan axborotning ommaviy tarqalib ketishi; - kadrlarda hujjatlar bilan ishlay olish ko‘nikmasi va malakaning etishmasligi; jamiyatda jinoyatchi guruhlarning ko‘payishi va axborot (jumladan, media) sohasiga o‘z manfaati uchun ta’sir o‘tkazishga urinishlari; fuqarolar axborot ehtiyojining etarlicha o‘rganilmasligi (ushbu omil o‘ta muhim bo‘lib, shaxs qondirilmagan axborot ehtiyojini boshqa yot g‘oya va mafkuralar bilan qondirishga harakat qiladi); mamlakat hududida yagona davlat siyosatining amal qilmasligi (markaz va periferiyalar o‘rtasidagi nomutanosiblik); - mamlakatning axborot tizimiga etarlicha e’tibor berilmasligi (ZAKTlarga muhtojlik); - va nihoyat, jamiyatda raqobatning bo‘lmasligi. Tashqi tahdidlarni keltirib chiqaruvchi manbalar: - global axborot makonida o‘z o‘rniga ega bo‘lmaslik natijasida "axborot izolyasiyasi"ga tushib qolish, buning natijasida axborot makonida "ob’ekt"ga aylanish; global axborot makonida muayyan davlat milliy manfaatlariga xavf soluvchi maxsus tuzilmalar (tashkilotlar, axborot agentliklari va h.zo) ning tashkyl qilinishi; tashqi siyosiy va xavfsizlik sohasida faoliyat yurituvchi muassasalarda professional bo‘lmagan kadrlarning xizmat qilishi; - zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari (ZAKT) ning etishmasligi sababli global axborot makonida raqobatdan chiqib ketish; - xalqaro terroristik guruhlar faoliyati; ikkinchi bir davlat yoki tashkilot tomonidan maxsus axborot urushi Konsepsiyasining ishlab chiqilishi va amalda tatbiq qilinishi; -mamlakatda joylashgan xorijiy davlatlarning turli tashkilotlari (firmalar, qo‘shma korxonalar, vakolatxonalar, elchixonalar, konsulliklar ) va ularning ishchi-xodimlari hamda sayohat yoki xizmat safarida bo‘lgan xorijiy fuqarolar tomonidan qilingan harakat yoki harakatsizlik natijasi milliy manfaatlarga daxl qilishi. SHuni ham ta’kidlash kerakki, bizningcha axborot xurujlari birinchi navbatda, axborot makonida o‘z o‘rniga ega bo‘lmagan shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan etarlicha ta’minlanmagan hududga nisbatan uyushtiriladi. Bunday xurujga qarshi turish, uning oqibatlarini bartaraf etish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi: raqamli vositalar bilan aloqa, TV, radiolarni ta’minlash; malakali kadrlarni ko‘paytirish; axborot himoyasiga qaratilgan maxsus milliy standartlarni ishlab chiqish; OAVlarda nisbatan ahamiyatsiz, zerikarli dasturlarni kamaytirish (bu muhim jihat bo‘lib, uning aksi axborot lentasining "ifloslanishi"ga va iste’molchi axborot ehtiyojining qondirilmasligiga olib kelishi mumkin) va tahliliy (barcha sohalarda) dasturlarni ko‘paytirish. Bunda OAVlarga sog‘lom raqobat muhitini yaratib berish; mamlakatning chekka va uzoq shuningdek, chegara hududlarida yashovchi aholining axborot bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganib borish; periferiyalar bilan muntazam tezkor aloqa o‘rnatishning zamonaviy vositalarning qo‘llanilishi; va nihoyat eng asosiysi, global axboriy makonda ustunlikni beruvchi kosmik makonda zamonaviy aloqa uskunalariga ega bo‘lish. XULOSA
Zamonaviy dunyoda axborot omili tobora oshib bormoqsa. Endilikda axborotga nisbatan qandaydir yangiliklar, xabarlar, ma’lumotlar sifatida emas, balki ustunlik beruvchi strategik resurs sifatida yondoshuv vujudga keldi. SHu bilan birga, axborot deyilganda birinchi navbatda, OAVlari, kompьyuter va Internet tarmog‘i tushunilmoqda. Ayni paytda, "axborotlashtirish", "axborot jamiyati", "kompьyuterlashtirish" kabi yangi atamalar vujudga keldi. SHu tariqa, axborotning yadrosini qadrlilik, foydalilik va samaralilik tashkil qilishi oydinlashadi. Axborot quyidagi xususiyatlarga ega: qonunda belgilangan maqsadlar bilan bog‘lanishi, axborot ehtiyoji va hayotiy muhimlik darajasi aniq belgilanishi, tahlilga asoslangan bo‘lishi. Axborot tizimining nazariy va amaliy xarakterining mukammallashib borishi uni muhofaza qilish zaruriyatini keltirib chiqardi. Natijada axborot va xavfsizlik tushunchalarining ham nazariy, ham amaliy o‘zaro bog‘liqlik, to‘ldiruvchanlik jshatlari shakllandi. Bu xususan, quyidagilarda ko‘rinadi: Axborot va xavfsizlikning bir maqsad uchun xizmat qilishi; Axborot sohasidagi qonunning buzilishi, ayni paytda xavfsizlik darajasining kamayishiga olib keladi; Xavfsizlik tizimining mustahkamlik darajasi axborot omili belgilab beradi. Axborot xavfsizligi tushunchasining mazmun-mohiyatini axborot sohasidagi shaxs, jamiyat va davlat hayotiy muhim manfaatlarining himoya qilinishi tashkil qiladi. Bunday manfaatlar sirasiga fuqaroga tegishli shaxsiy ma’lumotlar, jamiyat va davlat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq omillarni ko‘rsatishimiz mumkin. Bunday omillarni oshkor qilishga urinish, buzish yoki ruxsatsiz foydalanish axborot xavfsizligiga tahdid sifatida ko‘riladi. Axborotni samarali muhofaza qilish uchun quyidagi kompleks vazifalarni hal etish imkonini beruvchi metodologik asoslar quyidagilar bo‘lishi mumkin: 1 .axborot xavfsizligi uchun javobgar organlar tizimini yaratish; 2.axborot xavfsizligini ta’minlovchi nazariy-metodologik asoslarni ishlab chiqish; Z.axborotni muhofaza qilish va uni avtomatlashtirish boshqaruvi masalasini hal etish; 4.axborot xavfsizligini ta’minlovchi masalalar echimini belgilab beruvchi huquqiy-me’yoriy asoslarni yaratish; 5.axborotni muhofaza etish vositalarini milliy standartlar asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish; 6. axborotni muhofaza qiluvchi mutaxassislar malakasini oshirish; 7. axborot texnologiyalari xavfsizligini ta’minlashning me’yoriy- metodik asosini tayyorlash1. Axborot xavfsizligi sohasi ayni paytda, ichki va tashqi siyosatni boshqarishda o‘ziga xos yashirin (latent) instrument vazifasini o‘taydi. Hozirda ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlar siyosiy elitalari ushbu instrumentga ega bo‘lishga intilishmoqsa va mamalakatga zamonaviy texnologiyalarni olib kirishmoqda. Zero, buning oqibatida nafaqat siyosiy tizimni boshqarish imkoniyati balki, tashqi salbiy ta’sirlarga qarshi tura olish mexanizmi yaratiladi.Axborot xavfsizligidagi yana bir muhim omil dezinformatsiya, ya’ni, yolg‘on, soxta axborotni to‘g‘ri, ishonchli axborotdan ajrata olish. CHunki, yolg‘on axborotga ega bo‘lish amalda yolg‘on umid uyg‘otadi, qaror qabul qilish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston xalqaro huquqning teng huquqli sub’ekti sifatida dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi, endilikda milliy manfaatlarni mustaqil himoya qilish lozimligini bildiradi. Axborot xavfsizligini ta’minlashning muhim masalalari bizningcha, quyidagilardan iborat: axborot ehtiyoji va axborot tarqatish o‘rtasidagi muvozanatni aniq belgilab olish; mamlakat milliy manfaatlarini global axborot makonida samarali himoya qilish uchun ZAKTlarini joriy etish; maxfiy va nomaxfiy axborot mazmunini belgilab beruvchi va ularni ajratib turuvchi mezonlarni aniqlab olish. Jahonda yuz berayotgan turli ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy o‘zgarishlar, taxdidlarying ko‘payishi axborot xavfsizligi sohasida qonunchilikning ixtisoslashuvini talab etmoqda. Ko‘pchilik rivojlangan davlatlarda bu borada maxsus Axborot xavfsizligi Doktrinasi qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasida ham ushbu sohada tahdidlarning ehtimoli yuqoriligini inobatga olib, xavfsizlikning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan axborot xavfsizligi va uni ta’minlash chora-tadbirlarini belgilab beruvchi «Axborot xavfsizligi Konsepsiyasi»ni qabul qilish maqsadga muvofiqdir. CHunki, globallashuv sharoitida axborot xavfsizligini ta’minlashga erishish - amalda ijtimoiy-siyosiy barqarorlykning asosiy sharti sifatida yuzaga chiqadi. CHunki, jamiyatdagi vakxanaliya asosan, axborotning to‘liq emasligidan yoki yolg‘onligidan kelib chiqadi. Ma’lumki, har qanday axborot o‘z manbasiga ega. Manbasiz axborot bo‘lishi mumkin emas. Zamonaviy siyosat va xalqaro munosabatlar tizimida jumladan, axborotlar bilan ishlashda aniq manbaga tayanish o‘ta muhim hisoblanadi. Axborotlar bilan ishlash jarayonida tahlilchi diqqat qaratishi kerak bo‘lgan muhim jihatlar quyidagilardan iborat: axborotni tayyorlashdan asosiy maqsadni aniqlab olish; axborot manbasi, rasmiy, norasmiy, ekspertlar fikri, muayyan shaxs yondoshuvi va h.zolarni saralab olish; 3. qidirilayotgan yoki tayyorlangan axborotning o‘z vaqtida (ahamiyatini yo‘qotmay turib) bo‘lishi; 4. tahlil jarayonida manfaat va imkoniyatlar bir xil inobatga olinishi zarur; tahlilchi rahbar "xarizma"siga sehrlanib qolmasligi kerak; tahlilda qo‘llaniladigan uslub va usullar aniqlab olinishi zarur. Axborot omilining tobora muhim strategik resursga aylanib borishi uning vositasida raqibga kuchli ta’sir o‘tkazish va uni o‘zi tomonga og‘dirib olish imkoniyati mavjudligi bilan xarakterlanadi. Bunday ta’sir o‘tkazish axborot urushlari nazariyasida "axborot ekspansiyasi", "axborot urushi" va h.zo. nomlarda atalib, bevosita inson ma’naviyati, uning ongi va qalbini egallashga qaratilgan bo‘ladi. Bu borada O‘zbekiston Prezidenti shunday degan edi: «bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkin»1. Bunday holatning ya’ni, axborot makonida ob’ektga aylanib qolmaslik uchun har bir xalqaro munosabatlar sub’ektidan axborot sohasida maxsus davlat siyosati ishlab chiqilishi taqozo etiladi. Xususan, axborot-psixologik urush sharoitida davlat siyosatini shakllantirish tamoyillarining dolzarb masalalari2 quyidagilar bilan izohlanadi. Birinchidan, bugungi kunda har bir davlat (shu jumladan, O‘zbekiston) o‘zining bu borada milliy tizimini ishlab chiqishga ehtiyoj sezmoqsa, zero, axborot-psixologik harakatlar tashqi siyosatda tobora samarali instrument sifatida ko‘rilmoqda. Bu vazifa jamiyatda kechayotgan ijtimoiy, siyosiy, psixologik munosabatlarning barqaror va izchil rivojlanishi uchun yangi davlat va jamiyat taraqqiyoti modelini izlashni taqozo etadi. Bunday model siyosiy soha tobora axborotlashayotgan va axborot-psixologik ziddiyatlarga kirishayotgan hamda ijtimoiy xavf darajasiga etgan paytda o‘ta zarurdir. Muammoning dolzarbligi yana shunda ko‘rinadiki, axborot xavfsizligi bo‘yicha ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan milliy tizim (standart) nafaqat siyosiy tizimning balki fuqarolarning ham bunday tahdidlarga qarshi tura olish choralarini amalda belgilab beradi. Bu orqali esa, o‘z navbatida shaxs, jamiyat va davlatning yaxlit xavfsizligi ta’minlanishiga erishiladi. Bunda urg‘u birinchi navbatda, siyosiy (g‘oyaviy-mafkuraviy) yo‘nalishlarga qaratilishi kerak. SHu tariqa, axborot-psixologik kurashi o‘zida davlatlar va ularning qurolli kuchlari o‘rtasidagi o‘zaro ustunlikni beruvchi siyosiy, harbiy, iqtisodiy, texnik, aholi imkoniyatlari, ma’naviy-milliy qadriyatlar sohasidagi va boshqa axborotlarni o‘zlashtirishga, uni qayta ishlashga va kerakli natijani beradigan holatga keltirish yo‘lidagi jarayonni aks ettiradi. SHunday qilib, axborot urushidan ko‘zlangan asosiy maqsad raqib tomonlar (urushning bunday turida bir vaqtning o‘zida bir necha raqibga hujum uyushtirish mumkin) milliy axborot makoniga hujum qilgan holda, jamiyat va davlat taraqqiyotiga to‘sqinlik qilish, fuqarolarning davlat va rahbarlarga bo‘lgan ishonchini yo‘qotish orqali o‘z maqsadiga erishish yotadi. Keyingi yillarda Uzbekistonda ham axborot xavfsizligini ta’minlash, global axborot makoniga tezroq qo‘shilish, bu makonda teng huquqli sub’ekt bo‘lish, shu bilan birga, mamlakat va fuqarolarga nisbatan turli kesimlarda uyushtirilayotgan axborot xurujlaridan himoyalanish vazifasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada birinchi navbatda, axborot xavfsizligi tizimining siyosiy-huquqiy asoslarini ishlab chiqish va uning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish zarur edi. Mustaqillikning o‘tgan yillari davomida mamlakatimizda qator qonunlar, qonun osti hujjatlari va boshqa tegishli hujjatlar qabul qilindi. TTT tariqa, mamlakatimiz axborot xavfsizligi tizimining siyosiy-huquqiy asoslari quyidagilarda aks etadi: milliy axborot makoni yaratildi; global axborot makoni bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qisman aloqalar o‘rnatildi; axborot xavfsizligi yaxlit milliy xavfsizlik tizimiga kiritildi va uning tarkibiy qismi sifatida e’tirof etildi; axborot sohasida milliy qonunchilik yaratildi va xalqaro huquq me’yorlariga moslashtirildi; zamonaviy axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalari davlat va jamiyatning barcha sohalariga joriy qilinmoqda. Bu boradagi markaziy fikr shuki, bugungi kunda faqatgina davlat o‘z fuqarolarini tashqi axborot-psixologik tahdidlardan himoya qilishi mumkin. Mamlakatimiz axborot xavfsizligiga tahdidlar quyidagi yo‘nalish va ko‘rinishlarga ega: Bosma nashrlar orqali. Xorij matbuoti va adabiyotlarining kirib kelishi; Kino disklari orqali. Unda turli shahvoniy va bosqinchilik, firibgarlik va qalloblik lavhalarining targ‘ib qilinishi; Kiyim-kechak va oziq ovqat mahsulotlarining G‘arb madaniyatiga moslab ishlab chiqarilishi; Internet orqali. Turli namoyishkorona loyihalarni tashkil qilish va ularga muntazam taklif qilish. Behayo lavhalarni muntazam ko‘rsatib turish va reklamalarga joylashtirish. 5.Televidenie va radio orqali. Ko‘rsatuvlarda salbiy voqea-hodisalarning ko‘plab berilishi, demokratiya niqobi ostida ikkinchi bir davlat obro‘yiga putur etkazishga urinish. Ochiqdan-ochiq provokatsiya qilish. 110 Radioeshittirishlarda xorijda yurgan muxoliflardan ko‘plab intervьyular olish, siyosiy mavzuda suhbatlar o‘tkazish. YUqoridagilardan kelib chiqib, ushbu mavzu yuzasidan bizning taklif va tavsiyalarimiz quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Axborot himoyasining umumiy milliy standarti ishlab chiqilishi lozim; O‘zbekiston «Axborot xavfsizligi Konsepsiyasi»ni ishlab chiqish va qabul qilish kerak; Axborot xavfsizligining siyosiy (g‘oyaviy-mafkuraviy)1 jihatlari bilan shug‘ullanuvchi maxsus davlat muassasasi tuzilishi kerak (uning vazifalaridan biri sifatida, nafaqat tashqi xurujlarni aniqlash va unga qarshi chora-tadbirlar belgilash balki, ichki "axborot intizomi"2ni ham tartibga solishni kiritish mumkin); Axborot bilan doimiy ishlovchi muassasasalarda ishchi-xodimlar malakasini professional darajaga etkazish lozim (xususan, OAVlari, Matbuot va axborot ag‘entligi, axborot agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, aloqa va axborotlashtirish agentligi va boshqa ma’muriy boshqaruv idoralarida), chunki hamon mazkur sohada ishlovchilar faoliyatida o‘z-o‘zinissenzura qilish holatlari uchramoqda; Global makonda mamlakat milliy manfaatlarini himoya qilish uchun kosodik makonda mustaqil aloqa vositalariga ega bo‘lish talab etiladi; YAqin va uzoq xorijdagi davlatlar bilan muntazam aloqa o‘rnatish hamda o‘zaro o‘xshash axborot xurujlarini bartaraf etish bo‘yicha hamkorlik qilish lozim; OAVlari, shuningdek internetda jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqealar yuzasidan tahliliy chiqishlarni tashkil qilish, zarur aynan siyosiy, chunki axborot xavfsizligining texnik jihatlari bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligida "Axborot xavfsizligi" bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirga kelib jamiyatning axborotlashganlik salohiyati, mavqei mamlakatlar rivojlanishi strategiyasini shakllantirish va uni bevosita amalga oshirishda eng muhim va zarur omilga aylanib ulgurdi. SHiddat bilan kechayotgan globallashuv jarayonlari raqamli texnologiyalarning elektron kommunikatsiyalarning davlat boshqaruvida foydalanish ko‘lami kengayishi bilan bog‘liq masalalarning dolzarbligini yanada oshirdi. Darhaqiqat, axborot hozirgi zamon jamiyatida hokimiyatning manbai bo‘lib, davlat hokimiyatining hozirgi zamon texnikasi, texnologiyalari va kommunikatsiya tizimlari bilan ta’minlanganlik darajasi davlat hokimiyati qanchalik samaradorligini belgilab beruvchi o‘ta muhim omil hisoblanadi. Ayni chog‘da, raqamli texnologiyalarning axborot texnologiyalariyaning rivojlanishi natijasida jamiyatning asosiy institutlari hisoblangan hokimiyatlar, sog‘liqni saqlash, oila va nikoh, madaniyat, ta’lim va fan kabilar jiddiy transformatsiyaga yuz tutmoqda. Veduщie ekspertы v oblasti politicheskix issledovaniy polagayut, chtossifrovizatsiya kompьyuterizatsiya i poyavlenie razvetvlennыx informatsionnыx sistem trebuet dalьneyshego sovershenstvovaniya kommunikatsionnыx osnov vzaimodeystviya mejdu sub’ektami politicheskogo protsessa. Eto predstavlyaetsya odnim iz strategicheskix napravleniy razvitiya sovremennoy demokratii. Vozrastayuщiy interes k sfere politicheskix kommunikatsiy v sotsialьnыx issledovaniyax obuslavlivaetsya tem, chto razvitie politicheskix kommunikatsiy imeet znachitelьnыy potensial dlya dalьneyshey demokratizatsii sotsialьno-politicheskix institutov i protsessov v sovremennom obщestve.1 Vajneyshim pokazatelem demokraticheskogo obщestva v mire schitaetsya obespechenie dialoga mejdu gosudarstvom i grajdanami, a nalichie mexanizmov optimizatsii vzaimodeystviya organov gosudarstvennoy vlasti s obщestvennыmi organizatsiyami, s shirokim ispolьzovaniemssifrovыx texnologiy. Eto predpolagaet razrabotku nauchnoy obщestvennostьyu deystvennыx metodov i texnologiy organizatsii politicheskoy kommunikatsii. Poetomu segodnya ryad nauchnыxssentrov provodyat issledovaniya, napravlennыe na dalьneyshee povыshenie effektivnosti dialoga institutov grajdanskogo obщestva s organami gosudarstvennoy vlasti dlya resheniya nasuщnыx sotsialьno-ekonomicheskix problem. Hozirgi zamon jamiyati axborot makonining raqamlashtirish tomoniga o‘zgarishi qadriyatlarning yangi tizimi, bilish va amaliyotning eng yangi ustuvorliklari shakllanishiga olib keladi. Bunday qadriyatlar va ustuvorliklar o‘z navbatida insonning jamiyatdagi xulq-atvoriga, siyosiy va iqtisodiy tizimni rivojlantirishga, deyarli barcha institutlar faoliyat ko‘rsatishiga jiddiy ta’sir o‘tkazadi2. SHunday qilib, axborot bilan ta’minlangan jamiyat madaniyati hokimiyatning yangi turini – ilmiy bilimga asoslangan hokimiyatni shakllantiradi. Bunday hokimiyat axborot bilan ta’minlangan jamiyatning muhim, ajralmas xususiyati bo‘lib, uni siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy-texnik jihatdan rivojlantirish yo‘nalishlari va parametrlarini ko‘rsatib beradi. Hozirgi kunga kelib, raqamli axborot texnologiyalarining rivojlanishi asosida davlat hokimiyati organlari faoliyatining shakli va mazmuni tubdan o‘zgarib, demokratik boshqaruvning yangi tartib-taomillari shakllanib, takomillashib borayotganini qayd etish zarur. O‘zgargan axborot makonida muhitida davlat va jamiyatning o‘zaro bog‘liqligi yangi konfiguratsiya – raqamli hamishtirokchilik konfiguratsiyasi tusini kasb etmoqda. Bu hol hokimiyat tuzilmalari bilan fuqarolar muloqotining hozirda amalda bo‘lgan, an’anaviy tus olgan shakllarini modernizatsiya qilish imkoniyatini ham, shuningdek hokimiyatlar o‘zaro munosabatlarining sifat jihatidan yangi turi – elektron hukumat va elektron demokratiya paydo bo‘lishi imkoniyatini ham beradi3. Bunday o‘zaro munosabatlarning qaror topishi davlat boshqaruvi qadriyatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni, hokimiyat organlari faoliyatining ekspertizasi samarali boshqaruv qarorlari qabul qilinishiga ko‘maklashadigan ochiq demokratik jamiyat mo‘ljalida faoliyat olib borishni anglatadi. Elektron demokratiya hozirgi kunda o‘z rivojining boshlang‘ich pallasida turibdi, uning salohiyati juda katta va butun dunyoda keng muhokama qilinmoqda, elektron demokratiyani madaniyatning yangi fenomeni sifatida nazariy jihatdan mushohada qilish esa, borgan sari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli hukumat, kibersiyosat, elektron ovoz berish, raqamli demokratiya, kompьyuter vositasidagi siyosiy kommunikatsiya qaror topishi imkoniyatining o‘ziyoq axborot jamiyati sharoitlarida siyosiy, iqtisodiy va madaniy mexanizmlar shakllarining tubdan o‘zgarishidan dalolat beradi. Insoniyat madaniyat jihatdan tub burilishga yaqinlashmoqda. Bunda fuqarolarning demokratik tartib-taomillardan foydalanish borasida keng imkoniyatlarga ega bo‘lishi, qarorlar qabul qilinishida fuqarolar ishtirok etishining kengayishi tufayli hokimiyat yanada sifatli, shaffof va pirovard natijada yanada samarali bo‘ladi. Mazkur vazifalarni, shuningdek davlat boshqaruvi tizimi transformatsiyasi jarayoniga jiddiy ta’sir qiluvchi muammolarni hal etish uchun davlat tomonidan axborot siyosati amalga oshiriladi. V Uzbekistane realizatsiya takix strategicheskix zadach, kak osuщestvlenie demokraticheskix reform, formirovanie i ukreplenie politiko-pravovogo soznaniya naseleniya, povыshenie aktivnosti grajdanskogo obщestva, stala povestkoy dnya. Sozdana prochnaya normativno-pravovaya baza dlya posledovatelьnogo razvitiya grajdanskogo obщestva, sformirovana mnogopartiynaya sistema, korennыm obrazom izmenilosь pravovoe i politicheskoe soznanie grajdan, organ samoupravleniya grajdan – maxallya priznana mejdunarodnыm soobщestvom kak unikalьnыy institut grajdanskogo obщestva, sozdanы pravovыe mexanizmы uchastiya obщestvennыx organizatsiy v prinyatii resheniy gosudarstvennogo znacheniya. Segodnya v Uzbekistane osoboe vnimanie udelyaetsya obnovleniyu obщestva, razvitiyu shirokix demokraticheskix otnosheniy mejdu gosudarstvom i narodom. Imenno poetomu 2017 god bыl ob’yavlen «Godom dialoga s narodom i interesov cheloveka» i prinyata sootvetstvuyuщaya Gosudarstvennaya programma. Eto usilivaet aktualьnostь poiska optimalьnыx putey i metodov sovershenstvovaniya politicheskogo dialoga, povыsheniya uchastiya v nem institutov grajdanskogo obщestva na osnove izucheniya peredovogo opыta veduщix stran mira. Muammoni o‘rganishda ekspert baholash va hujjatlarni o‘rganish va tahlil qilish usullaridan foydalanildi. Xususan, hozirgi vaqtda O‘zbekistonda axborot milliy resurs bo‘lib, uni saqlash, rivojlantirish va undan oqilona foydalanish davlat ahamiyatiga molik vazifa ekanligi to‘la-to‘kis anglab etilgan. Hozirgi bosqichda jamiyat axborot sohasini rivojlantirishga qaratilgan va nafaqat telekommunikatsiya, axborot tizimlari yoki ommaviy kommunikatsiya vositalarini, balki axborotning (ishchanlikka qaratilgan, tomoshabop, ilmiy-ta’lim yangiliklaridan xabardor qilish va shu kabi) sifat jihatdan yangi turlarini yaratish, saqlash, ular ustida ishlash, ularni berish va tarqatish bilan bog‘liq jarayonlar hamda munosabatlarning butun jamlamasini qamrab oladigan axborot sohasida yagona davlat siyosati konsepsiyasi qabul qilingan.1 Bunday konsepsiya o‘z ichiga: - jamiyat demokratik mexanizmlardan foydalanishga tayyor bo‘lishi, fuqarolar esa, o‘z bilimlari, o‘z vaqtlari va sa’y-harakatlarini boshqaruv jarayonida ishtirok etishga sarflashga tayyor bo‘lishi; - siyosiy tizim mexanizmlari katta ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini o‘z vaqtida payqashi va aks ettirishi hamda mazkur manfaatlar bo‘yicha omma o‘rtasida o‘zaro kelishuvni ta’minlashi; - hokimiyat jamiyatning tobora murakkablashib borayotgan, raqamlashtirish “axborot asri” sharoitlarida sifat jihatidan yangi jihatlar kasb etayotgan talab-ehtiyojlariga munosabat bildirishga qodir bo‘lishi; - siyosat to‘g‘risidagi axborotlarning ortib borayotgan miqdori sifat jihatidan siyosiy hayotda ishtirok etishga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi va nazorat qilishiga o‘tishi vaqtida demokratiya doimiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish mexanizmlariga, muloqotning samarali kanallariga, jamoatchilik nazoratiga, kommunikatsiyalar va “ikki tomonlama aloqa”ga ega bo‘lishi; - eng avvalo, qonun loyihalari, davlat hokimiyatining barcha bo‘g‘inlarida qabul qilinadigan qarorlar, dasturlar fuqarolarning umumiy muhokamasiga qo‘yilishi, amal qilib turgan qonunlar va ularni tatbiq etish samaradorligiga baho berishi; - raqamli elektron texnologiyalar orqali davlat boshqaruvi jamiyat uchun tushunarli va undan foydalanish oson bo‘lishi kabi masalalarni qamrab olgan.ishini nazarda tutadi. SHular asosida, jahon hamjamiyatida ilg‘or mavqelarni egallashga intilayotgan O‘zbekiston raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish samarali milliy axborot siyosatini ishlab chiqish, ustida ish olib borayotganini ta’kidlash zarur. Bunday siyosat demokratik jamiyatga o‘tishni ta’minlashda davlat boshqaruvini tubdan isloh etish ustuvor vazifa sifatida qaralayotgani haqida xulosa qilish mumkin. Hozirgi kunda mamlakatimizda davlat o‘z xizmatlarini raqamli elektron vositalar orqali taqdim etish yo‘li bilan o‘z sa’y-harakatlarini oddiy fuqarolar hayoti sifatini yaxshilashga qaratayotganidan dalolat beradigan misollar ko‘p. Turli bo‘g‘inlardagi hukumat organlari nafaqat tizimga birlashmoqdalar, balki tizimni tashkil etuvchi turli tuzilmalar va organlar o‘rtasidagi birgalikdagi harakatni va ularning to‘liq muvofiqligini ta’minlagan holda o‘z ishini ana shu tizimga moslashtirish borasida faoliyat olib bormoqdalar. Mamlakatdagi ishlar ahvoli to‘g‘risidagi axborot bilan bu kabi erkin vassenzurasiz tanishish hamda undan foydalanish tabiiy ravishda fuqarolarda siyosat va boshqaruvda muntazam ishtirok etish talabini shakllantiradi. Bu o‘rinda O‘zbekistonda elektron hukumatga nisbatan nafaqat navbatdagi amaliy echim, amal qilib turgan tuzilmalar va ijtimoiy munosabatlarni modernizatsiya qilish usuli sifatida, balki davlatni boshqarishni tashkil etish prinsiplarini kompleks ravishda o‘zgartirishga doir mustaqil g‘oya sifatida ham qaralishini alohida qayd etish zarur. Raqamlashtirish Axborot kommunikatsiyalari muayyan xavf keltirib chiqarishi ehtimoli bilan bir qatorda demokratiyani rivojlantirishda afzalliklarga ham egadir. Mamlakatimiz misolida buni odamlarni qarorlar qabul qilinishi jarayoniga kengroq jalb etish, ularning davlat ustidan yanada to‘liqroq nazoratini amalga oshirishi uchun imkoniyat yaratib berishda ko‘rish mumkin. Boshqa tomondan olib qaraganda esa, axborot texnologiyalarining shiddatli rivoji shaxsiy hayotning daxlsizligiga bo‘lgan huquqqa putur etishi ehtimoli ham yuzaga keladi. SHu munosabat bilan O‘zbekistonda, bir qator mamlakatlar kabi hozirgi zamon axborot kommunikatsiyalari sharoitlariga mos keladigan qonunchilik bazasi va ma’muriy tartibga solish qoidalari (intellektual mulk1, shaxsga doir ma’lumotlar2, shaxsiy hayotning daxlsizligiga3 bo‘lgan huquqni himoya qilishning samarali mexanizmlari) yaratilgan va takomillashtirilib bormoqda, axborot industriyasi tarmoqlarida, ta’lim tizimida investitsiyalar, erkin raqobatni rivojlantirish, xalqaro kooperatsiya, elektron aloqa vositalari orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilishini tashkil etishda jamiyat turli sub’ektlarining sa’y-harakatlarini uyg‘unlashtirishga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlar vujudga keltirilgan. Ayni chog‘da, mamlakatimizda raqamlashtirish jarayonlarining avj olishi bu sohadagi ishlarni tizimli asosda amalga oshirishni talab qiladi. Hozirgi kunga kelib, mamlakatimizda “Hokimiyatga ishonch borasidagi taqchillik”ni bartaraf qilish maqsadida hokimiyatning jamoatchilik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotini rag‘batlantirishga qaratilgan shart-sharoitlar yaratilmoqda, davlat hokimiyatining o‘zi bunday muloqotning tashabbuskori bo‘lib chiqmoqda. Davlat hokimiyati organlarida jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan matbuot xizmatlari4 tashkil etilgan. Ular davlat hokimiyati organlarining faoliyati, rejalari va qabul qilayotgan qarorlarining mazmun-mohiyati to‘g‘risida muntazam ravishda jamoatchilikka axborot taqdim etib boradilar. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning davlat va jamiyat qurilishi tizimi hamda kundalik xayotimizga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish zarurligini nazarda tutib, “Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Internet tizimni keng rivojlantirmasdan turib, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash, barqaror taraqqiyotga erishish haqida so‘z yuritish mumkin emas..., jahon axborot texnologiyalari bozorida munosib o‘rin egallash masalasiga ustuvor ahamiyatga ega vazifa sifatida qarashimiz zarur.”5-degan fikrini alohida qayd etish zarur. Hozirgi kunda biz davlat boshqaruvining mutlaqo yangi mexanizmlari shakllanishiga guvoh bo‘lib turibmiz. Masalan, O‘zbekistonda “elektron hukumat” konsepsiyasini amalga oshirish1 davlat xizmatlari sifatini oshirishga, hokimiyat organlari faoliyati samaradorligini muntazam ravishda yuksaltirib borishga qaratilgan bo‘lib, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning barcha bo‘g‘inlaridagi hokimiyat organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborot bilan tanishish va undan foydalanish imkoniyatiga egadir. Davlat hokimiyati organlarining portallaridagi interfaol interfeys rejalar va dasturlarni, ularning ijrosiga doir monitoring natijalarini to‘laqonli aks ettirish va keng muhokama qilish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Axborotning ochiqligini bu yo‘sinda ta’minlash axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida fuqarolarning davlat hokimiyati organlari vakillari bilan bevosita muloqot olib borishiga, fuqarolarning qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlari muhokamasida ishtirok etishiga va pirovard natijada hokimiyatga bo‘lgan ishonchni oshishiga ko‘maklashadi. Aytish joizki, “elektron hukumat” tizimi Davlat boshqaruvining konsepsiyasi sifatida XX asr bilan XXI asr oralig‘ida paydo bo‘lgan. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va fuqarolik jamiyati qadriyatlariga tayangan holda, u mamlakatlarning axborotlashgan jamiyatga o‘tish jarayonining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Hozirgi kunda raqamlashtirish jarayonlarining avj olishi hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivoji tufayli davlat boshqaruvi transformatsiyasini atroflicha tadqiq qilish endigina yo‘lga qo‘yilayotganligi sababli bu sohani milliy xususiyatlarni inobatga olgan holda o‘rganish favqulodda muhimdir. SHu munosabat bilan mamlakatimizda jamiyatni axborotlashtirish jarayonida davlat boshqaruvi mexanizmlarining transformatsiyasi borasidagi xorijiy tajribani ham tahlil etish va ijobiy jihatlarini amaliyotga joriy qilish alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda davlat o‘z xizmatlarini elektron vositalar orqali taqdim etish yo‘li bilan o‘z sa’y-harakatlarini oddiy fuqarolar hayoti sifatini yaxshilashga qaratayotganidan dalolat beradigan misollar ko‘p. Ta’kidlash lozimki, bu sohadagi keng ko‘lamli ishlar yurtimizda tizimli ravishdaamalga oshirilmoqda. Hozirgi kunga kelib mamlakatda “Elektron hukumat” tizimini barpo etishning huquqiy, institutsional va tashkiliy asoslari yaratilganligini qayd etish zarur2. Fikrimizning tasdig‘i sifatida bir nechta misollar keltiramiz. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling