Ахборот муаммоси ҳозирги компьютер инқилоби шароитида, яъни ахборотни сақлаш ва узатиш вазифалари деярли машиналар зиммасига юкланган замонда унинг хавфсизлигини таъминлашга ҳамда мустаҳкамлашга эришиш долзарб вазифа ҳисобланади


Download 0.81 Mb.
bet9/22
Sana05.05.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1430529
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Ma\'ruza matni-1

-siyosiy. G‘oyaviy-mafkuraviy, madaniy, RK (pablik rileyshnz) ta’sirlar erqali o‘z mamlakati imijini bo‘rttirib ko‘rsatish natijasida boshqa mamlakatlar o‘rni va rolini xalqaro munosabatlarda pasaytirishga urinish, o‘z madaniyatini yoyish, yolg‘on, shubhali, ko‘pincha asoslanmagan axborotlarni tarqatish;
-iqtisodiy. Xalq iste’moli uchun arzon mahsulotlar ishlab chiqarish, turli grantlar va kreditlar ajratish, "iqtisodiy farovon" hayotni ko‘rsatish va bu orqali boshqa davlatlar fuqarolarini o‘z tomoniga og‘dirib olish.
Ushbu yo‘nalishlarning barchasida raqib tomon fuqarolarida o‘z davlati olib borayotgan siyosatga nisbatan ishonchsizlik uyg‘otish, ba’zan unga ochiqdan-ochiq qarshi chiqishga undash asosiy o‘rin tutadi.
Axborot urushini olib borish vositalari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • kompьyuter viruslari, elektron axborot kanallari va manbalarini zararlantirish, izdan chiqarish;

  • "mantiqiy bomba"lar, "axborotni yo‘q qiluvchi dasturlar" axborotni boshqaruvchi harbiy va fuqaroviy infratuzilmalar ish faoliyatiga kiritilgan. Tegishli signal asosida yoki o‘rnatilgan vaqgda texnik vositalardagi axborotlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan;




  • raqib tomonning ruxsat etilmagan axborotlar to‘plamini o‘g‘irlash dasturi;

  • raqibning axborot tizimiga ma’lumotlarni o‘zgartirish maqsadida kirish yoki ochiq targ‘ibot orqali aralashuv;

  • kompьyuterning asosiy qismini, xotirasini ("plata") izdan chiqarishga mo‘ljallangan biotexnologik vositalar;

  • maxsus personallarni qo‘lga olish.

Axborot va psixologik urush o‘rtasidagi tafovutni quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin Psixologik urush - bevosita insonlar ongiga ta’sir kilish bo‘lib, buning natijasida ularni kerakli yo‘nalish tomonga burish imkoni vujudga keladi. Bunda "ob’ekt"ning shaxsiy psixologik tuzilishi (xulq-atvor, fikr-mulohazalari, dunyoqarashlari, qadriyatlari), uni o‘rab turgan ijtimoiy muhit (tuzum, atrofdagi kishilar kayfiyati) hisobga olinadi. Axborot urushidan farqli tarzda, psixologik urushlar yoki ta’sir ko‘rsatish muayyan auditoriyaga (uning ongi va qalbiga) qaratilgan bo‘ladi.
Axborot urushi esa to‘liq axboriy makonni o‘zlashtirishga, uni nazorat qilishga qaratiladi1.
Rossiyalik mutaxassis Manoylo A.V.ning fikricha, axborot-psixologik urush - asosiy ya’ni qurolli to‘qnashuvgacha bo‘lgan davr bo‘lib, aynan ushbu davrning yakuni aksariyat hollarda, qurolli to‘qnashuvga olib keladi2.
Axborot-psixologik kurashi turli ko‘rinishda va kesimlarda yuz berishi mumkin:

  • turli darajada, hukumatlararo yoki strategik, operativ va taktik;

  • tinchlik va urush paytida;

  • axboriy va ma’naviy sohada;

  • harbiy xizmatchilar va raqib qo‘shini orasida (bunda kurash "axborot" va "psixologyk" urushiga aylanadi).

Psixologik urush davlatlar va ularning qurolli kuchlari tomonidan ma’naviy sohada ustunlikka ega bo‘lish maqsadidagi kurashdir. Bunda ustunlik beruvchi ma’naviy omil g‘alabaning asosiy omiliga aylanishi lozim. Psixologik urushda quyidagi yo‘nalishlarni ajratish mumkin; harbiy vazifalarni amalga oshirishda qurolli kuchlar va aholining psixologik quvvatini mukammallashtirish va safarbar qilish; mamlakat aholisi va qurolli kuchlarini dushman tomonning dezinformatsiyasidan saqlash; raqib qo‘shini va aholisini chalg‘itish maqsadida ularga psixologik ta’sir o‘tkazish (dezorientatsiya, demoralizatsiya va dezorganizatsiya); xalqaro va ittifoqchi tashkilotlarga o‘z manfaatlari bo‘yicha ta’sir o‘tkazish1.
Axborot va psixologik urush operatsiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirilgan davrlar qatorida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: AQSHning1983 yilda Grenadada harbiy operatsiyasi paytida; Fors ko‘rfazidagi 1990-1991 yillardagi urushda; Gaitiga kirish paytida 1994 yilda; Bosniya va Gersegovinada 1996 yilda.
SHuni ta’kidlash kerakki, axborot va psixologik urush bir necha yo‘nalishlarda, bir vaqtning o‘zida yaxlit kompleks tarzida o‘tkazilgan taqdirdagina ko‘zlangan natijani beradi. Jumladan, radioelektron kurash, razvedka faolligi, qo‘shin va qurollar bilan ta’minotni uzib qo‘yish, psixologik operatsiya, raqibning axborot resurslariga maxsus texnik-dastur orqali ta’sir o‘tkazish va h.zo.
Aslida axborot-psixologik urush axboriy-siyosiy ziddiyatning bir turidir. Albatta bu ikkala tushunchani axborot makoni bog‘lab turadi.
Axborot urushining maqsadi - dushman tomon axboriy makonini egallash va shu orqali unga ta’sir o‘tkazish hamda etakchilikka erishish. Bunday etakchilik o‘z navbatida, ikkinchi va boshqa tomonlarning imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi.
Bu brrada zamonaviy aloqa vositalariga va kosmik makonga ega bo‘lish ham "soxta" va "haqiqiy" axborotni aniqlashda ustuvor ahamiyat kasb etadi.. CHunki, buning natijasida axborotni tez tarqatish imkoni vujudga keladi. Dastlabki axborot esa "soxta" bo‘lishidan qat’iy nazar iste’molchi uchun go‘yoki "ishonchli", "asl" manba sifatida qabul qilinadi.
SHunday qilib, zamonaviy axborot urushlarida axborot sohasidagi so‘nggi kommunikatsion texnologiyalar va kosmik makonga ega bo‘lish ustuvor ahamiyat kasb etsa, psixologik urushlarda aholi kayfiyati, mentaliteti o‘ziga xos ustuvorlik beradi.
Amerikalik olim Arielь Koen zamonaviy texnologiyalarning muvaffaqiyatlaridan g‘arazli maqsadda ham foydalanilayotganligini e’tirof etadi: "bugun internet-sahifalar siyosiy harakatlar bilan bir katorda afsuski, terroristik guruhlar uchun ham qo‘l kelmoqda. SMS-xatlar orqali "flesh-mob" (elektron olomon) namoyish ya’ni, avtomobillarni yoqib yuborish va vandalizm uchun ham, "rangli inqiloblar" uchun ham safarbarlik tashkillashtirilmoqda. Iroq va CHechenistondagi jihod qatllari roligining MMS orqali yoyilishi Fransiyadagi jinoiy o‘smirlarning tartyabsizliklarni keltirib chiqarishga sabab bo‘lmoqda. Vandalizmdan siyosiy zo‘ravonlikka bir emas, yarim qadamdir".
Xususan, 2004 yilda Ukrainadagi "rangli inqilob" paytida namoiyshchilar mobilь telefonlari orqali o‘zaro aloqada bo‘lishgan va safarbarlikni uyushtirishgan. Radikal islom harakatlari video ishlab chiqarish bilan dunyoning barcha nuqtalarida Peshovardan Parijgacha shug‘ullanishadi. Ular Iroq, Afg‘oniston, Pokiston, G‘azo sektori va CHechenistonda o‘z studiyalariga egalar. Bu studiyalarda yuzlab mutaxassislar, josuslar targ‘ibot-tashviqot va o‘zlarining jirkanch ishlarini "'muvaffaqiyat"larini tasvirga tushirishadi. ":
«SHu bilan bir qatorda xavfsizlik va barqarorlikka taxdid soluvchi yangi, misli ko‘rilmagan xavflar ham paydo bo‘lmoqda. Uyushgan jinoyatchilik, jahon terrorizmi qo‘lida axborot xavfi qurolga aylanmoqda. Masalan, Internetda qo‘poruvchilik tadbirlari tashkil etish bo‘yicha qo‘llanmaga aylanib qoldi. Bu erda ham, g‘oyaviy va madaniy globalizatsiya sohasida bo‘lganidek, mamlakatlarning iqtisodiy ochiqlikka intilishi bilan ularning axborot maydonini nazorat qilishga o‘rtasida ixtilof yuzaga kelmoqda. Muammo shundaki, shakllanayotgan jahon iqtisodiy va moliya bozorlari jaxon xo‘jalik alokalariga tulik mikyosda kushilishga intilayotgan mamlakatlardan rivojlangan axborot-kommunikatsiya tizimiga ega bo‘lishni talab qilmokda».
Axborot urushi siyosiy maydonning va siyosiy munosabatlar tizimining bir qismi, chunki u o‘z tabiatiga ko‘ra, ikki yoki undan ko‘p siyosiy kuchlarning axborot makoni boshqaruvidagi o‘rni va vazifalarini hal qilish maqsadidagi siyosiy urushdir. Bunda qurol vazifasini axborot bajaradi.
"Axborot" quroli yordamida erishiladigan eng muhim maqsadlar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

  • siyosiy tanglik va xaosni yuzaga keltirish maqsadida aholi ijtimoiy guruhlarning siyosiy qarashlari va ijtimoiy ongini boshqarish;

  • ijtimoiy, siyosiy, milliy va diniy mojarolarni keltirib chiqarish, ishonchsizlik, shubha tuyg‘ularini o‘t oldirish, siyosiy kurashga keskin tus berish, muholifatni qo‘llab-quvvatlash;

-hokimiyat va boshqaruv idoralarining axborot bilan ta’minlanganlik darajasini tushirish, boshqaruv idoralarining muhim qarorlar qabul kilishini qiyinlashtirish va noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinishiga erishish;
-ma’naviyatsizlik va ahloqsizlik muhitini vujudga keltirish, «dushman»ning madaniy merosiga nisbatan salbiy munosabatni shakllantirish;
- aholini davlat idoralari faoliyati xususida noto‘g‘ri axborot bilan ta’minlash, ularning obro‘sini tushirish, ularga nisbatan xalq ishonchnin yo‘qotish;
- iqtisodiy norozilik tusi berilgan ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish;
-davlatning xalqaro hamjamiyatidagi obro‘siga, uning boshqa mamlakatlar bilan aloqalariga putur etkazish;
- mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, mudofaa va boshqa sohalardagi eng muhim manfaatlariga ziyon etkazish.
YUqorida keltirilganlarni to‘g‘ri anglagan holda har bir davlat ushbu axborot urushlariga qarshi tura oladigan axborot xavfsizligi tizimini ishlab chiqmog‘i lozim.
Hozirgi kunda amal qilayotgan xavfsizlik paradigmasi samaradorligining axborot urushi sharoitida pasayishi uning modernizatsiyalashuvini talab etadi. Bunday modernizatsiyalashuv birinchi navbatda, har bir davlatda "Axborot siyosati"ning ishlab chiqilishini talab etadi.
Rossiyalik tadqiqotchi Popov V.D fikricha, axborot siyosatining mohiyatini "axborot hukumati" orqali tushuntiradi: "axborot siyosati - bu siyosat sub’ektlarining axborot yordamida davlat va fuqarolik jamiyati manfaatlari uchun kishilar ongiga ta’sir qilish usullari va imkoniyatidir"11. ■
Axbbrot-psixologik urush sharoitida davlat siyosatini shakllantirish dolzarbligi tamoyillari quyidagilar bilan ham ta’kidlanadi:

  • siyosiy tizimga nisbatan axborot omiliga tayangan yangi tahdidlarning vujudga kelishi;

  • siyosiy zo‘ravonlikning yangi shakli sifatida axborot urushlarining tashkillashtirilayotganligi va uning tashqi siyosat uchun halokatli bo‘lishi ehtimoli yuqoriligi;

  • axborot dominantlari tomonidan axborot sohasida "xom-ashyo manbai" va •'axlatlar qutisi"ga aylanib qolish xavfining mavjudligi;

  • axborot taxdidlari va urushlari natijasida jamiyat milliy xarakteri va madaniyati, qadriyatlari, psixologik ustqurmasining buzilishi xavfining yuzaga kelishi2.

Axborot urushida asl voqeani yashirish, uni o‘z manfaatiga moslab talqin qilish muhim hisoblanadi. Xususan, Rossiyaning CHechenistonga karshi ikkinchi urushi, AQSH va NATO kuchlarining Afg‘onistondagi urushi dunyo hamjamiyati uchun "harbiy harakatlar", "antiterroristik operatsiya" ("urush" emas), "tozalash" ("chegara" so‘zi ishlatilmadi) sifatida talqin kilindi. SHu bilan birga, urush olib borilayotgan hududlarda faqat bir tomon muvaffaqiyati ko‘rsatiladi, kamchiliklar va mag‘lubiyat iloji boricha kam ko‘rsatiladi yoki bunga qandaydir o‘rinli sabab ko‘rsatiladi.
Axborot urushini jahon siyosati va tarixidagi inqirozli urushlardan biri bo‘lgan AQSH-Iroq urushidagi quyidagi holatda ko‘rishimiz mumkin. Bu urushning ikkinchi bor takrorlanishini ko‘pchilik sub’ektiv omillar bilan bog‘lashadi ya’ni, kichik Bush Pentagonning ogohlantirishlariga qaramasdan birinchi urush (katta Bush) "alami" uchun boshlagan. Mazkur urushda axborot urushi reportaj janrida kechganligiga guvoh bo‘lamiz. Unda bir necha "mantiqsiz" holatlarni kuzatishimiz mumkin. Masalan, Basra shahri yaqinida kutilmaganda ittifoqchi kuchlar harbiy tanki dushman tomonning qisqa otishmasidan so‘ng to‘xtab qoladi va bu to‘xtalish bir necha kun davom etadi. Bu orada turli siyosiy mish-mishlar va rasmiy bayonotlar beriladi. Vaholanki, ancha professional bo‘lgan ittifoqchilar harbiylari oddiy qurol qarshisida to‘xtab qolishi mumkin emas edi.
Boshqa bir holatda Amerikalik tahlilchilar axborot urushining ehtimoliy rivojini shunday yozishadi: "2005 yil. Eron maxfiy tarzda o‘z ko‘shinlari joylashuvini (dislokatsiya) o‘zgartiradi va to‘satdan Saudiya Arabistoniga hujum qiladi. AQSH o‘zining strategik ittifoqchisini himoya kilish maqsadida tajovuzchi tomonga nisbatan axborot urushini boshlab yuboradi. Birinchi navbatda, elektron hisoblash mashinalari xotirasiga maxfiy tarzda joylashtirib qo‘yilgan kompьyuter viruslari va mantiqiy oombalar, .buzuvchi dasturlar Eronning barcha boshqaruv tizimlarida ishga tushiriladi. Bu qurol maxsus komanda orqali sun’iy yo‘ldoshdan yoki xalqaro kompьyuter tarmog‘i orqali beriladi. To‘qnashuv boshlangandan so‘ng Eron hududida bo‘lgan maxsus xizmat josuslari tomonidan hukumat tomonidan qattiq himoyalangan ma’lumotlar bazasiga kuchli elektromagnit impulьsli generator yordamida zarba beriladi. Bir vaqtning o‘zida xalqaro telekommunikatsiya tarmog‘i orqali tajovuzkorning xorijdagi hisob raqamlari to‘xtatiladi. Ushbu harakatlar Eron uchun halokatli oqibatlarni keltirib chiqaradi, zero mamlakatning hayotiy muhim manfaatlari (harbiy va fuqaroviy boshqaruv, aloqa, energetika, transport va b.) ishdan chiqadi. SHu bilan birga, mamlakatdagi tele-, radio stansiyalar, qurolli kuchlardagi aloqa va boshqaruv punktlari ishdan chiqariladi. Elektron ommaviy axborot vositalari orqali mamlakatdagi siyosiy barqarorlikni buzuvchi, aholini qo‘rquvga soluvchi ma’lumot va xabarlar berib boriladi. Bunday zarbalar oqibatida Eronda butunlay tartibsizlik, vahima, iqtisodiyotning emirilish, ijtimoiy-siyosiy holatning keskin o‘zgarishi kuzatiladi. Bunday sharoitda Eron o‘z maqsadlaridan voz kechadi, AQSH va uning ittifoqchilari talabiga bo‘ysunadi".
AQSHning axborot urushidagi tajribasi va imkoniyatlariga shubha qilmagan holda aytish mumkinki, yuqoridagi manzarada faqat bir tomon tasvirlangan, unga qarshi harakatlar va Eron imkoniyatlari hisobga olinmagan. SHu bilan birga, AQSH qurolli kuchlari ofitserlarining e’tirof etishlaricha, ekstremistlar zamonaviy texnologiyalarni, texnik innovatsiyalarni ularga qarshi turuvchi organlarda ishlovchilarga qaraganda tezroq o‘zlashtirishmoqda1.
SHuni ham e’tirof etish kerakki, OAVlari dunyo bo‘yicha davlat imijini belgilashda xam muhim rolь o‘ynamoqda.
Xususan, so‘nggi yillarda jahon mediamakonining arab segmenti xam rivojlanmokda va qamrov xududi kengayib bormokda. Bunday muvaffakiyat ushbu xududda yangi telekanal «Alь-Jazira» shakllanishi bilan bog‘liq. Mustaqil sun’iy yo‘ldosh orqali uzluksiz ishlovchi «Alь-Jazira» Osiyodagi kichkina davlat Qatar poytaxti Dohada joylashgan bulib, 1996 yil 1 noyabrdan «Bi-Bi-Si» arab tilidagi ko‘rsatuvlarini to‘xtatgandan so‘ng ishga tushgan. Auditoriyasi - 35 mln. kishi bo‘lib dunyoning 31 mamlakatida muxbirlik punktlariga ega. «Alь-Jazira» qisqa muddat ichida mintaqaviy kanaldan jaxon kanaliga aylanishga ulgurdi2.
Amerikaning Afg‘onistonga harbiy operatsiyasi Al-Jaziraga alohida obro‘ keltirdi. Faqatgina Alь-Jazira o‘z muxbirlarini Afg‘onistonga jo‘natdi. Kanal orqali Ben Ladenning chiqishlari, tahdidlari bildirildi. Mazkur operatsiya boshlanishidan oldin Britaniya bosh vaziri Toni Bler aynan Alь-Jazira orqali arab dunyosiga eksklyuziv intervьyu berdi.
"SЬtyap 8s1epse Mosh1og" gazetasining yozishicha, janubiy Afrika teleradioeshittirishl.ar bo‘yicha davlat korporatsiyasi 8AVS o‘zining tungi (soat Pdan 6 gacha) S№4 ko‘rsatuvlarini «Alь-Jazira» ko‘rsatuvlariga almashtirish fikri borligini bildirdi. Ekspertlar fikricha, S^M ning Alь-Jaziraga almashtirilishi nafaqat amerika OAVlariga, balki ingliz tilida gaplashuvchi auditoriyaga qattiq zarbadir3.
Al-Jazirani davlatlar turlicha ayblashadi, jumladan terroristlar «oynasi» desa, kimdir xattoki MRBning «muvaffakiyatli loyixasi» deydi. Isroilliklar Al-Jazirani terrorizmni kullab kuvvatlashda (bunga kundalik reportajlarda intifadaning ko‘rsatilishi sabab qilishadi), falastinliklar, suriyaliklar va liviyaliklar esa uni sionistik tashvikotda ayblashgan (bunga Al-Jaziraning arab telekanallari orasida Ierusalimda muxbirlik punktiga va knessetda o‘z muxbiriga ega bo‘lgan yagona telekanalligi sabab bulgan). Telekanal faoliyatidan norozi Iordaniya va Quvayt xukumati telekanalning muxbirlarini o‘z davlatlaridan chikarib yuborishgan. Saudiya Arabistoni hukumati esa bir necha bor Qatar rahbariyatiga kanalni yopishga chakirishgan, ushbu mamlakat kompaniyalari kator yillardan beri boykot e’lon kilishadi.
SHuni ta’kidlash kerakki, xorij televideniesi o‘sha mamlakat ichida ham axborot xurujida, ma’naviy qadriyatlarni buzishda ayblanmoqda. Jumladan, Rossiyada o‘rtacha 1 soat teleko‘rsatuvga 4,2 sahna zo‘ravonligi to‘g‘ri kelishi, rus o‘smiri esa 18 yoshgacha TVda 18 ming qotillik va 200 ming zo‘ravonlik sahnalarini ko‘rishi mumkinligi hisoblab chiqilgan1.
Tabiiy savol tug‘iladi: nimaga alkogolli ichimliklar, sigaret yoki boshqa shunga o‘xshash illatlar reklamasini taqiqlash mumkin-u, zo‘ravonlik, shafqatsizlik sahnalari aks etgan kinofilьmlarga qarshi chora ko‘rilmaydi? Masalan, "Qashqirlar vodiysi" yoki Koreya madaniyati, tarixini bo‘rttirib ko‘rsatuvchi seriallarning to‘xtovsiz namoyish etilishi.
YOshlar ekrandagi soxta qahramonlarga havas qilishmoqda, ularga o‘xshashni istashmoqda.
Evropalik tadqiqotlar "hayotda yuz berayotgan 20%gacha bo‘lgan zo‘ravonliklarga televidenie qahramonlari sabab bo‘lishayotgan ekan. AQSHda esa 61% jinoyatchilar teleqahramonlardan "nusxa" ko‘chirib, qonun buzishar ekan"2.
SHu ma’noda mediamakonda nodavlat-notijorat tuzilmalarning shakllanishi va rivojlanishi OAVlar mustaqilligi hamda jurnalistlar erkinligini ta’minlashga xizmat qiladi. Biroq, ularning tijoratga asoslanishlari, moliyalashtirish manbalariga butunlay bog‘lanib qolishlari bizningcha, asosiy muammolardan biridir. Zero, buning oqibatida buyurtma ko‘rsatuvlar, eshittirishlar vujudga keladi.
Hozirda ayrim davlatlarda internet orqali bo‘layotgan axborot xurujlariga qarshi eng oddiy, lekin samarali bo‘lgan usulni qo‘llashmoqda. Jumladan, XXR hukumati "mumkin emas" deb hisoblagan saytlarni yopib qo‘ymoqda, mamlakat Ijtimoiy xavfsizlik vazirligi esa mobil telefonlardagi matnlarni nazorat qiluvchi dasturni ishlab chiqmoqda. Eronda internet provayderlar rasman taqdim qilingan filtьr o‘rnatilgan serverdan foydalanishlari kerak. Ushbu holatlar o‘ziga xos dilemmani keltirib chiqarmoqda. Xususan, internet saytlarining ta’qiqlab qo‘yilishi, doimiy tekshiruv va nazoratga olinishi mahalliy aholi noroziligiga sabab bo‘lmoqda, jahon hamjamiyati tomonidanssenzura, inson huquqlarining buzilishi sifatida talqin qilinmoqda. Bu dilemma hozirda o‘z echimini topgani yo‘q.
SHu tariqa, axborot-psixologik kurashi o‘zida davlatlar va ularning kurolli kuchlari o‘rtasidagi o‘zaro ustunlikni beruvchi siyosiy, harbiy, iqtisodiy, texnik, aholi imkoniyatlari, ma’naviy-milliy qadriyatlar sohasidagi va boshqa axborotlarni o‘zlashtirishga, uni qayta ishlashga va kerakli natijani beradigan holatga keltirish yo‘lidagi jarayonni aks ettiradi.
Ma’lumki, har bir axborot tizimi (jumladan, inson ham) quyidagi uch vazifani o‘zida mujassam etadi:

  • atrofdagi faoliyatni aks etuvchi informatsion resursni shakllantirish (dunyo axborot modelini shakllantirish);

  • informatsion resurslarni tashqi va ichki ziyon etkazuvchi taxdidlardan muhofaza qilish (informatsion modelning barqarorligi va ishonchliligini ta’minlash);

  • tashqi muhit bilan xavfsiz va samarali axborot almashuvini tashkil etish (jahon taraqqiyotiga mos axborot modelini rivojlantirish)1. OAVlar paradigmasi (1974 yilda Xaybert, Ungrayt va Bonlar

OAVning omillari va uzaro boglikligini kursatish maqsadida uning paradigmasini ishlab chiqishdi). Bu paradigma 3 ta qismga bulinadi: 1) tashkil kilish uchun zarur bulgan ijtimoiy omillar yoki tabiiy kuchlar; 2) OAV institutlari (bosma yoki elektron); 3) jamiyat uchun aniq vazifalarni bajaradi (yangilik va axborotlar, talqin va tahlil, o‘qitish va ijtimoiylashuv va h.zolar)2.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, axborot sohasida amalga oshirilgan muhim ishlardan biri - Konstitutsiya darajasidassenzuraning ta’qiqlanishi bo‘ldi . Mamlakat rahbariyati sobiq Ittifoq davrining "'axborot yakka hukmronligi" g‘oyasidan tezroq voz kechish maqsadida mustaqillik mafkurasiga mos axborot sohasini qayta tashkil etishni dolzarb vazifalardan biri sifatida ko‘rdi.
«Er yuzida bir necha lahzada bog‘lanish mumkin bo‘lmagan nuqta qolmadi. Ayni vaktda, odamlar o‘zini qiziqtirgan axborotni darhol olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan joy xam yuk. Dunyo chindan ham yagona axborot makoniga aylandi. Bu misli ko‘urilmagan siyosiy, iqtisodiy va madaniy oqibatlarga olib kelmokda. Dunyo miqyosidagi yagona axborot maydoni ta’sirida yangi mentalitet, yangi til, yangi madaniyat vujudga kelmoqda» .
Axborot sohasidagi tashkiliy va texnik hamda institutsional o‘zgarishlar huquqiy sohaning ham takomillashuviga sabab bo‘ldi. Axborot bilan bog‘liq yangi tushunchalar (axborotlashtirish qoidalarini buzish, kompьyuter axboroti, ma’lumotlar bazasi, axborot sohasidagi davlat siyosati, shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligi, kompьyuter axborotidan qonunga xilof ravishda foydalanish, kiberjinoyat, axborotning modifikatsiyalashtirilishi, kompьyuter sabotaji va h.zo) ning vujudga kelishi va tizimga oid jarayonlar jinoyat-huquqiy tartibni taqozo etdi.
Xususan, axborot va uning xavfsizligini ta’minlashga doir me’yoriy-huquqiy baza shakllantirildi, qator qonun va qonun hujjatlari qabul kilindi hamda tadbiq qilinmoqda.3
Prezidentining Farmoni 2005 yil 8 iyuldagi PQ-117 son qarori, "O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 sentyabrdagi PQ-191-sonli qarori, "O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoklarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 20 fevraldagi PQ-589 son qarori, "O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 3 apreldagi PQ-614 son qarori, "Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 52-son qarori, "O‘zbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan, internetda tarqatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 2 bmartdagi 137-son qarori, "Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 23 sentyabrdagi 328- son qarori, "Axborotlashtirish sohasida normativ-xuquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2005 yil 22 noyabrdagi 256-son qarori, "Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 20 fevraldagi 27-son qarori, "Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublkasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 sentyabrdagi 203 -son qarori, "Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida beg‘araz ko‘makni jalb etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 8 noyabrdagi 232-son qarori, "Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan monitoring olib borishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 28 iyundagi 132-son qarori, "Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustdagi 181-son karori, "Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2007 yil 17 dekabrdagi 259-son qarori,, "O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida nizom", "Tadbirkorlik sub’ektalrini davlat ro‘yxatiga olishning xabardor qilish tartibida ro‘yxatga oluvchi organlar va davlat soliq xizmati hamda davlat statistika organlari o‘rtasida o‘zaro axborot almashinuvi to‘g‘risida yo‘riqnoma", "Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari tomonidan oshkor etilishi shart bo‘lgan axborotlarni "Birja" gazetasida markazlashtirilgan tarzda nashr etish tartibi to‘g‘risida nizom", "Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini elektron shaklda takdim etishda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari uchun yo‘riqnoma", "Axborot resurslarining yarxiv nusxalarini yaratish va ularni davlat saqloviga topshirish bo‘yicha yo‘riqnoma", «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida» (1991 yil iyunda qabul qilingan, yangi tuzatishlarni hisobga olib 1997 yilda qonun yangi tahrirda tasdiqlangan, shundan so‘ng Ma’lumki, 2002 yilda Uzbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompьyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Qarori1 qabul qilindi. Mazkur qaror uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, jamoat tashkilotlari uchun dasturil-amal buldi. Qarorga muvofiq jamoat tashkilotlari faoliyatida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
Oxirgi to‘qqiz yilda ko‘rilayotgan sohadagi jamoat tashkilotlarining faoliyati quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etildi va yurgizilmoqda:
zamonaviy ma’lumotlar axborot bazalarini yaratish, axborot almashuvning elektron shakllariga izchillik bilan bosqichma-bosqich utish;
kompьyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, axoli turli katlamlarining zamonaviy kompьyuter va axborot tizimlaridan keng baxramand bulishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari soxasida, birinchi navbatda dasturiy vositalarni, ma’lumotlarning axborot bazalariniishlab chikish soxalarida ishlash uchun yukori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil kilish;
axborot-kommunikatsiya tarmoqlari va xizmatlari konvergensiyasini nazarda tutgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining texnikaviy infratuzilmasini, shu jumladan ko‘chma aloqa, 1R-texnologiyalari, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya va ma’lumot uzatish vositalarini jadal rivojlantirish;
milliy va xalqaro axborot tarmoqlariga g‘oyat tezkorlik bilan kirib borishni joriy etish.
Mamlakatimizda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalariga kursatilayotgan e’tibor samarasi ularok, sun’iy yuldosh aloka tarmogi orkali teleradiodasturlarni tarkatish yulga kuyildi. YUrtimizdagi OAVlari tomonidan tayyorlanayotgan kursatuv va eshittirishlar Internet global tarmogi orkali real vakt rejimida jaxonga uzatilmokda. Efir orkali uzatiladigan materiallarni tayyorlash, ularning uzluksizligini ta’minlash jarayoniga zamonaviy rakamli va mulьtimedia texnologiyalari joriy kilinmokda.YUrtimizda Internet tizimidan foydalanuvchilar safi jadal kengayib bormokda. Ayni paytda bu soxada kadrlar tayyorlash milliy tizimining takomillashtirilishi axborot soxasidagi faoliyatning sifati va saviyasini oshirishda muxim axamiyat kasb etmokda1.
. 2002 yilda, shuningdek, 2002-2010 yillarda Kompьyuterlashtirish va axborot-kbmmunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Dasturi kabul kilindi. Dastur nodavlat axborot resurslarini, shu jumladan biznes soxasida xam, shakllantirishni nazarda tutadi2.
Mamlakatimizda Kompьyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tuzildi. Kengashning asosiy vazifalari orasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturlarini bajarishda, milliy axborot infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirishda davlat boshkaruv organlari, xususiy sektor xamda jamoat tashkilotlarining kelishilgan siyosat yuritishlari va birgalikda ishtirok etishlarini ta’minlash belgilangan. Kengashning asosiy vazifalariga davlat boshkaruvi organlari, xususiy sektor xamda jamoat tashkilotlarining kompьyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturlarini bajarish, milliy axborot infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish borasida kelishilgan siyosat yuritishlarini va birgalikda ishtirok etishlarini muvofiklashtirish kiradi. Kengashning huquqlariga kompьyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturlarini, milliy axborot infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish uchun davlat boshqaruvi organlarini, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va jamoat tashkilotlarini jalb etish huquqi ham kiradi
Mamlakatimizda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi ham faoliyat yuritmoqda2
2005 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot-kommunikatsion texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi.
Hozirgi kunda mamlakatimizning turli mintakalarida O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi, Fukarolik jamiyatini o‘rganish instituti, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi kabi jamoat tashkilotlari tomonidan axborot-resurs markazlari tashkil kilingan va faoliyat ko‘rsatmoqda.
Jamoat birlashmasi faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiyalarini joriy etish birlashma byudjeti mablaglari, xomiylar mablaglari, shuningdek konun xujjatlarida takiklanmagan boshka manbalar xisobiga yaratiladi. Jamoat birlashmalari axborot tizimlarining yangi buginini yaratish jarayonida buyurtmachi, ishlab chikuvchi, etkazib beruvchi, bosh loyixalovchi tashkilotlar, turli kismlarni loyixalash, montaj kilish, sozlash tashkilotlari va boshka manfaatdor tomonlar katnashishi mumkin. Birlashmaning axborot tizimi buginini yaratish kuyidagi boskichlardan iborat buladi: talablarni shakllantirish, konsepsiyani, texnik topshirikni, eskiz va texnik loyixalarni ishlab chikish, ishchi xujjatlarni tuzish, ishga tushirish va kuzatib borish.
Jamoat birlashmasining axborot tizimlari texnik hujjatlari O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hududiy bo‘limi bilan birgalikda takomillashtirilishi maqsadga muvofiqdir. Jamoat birlashmasining axborot tizimlari loyig‘alari ekspertizasi: axborot tizimiga qaror bilan tavsiya etilayotgan vazifalarni bajarish imkoniyati; loyihaning amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofikligi; milliy axborot tizimi bilan o‘zaro hxamkorlikning ta’minlanishi; axborot xavfsizligining ta’minlanishi yuzasidan o‘tkaziladi. Jamoat birlashmaning axborot tizimlarini yaratish va moliyalashtirish fakat ekspertning ijobiy xulosasi olingandan keyin amalga oshirilishi kerak. Axborot tizimlarini yaratish ishlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamoat birlashmasi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi mumkin. Jamoat birlashmasining axborot tizimlarini foydalanishga topshirish va qabul qilib olish jarayoni maxsus komissiya tomonidan amalga oshirilishi zarur, bunday komissiya tarkibiga texnik xodimlar muayyan kasb buyicha tajribasi va axborot texnologiyalari soxasidagi kunikmalari xisobga olingan xolda kirytiladi.
Amerikalik olim R.Kadrlь globallashuv jarayonining asosiy ustuvorligi sifatida kommunikatsiyani ta’kidlaydi, shu bilan birga "kommunikatsion globallashuv demokratiyaga talabni kuchaytiradi" deb hisoblaydi1. Demokratiya sharoitida milliy axborot tizimi - axborot manbalari, texnologiyalari xamda vositalari bilan birga, mana shu jarayonlarni bevosita amalga oshiradigan inson omili - milliy intellektni xam kamrab oladi. SHuning uchun xam global axborot makonida milliy manfaatlar ximoyasini ta’minlovchi inson omili «milliy axborot tizimi» tushunchasi xususida kengrok so‘z yuritishni taqozo etadi .
Mamlakatimiz axborot makoni va axborot xavfsizligi siyosatini olib borishda shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasining (1997 yil) o‘rni muhim. Aynan, ushbu hujjatda O‘zbekiston milliy manfaatlari kesimida axborot xavfsizligi ta’minlanishi lozimligi to‘g‘risida ilk siyosiy poydevor qo‘yildi deyish mumkin.
Davlatimizda axborot sohasida olib borilayotgan siyosat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida e’lon qilingan so‘z erkinligi prinsiplari va fuqarolarning axborot olish huquqi izchil va to‘la amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan. Xalqaro Internet tarmog‘ida milliy axborot-qidiruv tizimi ishlab chiqildi va hozirda samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirda 2010 yil 31 dekabrь xolatiga kura, Uzbekiston milliy axborot-kidiruv tizimi ruyxatiga urta ta’limga 425, urta maxsus ta’limga 167, oliy ta’limga 207, fanga 142, madaniyatga 195, sportga 125, jamiyat kurilishiga 454, yukori texnologiyalarga 683, ommaviy axborot vositalariga 253 ta veb-sayt kiritilgan3.
Davlatning axborot xavfsizligi siyosatini amalga oshirish uchun kuyidagi axborot tizimlarini himoyalash tavsiya etiladi: 1) axborot tizimi ob’ektlari va sub’ektlarini himoyalash; 2) axborotni ishlash, qayta ishlash jarayoni va dasturini himoyalash; 3) aloqa tarmoqlarini himoyalash; 4) yaxlit yaratilgan himoya tizimini boshqarish.
Axborot sohasining tashkiliy jihatlarini yuritish maqsadida Matbuot va Axborot agentligi, Aloqa va axborotlashtirish agentligi shuningdek, har bir vazirlik va idoralarda, mahalliy hokimlik organlarida axborot (matbuot) xizmatlari, axborot-tahlil departamentlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu tuzilmalarning vazifasi nafaqat ichki rahbariyat va xodimlarni, balki OAVlarini o‘zlariga tegishli soha bo‘yicha axborot bilan ta’minlash hisoblanadi.
Bundan tashqari, axborot kommunikatsiyaon texnologiyalarni (AKT) qo‘llashda va Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini ta’minlash, tahdidlarni tezda aniqlash va bartaraf etish maqsadida Markaziy Osiyoda birinchi marta kompьyuter tahdidlariga qarshi harakat qilish Xizmati tuzildi.
Mamlakatimizda axborot va uning xavfsizligi, axborot xavfsizligini ta’minlashda davlat siyosati yo‘nalishlari ishlab chiqilgan bo‘lib xususan, «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasida «axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosati shu sohadagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo‘ladi hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat xokimiyati va boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hamda faoliyat yo‘nalishlarini, shuningdek, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat-notijorat tashkilotlarining, fuqarolarning o‘rni va ahamiyatini belgilaydi»3 deyiladi.
SHuningdek, mazkur qonunning 13-moddasida "shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi uning axborotdan erkin foydalanishi zarur sharoitlari va kafolatlarini yaratish, shaxsiy hayotiga taaluqli sirlarini saqlash, axborot vositasida qonunga xilof ravishda ruhiy ta’sir ko‘rsatilishidan himoya qilish yo‘li bilan ta’minlanadi. Jismoniy shaxslarga taaluqli shaxsiy ma’lumotlar maxfiy axborot toifasiga kiradi. Jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy hayotiga taaluqli axborotni, xuddi shuningdek shaxsiy hayotiga taaluqli sirini, yozishmalar, telefondagi :uzlashuvlar, pochta, telegraf va boshqa muloqot sirlarini buzuvchi axborotni to‘plashga, saqlashga, qayta ishlashga, tarqatishga va undan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno. Jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi axborotdan ularga moddiy zarar va ma’naviy ziyon etkazish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ro‘yobga chiqarilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida foydalanish taqiqlanadi. Fuqarolar to‘g‘risida axborot oluvchi, bunday axborotga egalik qiluvchi hamda undan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bu axborotdan foydalanish tartibini buzganlik uchun qonunda nazarda tutilgan tarzda javobgar bo‘ladilar. Ommaviy axborot vositalari axborot manbaini yoki taxallusini qo‘ygan muallifni ularning roziligisiz oshkor etishga haqli emas. Axborot manbai yoki muallif nomi faqat sud qarori bilan oshkor etilishi mumkin"ligi, 14-moddada jamiyatning axborot borasidagi xavfsizligiga quyidagi yo‘llar bilan erishiladi: demokratik fuqarolik jamiyati asoslari rivojlantirilishini, ommaviy axborot erkinligini ta’minlash, qonunga xilof ravishda ijtimoiy ongga axborot vositasida ruhiy ta’sir ko‘rsatishga, uni chalg‘itishga yo‘l qo‘ymaslik; jamiyatning ma’naviy, madaniy va tarixiy boyliklarini mamlakatning ilmiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatini asrash hamda rivojlantirish; milliy o‘zlikni anglashni izdan chiqarishga, jamiyatni tarixiy va milliy an’analar hamda urf-odatlardan uzoqlashtirishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni buzishga qaratilgan axborot ekspansiyasiga qarshi harakat tizimini barpo etish", 15-moddada davlatning axborot sohasidagi xavfsizligi quyidagi yo‘llar bilan ta’minlanadi: axborot sohasidagi xavfsizlikka tahdidlarga qarshi harakatlar yuzasidan iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy va boshqa tusdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish; davlat sirlarini saqlash va davlat axborot resurslarini ulardan ruxsatsiz tarzda foydalanilishidan muhofaza qilish; O‘zbekiston Respublikasining jahon axborot makoniga va zamonaviy telekommunikatsiyalar tizimlariga integratsiyalashuvi; O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, hududiy yaxlitligini, suverenitetini buzishga, hokimiyatni bosib olishga yoki qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoxud tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga va davlat tuzumiga qarshi boshqacha tajovuz qilishga ochiqdan-ochiq da’vat etishni o‘z ichiga olgan axborot tarqatilishidan himoya qilish; urushni va zo‘ravonlikni, shafqatsizlikni targ‘ib qilishi, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovat uyg‘otishga qaratilgan terrorizm va diniy ekstremizm g‘oyalarini yoyishni o‘z ichiga olgan axborot tarqatilishiga qarshi harakatlar qilish"! belgilab qo‘yilgan.
Axborot sohasida jamoat tashkilotlari, nodavlat institutlar va tuzilmalar shakllanishi va rivojlanishi uchun zarur tashkiliy-huquqiy, texnikaviy shart-sharoitlar yaratilgan.
Mamlakatimizda ichki va tashqi siyosatni batafsil yoritib beruvchi yirik axborot agentliklaridan Uzbekiston Milliy Axborot agentligi (O‘zA) va Tashqi ishlar vazirligi qoshida "Jahon" axborot agentligi samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zA agentligi davlatimizning rasmiy agentligi bo‘lib, respublika OAVlariga ichki va tashqi ahvol to‘g‘risida axborot etkazuvchi asosiy manba hisoblanadi. SHuningdek, mazkur agentlik mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan voqealar to‘g‘risida birichi bo‘lib, rasman xabar berish va sharhlash, xalqaro voqealarga doir davlat rahbarlarining fikrini bayon qilish, chet el matbuot va axborot agentliklari xabarlarida O‘zbekistonga nisbatan noto‘g‘ri, tuhmat tarzidagi xabarlarni rad etish vazifalarini ham bajaradi.
Bundan tashqari, respublikamizda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi, Elektron ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-kuvvatlash va rivojlantirish ijtimoiy jamg‘armasi ish olib bormoqda, 2006 yilda mustaqil ommaviy axborot bosma vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish ijtimoiy jamg‘armasi tashkil etildi.
Axborot sohasida yuz bergan teran o‘zgarishlar milliy ommaviy axborot bosma vositalarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Xususan, "keyingi yillarda sun’iy yo‘ldosh aloqa tarmog‘i orqali teleradiodasturlarni tarqatish yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda mamlakatimiz telekommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 ta mamlakatiga 28 ta yo‘nalish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqadigan xalqaro kanallarga ega. YUrtimizdagi teleradiokanallar tomonidan tayyorlanayotgan ko‘rsatuv va eshittirishlar Internet global tarmog‘i orqali real vaqt rejimida jahonga uzatilmoqda. Dunyodagi etakchi mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash milliy tizimining takomillashtirilishi axborot sohasidagi faoliyatning sifti va saviyasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimida ko‘p jihatdan hal qiluvchi ahamiyatga * ega bo‘ldi. Bunday keng miqyosdagi ishlar natijasida faqat keyingi 10 yilning o‘zida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni esa 7 barobarga ko‘payib, bugungi kunda ularning umumiy soni qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda yashaydigan millat va elatlarning 7 ta tilida faoliyat olib boradi, shuningdek, bosma materiallar va teleko‘rsatuvlar ingliz tilida ham tarqatilmoqsa. Internet tizimidan foydalanuvchilar safi jadal sur’atlar bilan kengayib bormoqda. "Bugungi kunda ularning soni 6 milliondan ortib ketgani ham tasdiqlab turibdi"1. Bu va boshqa chora-tadbirlar axborot sohasini rivojlantirish borasidagi milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarish, moddiy baza va demokratizmni ta’minlash imkonini beradi.
Biroq, hozirda O‘zbekiston axborot sohasida bir qator muammolar kuzatilmoqda. Mazkur konsepsiyada bu xakda shunday deyiladi: «... ya’ni, bu o‘rinda gap OAVlari va davlat xokimiyati organlari o‘rtasidagi munosabatlarning ustuvor jihatlarini to‘g‘ri belgilash, jumladan, OAVlari faoliyati ustidan nazorat qilishning iqtisodiy mexanizmlarini, axborot manbalarining yopiqligini, shuningdek, tahririyatlarga xokimiyat organlari va ma’muriy tuzilmalar tomonidan bo‘layotgan ma’lum darajadagi bosimlarni bartaraf qilish bilan bog‘liq muammoli masalalarni hal etish haqida bormoqda». Bu borada O‘zbekiston Prezidenti quyidagi qonunlarni qabul qilishni taklif etdi:
1) «Davlat xokimiyati va boshkaruvi organlari faoliyatining ochikligi •to‘g‘risida» (O‘zbekistonda mahalliy xokimlik organlarining rasmiy veb-saytlari va ularda joylashtirilgan axborotlar holati to‘g‘risidagi 2011 yil 1 aprelь holatiga bo‘lgan ma’lumot ilovada $-jadvalda keltiriladi);

  1. «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida»;

  2. «OAVlari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida»;

4) «OAVlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida».
SHuningdek, «OAVlari to‘g‘risida» va - «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida» qonun hujjatlariga xam tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etildi.
Jahonda axborot sohasining shiddat bilan rivojlanishi va yangi kommunikatsion texnologiyalar yaratilayotganligi yildan yilga siyosiy hamda xuquqiy bazaning ham takomillashuvini taqozo etmoqda. SHu sababli, ba’zi hollarda siyosiy jihatdan amalga oshirilgan ishlar va qabul qilingan konunlar O‘zbekiston Respublikasida axborot xavfsizligini ta’minlash uchun etarlicha huquqiy asos bo‘laolmayapti. Bu omil O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov tomonidan "Mamlakatimizda demokratik isloxotlarni yanada chukurlashtirish va fukarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi"da ham alohida ta’kidlandi. Zero, hozirgi kunda jamiyat hayotining barcha sohasiga axborotning ta’siri ortib bormoqda.
O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yunalishlarga bagishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining majlisidagi ma’ruzasida (2011 yil 21 yanvarь) axborot makonini yanada mukammallashtirish, zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jarayoni to‘g‘risida to‘xtalib, jumladan shunday deydi: «Faqat 2010 yilda maktablar, kasb-hunar kollejlari va litseylarda 2 ming 300 tadan ziyod kompьyuter texnikasi va mulьtimedia uskunasi o‘rnatildi».
«2011 yilda zamonaviy keng formatli va optik texnologiyalarni joriy etish asosida telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, 950 kilometrdan ortiq optik tolali aloqa tarmogini foydalanishga topshirish, viloyatlar markazlariga ma’lumotlar uzatishning transport tarmog‘ini kengaytirishni ta’minlash vazifasi qo‘yilmokda. Kuzda tutilgan ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobidan internetning xalqaro tarmoqlariga chiqish imkoniyatlari tezligini 4 barobar oshirish, turg‘un statsionar aloqa orqali internetdan foydalanuvchilar sonini 3 milliondan 3,5 million nafarga ko‘paytirish, keng formatli telekommunikatsiyalar tarmoklaridan foydalanuvchilar sonini esa ikki barobarga oshirib, 100 mingtaga etkazish lozim. Ukuv jarayoniga keng formatli kommunikatsiya tarmoklari va internet texnologiyalarini joriy kilish maqsadida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan xamkorlikda «Elektron ta’lim» milliy tarmog‘ini barpo etishni nihoyasiga etkazish hamda 2011 yilda mamlakatimizning barcha oliy o‘quv yurtlarini, keyinchalik esa akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini yagona kompьyuter axborot tarmog‘iga ulashni ta’minlash vazifasi yuklatiladi. 2015 yilgacha mamlakatimizning barcha xududlarida raqamli televideniega o‘tishni ta’minlash bo‘yicha kompleks dasturning amalga oshirilishi biz uchun alohida ahamiyatga egadir. Ushbu loyiha doirasida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga 2011 yilda Nukus, Urganch, Andijon va Qarshi shaharlari telemarkazlarida zamonaviy raqamli uzatish uskunalarini o‘rnatish, aholini raqamli formatdagi teledasturlar translyasiyasi bilan kamrab olishni 23 foizdan 37 yoizga oshirish, shuningdek, «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasida raqamli televidenie uchun maxsus moslamalar ishlab chikarish quvvatini 50 ming donaga etkazish vazifasi topshiriladi. 2011 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining mediamarkazini YAponiya va Germaniyaning etakchi kompaniyalarida ishlab chikarilgan eng zamonaviy mulьtimedia texnikasi bilan jihozlab, foydalanishga topshirishni ta’minlash zarur»1
SHuning uchun, axborot xavfsizligi sohasidagi milliy mafaatlar, ularga taxdidlar, axborot xavfsizligi ob’ekti, tahdid manbalarini har bir soha uchun alohida ajratib ko‘rsatish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. SHu bilan birga, milliy g‘oya va mafkura, mamlakatimiz tarixi va san’ati mavzulari buyicha veb-resurslarni yanada kengaytirish kerak. Bu orqali nafaqat Uzbekistonni dunyoga tanitish balki, turli yolgon, bo‘hton axborotlarga qarshi turish mumkin.
Ma’lumki, har qanday axborot muayyan ijtimoiy vazifani bajaradi ya’ni, aholini voqelik va yangiliklardan xabardor etish, uning ma’naviy-ma’rifiy quvvatini oshirish va h.zo. Biroq, keyingi yillarda "matbuot nashrlari, ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi o‘zaro raqobat, foyda ketidan quvish natijasida gazeta va jurnallar sahifalari, radioeshittirish va teleko‘rsatuvlar, axborot agentliklari beradigan xabarlarda xolis, ob’ektiv xabarlar bilan bir qatorda sensatsion (oldi-qochdi) materiallar, dezinformatsiya (ataylab teskari axborot berish hollari), pornografik (behayo mazmun va ko‘rinishdagi) dagi materiallarning ham keng o‘rin olishi, reklamaga haddan tashqari ko‘p joy berilishi ham matbuot mazkur ijtimoiy vazifaning buzilishiga olib kelmoqda". Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivoji natijasida esa yuqoridagi salbiy holatlar Uzbekiston Respublikasida ham kuzatilmoqda. Bu esa axborot ekspansiyaning mavjudligi va uning muqarrar hodisa ekanligidan hamda undan hech kim kafolatlanmaganligidan darak bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasining sobik tashqi ishlar vaziri Safoev S.ning ta’kidlashicha, axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va tezkorligi «siyosiy munosabatlarning an’anaviy ravishda hudud omili bilan bog‘langan konsepsiyasi o‘zgarishlarga olib kelmoqda» 2. Bu borada Safoev S. Pol Virtilio ta’birini keltiradi: «xudud endi geografiyada emas, elektronlardadir. Geosiyosatdan xronosiyosatga o‘tilmokda: hududning taqsimlanishi vaqtning taqsimlanishiga aylanmokda».
Ta’kidlash joizki, AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan o‘tgan asrning 50-60 yillarida «odamlarni qayta dasturlash», «ongni yuvish» borasida keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borilgan. Ijtimoiy ongga ta’sir etuvchi samarali usullarni o‘ylab topish va ular orqali odamlarni boshqarish loyihalariga katta mablag‘lar ajratilgan. SHunday loyihalar ustida tadqiqot olib borgan olimlardan I. Kameronning 1946 yili chop etilgan «Ijtimoiy psixiatriyaning chegaralari» nomli asarida «Ijtimoiy psixiatriya fuqarolar ustidan nazorat o‘rnatishga xizmat qiladigan, ularda ijtimoiy fikr va e’tiqod hamda hayot tarzini shakllantiruvchi usullarni ishlab chiqishga yordamlashadigan soha»1 deb aytib o‘tgan edi. Bundan ko‘rinib turibtiki, psixologiya va kommunikatsiya sohasidagi yutuqlar axborot-psixologik urush olib borishga keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Bunday imkoniyatlar sirasiga quyidagilarni keltirish mumkin:

  • minimal xarajatlar evaziga maksimal samaraga erishish;

  • yuqori darajadagi maxfiylik;

- nihoyatda keng ko‘lamli oqibatlar (taraqqiyot sur’atlarining pasayishi, davlatlarning parchalanishi, mamlakatlar, millatlar, elatlar va konfessiyalararo mojarolarning yuzaga kelishi va b.);
-axborot ekspansiyasidan huquqiy himoyalanishning xalqaro va milliy mexanizmlari deyarli mavjud emasligi1.
Zero, «axborot kurashi, eng avvalo, fikr, tafakkur, aql kurashidir. Bu kurashda raqib zarbasi uchun qulay bo‘lgan himoyasiz joyni qoldirish mumkin emas. SHunday holat yuz bergudek bo‘lsa, orzu-intilishlarimizga mutalaqo zid qarashlar, begona g‘oyalar hayotimizga sezdirmay kirib kelishi shubhasiz. Qudratli davlatlarning geostrategik manfaatlari to‘qnashuvidan yuzaga kelayotgan siyosiy vaziyat bugungi kunda faqat ayrim mamlakatlarning emas, balki butun dunyo taraqqiyotining etakchi tendensiyalariga oshkora ta’sir o‘tkazmoqda. Axborot kurashi hozirgi zamonda insonlarning qalbi va ongini egallash, ularni muayyan maqsad yo‘lida xizmat qildirish uchun uzluksiz davom etayotgan eng katta xavfga qarshi turish insoniyat uchun jiddiy hatarga aylandi».
Ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, axborot xurujlarini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari ichida o‘zining samaralilik darajasi va tarqalish ko‘lamiga ko‘ra internet etakchilik qiladi.
Xususan, tendensioz xarakterdagi materiallarning 71% i internet, 22% i dunyo miqyosida axborot tarqatuvchi radiostansiyalar, 5% i matbuot, 2% i televidenie orqali tarqatiladi2.
Umuman olganda, Uzbekiston OAVlarining bugungi kundagi holati son va sifat jihatdan auditoriya qamrovini etardi egallay olmagan hamda O‘zbekistonning axborot sohasidagi milliy manfaatlarini himoya qilish darajasida emas. Bu esa quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelmoqda:
- xorij OAVlarida tarqatilayotgan noxolis ma’lumotlar ijtimoiy fikrga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda hamda aholi orasida hukumat va olib borilayotgan islohotlarga ishonchsizlik kayfiyati paydo bo‘lmoqda;
- aholining siyosiy ongini o‘stirishga qaratilgan axborot-tahliliy ko‘rsatuvlarning kamligi natijasida aholining siyosiy faolligi darajasining pastligi saqlanibgina qolmay, balki axborot xuruji rivojlangan davrda ularning mustaqil qarashlarini shakllanmasligiga olib kelmoqsa.
Buning natijasida mamlakatimizga xorij OAVlari tomonidan axborot xurujlari amalga oshirilmoqda va muntazam ko‘rinishga ega bo‘lmoqda. Eng muhimi bunday xurujlarni amalga oshirayotgan OAVlar nomi aniq.
Armanistonlik mutaxassis L. Melik-SHaxnazaryan G‘arbning bunday xurujini quyidagicha sharhlaydi: «zamonaviy g‘arb mafkurasining yana bir jihati, ya’ni milliy o‘ziga xoslikni, milliy mafkura va mentalitetni yo‘q qilishga intilishi, yaxudiylardan boshqa, dunyoning deyarli barcha xalqlariga qarshi qaratilgan. Buning asosida tele va radiokommunikatsiyalar orqali yuzlab mamlakatlar mafkurasiga to‘g‘ri kelmaydigan diniy, ma’naviy va boshqa g‘oyalarni zo‘ravonlik bilan singdirish, yot bo‘lgan hayot tarzini targ‘ib qilish yotibdi. Mafkuraviy qurollarning eng xavflisi, bizningcha, «butunjahon o‘rgamchak to‘ri» deb nom olgan Internet tarmog‘idir. CHunki uning texnik imkoniyatlari foydalanuvchiga nafaqat madaniy va mafkuraviy jihatdan, balki nevrobiologik jihatdan ham ta’sir ko‘rsatadi»1.
SHuni ta’kidlash lozimki, kuzatuvlarga ko‘ra, mamlakatimizga noqonuniy yo‘llar bilan pornografik, erotik, shafqatsizlik, zo‘ravonlik, ahloqsizlikni targ‘ib etishga qaratilgan badiiy va' go‘yoki ilmiy adabiyotlar, shuningdek, besoqolbozlik sahnalariga ega bo‘lgan, diniy adovatni qo‘zg‘atishga qaratilgan videomahsulotlar, erotik, pornografik mazmundagi suratlar aks ettirilgan gazeta-jurnallar kirib kelmoqda .
Eng achinarlisi, mamlakat ichida chop etilayotgan ba’zi gazetalarda ham dete.ktiv janriga asoslangan shafqatsizlikni, firibgarlikni, tezda boyib ketish yo‘llarini ko‘rsatuvchi qissa va hikoyalarni berib borish muntazam tusga kirmoqda (masalan, "Darakchi", "Hordiq" va h.zo). Ayniqsa, mashhurlar (asosan, Gollivud kino aktyor va aktrisalarining)hayotlari, turmush tarzlari mamlakatimiz yoshlari uchun "namuna" sifatida ko‘rsatilmoqda. Buning natijasida yoshlar mashhurlikka erishish uchun birinchi navbatda, yillar davomida shakllanib kelgan milliy an’analar, urf-odatlarni qurbon qilishmoqda va G‘arb turmush tarzini afzal ko‘rishmoqda.
SHuni afsus bilan ta’kidlash kerakki, yalpi aholi ma’naviy kamolotida ilmiy-ma’rifiy OAVlarga qaraganda , "sariq matbuot" yuqori o‘rin egallamokda. Bunga bizningcha, "sariq matbuot"ning mobilligi va rasmiy manbalarga nisbatan "axborot ehtiyoji"ni ko‘proq qondirayotganligi sabab bo‘lmokda.
Bunday holatlar albatta, mamlakatimizda ma’naviyat va ma’rifat sohasida sezilarli nuqsonlar borligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston axborot xavfsizligiga tahdidni xorijiy telekanallar birinchi navbatda, Rossiya va Qozog‘iston davlatlari ko‘rsatuvlari orqali ham kuzatish mumkin.
Xususan, «O‘zbekistonning axborot xavfsizligiga xorijiy telekanallar ko‘rsatuvlarining taxdidi va uni bartaraf etish muammolarini o‘rganish maqsadida Andijon Davlat universiteti talabalari, «Andijon telekom» filialining Andijon shaxar telekommunikatsiyalar bog‘lamasi korxonasi ishchi-xizmatchilari, 3-kichik dag‘a o‘rami ao‘olisi; Samarqand Davlat universiteti talabalari, «Uztemiryo‘lmashta’mir» davlatunitar korxonasining Samarkand filiali ishchi-xizmatchilari, «Markaz-1» maxallasi axolisi; Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent Davlat SHarkshunoslik instituti talabalari, «Xadra» maxallasi aholisi - jami 700 nafar respondent o‘rtasida ijtimoiy so‘rov utkazilib, ishtirokchilarga «Teleko‘rsatuvlar xaqida fikringiz?» degan savol berildi. Javoblar o‘rganilganda, «YAngiliklarni bilish manbai» degan respondentlar 43, «Dam olish vositasi» deganlar 28, «Zeriktirmaydigan mashg‘ulot» degaklar 10, va nixoyat, «Ma’naviy ozik manbai» deb xisoblovchilar 18 foizni tashkil etdi1 (ilova 6-jadval).
Axborot xavfsizligi sohasida milliy manfaatlarni himoya qilishning konseptual asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasini ko‘rsatish mumkin. Unga asosan, milliy xavfsizlik tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: tashqi siyosiy xavfsizlik; harbiy xavfsizlik; davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi xavfsizlik; iqtisodiy xavfsizlik; jamoat xavfsizligi; gumanitar xavfsizlik; ilmiy, texnika va texnologiya sohasidagi xavfsizlik, axborot xavfsizligi; ekologik xavfsizlik .
Albatta, bu o‘rinda axborot xavfsizligiga tahdidlarning va ushbu taxdidlarga qarshi kurashishning mamlakat milliy xavfsizligi tizimidagi boshqa sohalarga ham tegishliligini ta’kidlash joiz.
O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasiga muvofiq, quyidagilar milliy xavfsizlik ob’ektlari hisoblanadi: inson, uning huquq va erkinliklari; jamiyat uning ma’naviy va moddiy boyliklari; davlat uning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligi. Bu o‘rinda biz uchun axborot xavfsizligi jihati muhim o‘rin egallaydi.
O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish sohasida axborot xavfsizligi muammosini, bu borada me’yoriy-huquqiy bazani yaratish maqsadida "SMSSJ112. Ushbu departament tomonidan qator me’yoriy hujjatlar jumladan 10 dan oshiq davlat standartlari ishlab chiqilgan. Jumladan, pochta va telekommunikatsiya sohasida axborot xavfsizligini ta’minlash Konsepsiyasi, raqamli kommutatsion tizimlarda axborot xavfsizligini ta’minlash uslublari tadqiqi, mobilь aloqa tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash uslublaritadqiqi va h.zo. SHuningdek, axborot xavfsizligi va kriptologiya ilmiy-tadqiqot Departamenti tomonidan quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi: davlat hokimiyati organlari va mamlakat iqtisodiyoti sektorlari uchun standartlar, tavsiyalar va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, axborotning kriptografik himoyasi va axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida maqsadli ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish, kriptografik tahlil o‘tkazish, axborot tizimlari, tarmoqlari va vositalarida axborot xavfsizligi darajasini baholashni o‘tkazish va b.
Bundan ko‘rinadiki, ushbu markaz faoliyati asosan axborot himoyasining texnik jihatlari bilan bog‘liq.
Bizningcha, O‘zbekiston axborot xavfsizligi mustaqil tizim sifatida hozirda shakllanib ulgurmagan. Bu nimalarda ko‘rinadi?

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling