birinchidan, harbiy qurolli to‘qnashuvga qaraganda kam xarajatli va undan kam bo‘lmagan natijani beradi;
ikkinchidan, dushman tomonga sezdirmagan holda o‘z niyatini amalga oshirish imkonnni beradi;
uchinchidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi qurol ishlab chiqarishga nisbatan tez va arzonroq kechmoqda;
to‘rtinchidan, "qattiq kuch" (J.Nay ta’biricha "Nags! rom?eg"- harbiy yoki moliyaviy-iqtisodiy kuch) o‘zining har doim ham samarali emasligi va muqobil kuch zarurligini taqozo etmoqda.
Axborot urushi tushunchasi ostida tomonlarning axborotga o‘z vaqtida, aniq va to‘liq ega bo‘lish, uni qisqa muddatda qayta ishlab, sifatli tarzda ijrochilarga etkazish tushuniladi. Bu urush quyidagi faoliyatni o‘z ichiga oladi: kerakli axborotni topish, qo‘lga kiritilgan axborotni qayta ishlash, axborot kanallarini dushman hujumidan himoya qilish, iste’molchi va ijrochilarga o‘z vaqtida va sifatli etkazish, raqibni yolg‘on axborot bilan chalg‘itish, dushman axborotini qayta ishlash va tarqatish, dushman axborotni yo‘q qilish, buzish, o‘g‘irlash, dushmanga qaraganda samaraliroq axborot bilan ishlash vositalariga ega bo‘lish.
Axborot urushlarida dushman tomonni chalg‘itish maqsadida quyidagi usullar qo‘llaniladi:
dezinformatsiya - oldindan qo‘shin joylashuvi, miqdori, tarkibi, jangovar tayyorgarligi, qaror qabul qilish jarayoni va tezkorligi, reja va vazifalar, harbiy texnika va harbiy ob’ektlarning soni hamda joylashuvi to‘g‘risida yolg‘on axborotlar tarqatish;
imitatsiya - yolg‘on axborot tarqatishga moslashgan radioelektron va radiotexnik qurilmalarni tashkil qilish, , buning uchun maxsus imitatorlarni tayyorlash (ularning vazifasi soxta strategik ob’ektlar haqida xabar tarqatish, harbiy texnikalarning soxta maketlarini yaratish va b. iborat bo‘ladi);
namoyishkorona harakatlar - maxsus qo‘shinning tayyorgarligi va faolligini namoyish etish orqali dushman tomonni chalg‘itish va haqiqiy holatni yashirish;
harakatlar maxfiyligini ta’minlash - razvedka va maxsus xizmatlar orqali dushmanning maxfiy ma’lumotlarini o‘zlashtirish, ushbu ma’lumotlar tahlili asosida muhim axborotga ega.bo‘lishdan iborat amalga oshiriladigan chora-tadbirlar.
Axborot urushlari bir necha yo‘nalishlarda olib borilishi mumkin: -texnik. Radioelektron, televidenie, internet vositalari orqali maxfiy xisoblangan manbalarga kirishga yoki buzishga urinish, radioto‘lqinlarga ga’sir o‘tkazish, uni ishdan chiqarishga urinish, kompьyuter viruslarini tarqatish, shuningdek, zamonaviy aloqa vositalari va axborot kommunikatsiya gexnologiyalarini joriy etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |