Ахборот муаммоси ҳозирги компьютер инқилоби шароитида, яъни ахборотни сақлаш ва узатиш вазифалари деярли машиналар зиммасига юкланган замонда унинг хавфсизлигини таъминлашга ҳамда мустаҳкамлашга эришиш долзарб вазифа ҳисобланади


shaxs (voqea, hodisaning bevosita ishtirokchisi yoki guvohi sifatida, shuningdek, nutq so‘zlashi, ma’ruza o‘qishi); bosma nashrlar


Download 0.81 Mb.
bet4/22
Sana05.05.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1430529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Ma\'ruza matni-1

shaxs (voqea, hodisaning bevosita ishtirokchisi yoki guvohi sifatida, shuningdek, nutq so‘zlashi, ma’ruza o‘qishi);

  • bosma nashrlar (gazeta, jurnal, kitob, xatlar, turli varaqalar);

  • elektron manbalar (elektron xatlar, yozishmalar, maqolalar, xabarlar, yangiliklar);

    - aloqa vositalarida kishilarning o‘zaro muloqotlari (telefon orqali uzatiladigan SMSlar, o‘zaro so‘zlashuvlar, audio-, videotasvirlar va h.zo) ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
    SHaxs - axborotning birinchi manbai hisoblanadi. Bu o‘rinda, shaxsning voqea-hodisalarda bevosita ishtirokchi, guvoh sifatida bo‘lgan voqealarni so‘zlab berishi nazarda tutilmoqda, bunda sharhlovchi, jurnalist yoki tinglovchilarning fikr-mulohazalari ikkinchi darajaga tushadi. SHu bilan birga, shaxsning davlat rahbari yoki yuqori lavozimdagi faoliyati uning birinchi (ya’ni, asl) axborot tarqatuvchi ekanligini bildiradi. Masalan, AQSH Prezidenti B.Obamaning 2012 yilda Afg‘onistondan NATO kuchlari olib chiqib ketiladi deyishi yoki Bosh vazir, Tashqi ishlar vazirining u yoki bu masala bo‘yicha fikr bildirishi birinchi manba hisoblanadi. Axborot erkinligi demokratiyaning muhim tarkibiy qismlaridan ekanligi mazkur o‘rinda bilinadi. Xususan, demokratik davlatlarda avtoritar yoki diktatura tartibotga nisbatan shaxs - axborot manbasi sifatida ko‘proq rolь o‘ynaydi.
    SHu bilan birga, davlat rahbarlari chiqishlari, ma’ruzalari o‘ziga xos axborot manbai, bo‘lishi bilan birga, xalqaro munosabatlarni, qisqa muddatda jamoatchilik fikrini o‘zgartirib yuborish kuchiga ega.
    Xususan, «o‘z vaqtida amerikaliklar N.Xrushev boshchiligidagi sovet tashviqotini eng samarali va xavfli deb hisoblashgan. CHunki, N.Xrushevning tinchlik to‘g‘risidagi nutqlari juda muvaffaqiyatli chiqqan. Xususan, Xrushevning Hindistonga tashrifidan keyin 54% amerikalik respondentlar dunyoda tinchlik o‘rnatish uchun ko‘proq SSSR harakat qilmoqda deb hisoblashgan. Faqatgina respondentlarning 18%igina bunda AQSH xizmatlarini tan olishgan»1.
    SHu bilan birga, M.Gorbachevni ham amerikaliklar piar buyicha muvaffaqiyatli mutaxassis deb hisoblashadi. «Oshkoralik» va «qayta qurish» atamalarini qo‘llash orqali Gorbachev «temir parda» ortidagi mamlakatni dunyoga butunlay boshqacha tasvirladi2.
    Siyosiy doirada ko‘pincha davlat rahbarining ko‘rsatmasi yoki omma oldida chiqishi eng ishonchli manba sifatida qabul qilinadi. Biroq, amaliyot ba’zan buni inkor etadi. Masalan, A.Gitler ko‘rsatmasi asosida sobiq SSSR bilan 10 yilgacha urush qilmaslik to‘g‘risida imzolangan hujjat oxir-oqibat o‘ziga xos taktika bo‘lib chiqdi.

    Download 0.81 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling