Ахборот муаммоси ҳозирги компьютер инқилоби шароитида, яъни ахборотни сақлаш ва узатиш вазифалари деярли машиналар зиммасига юкланган замонда унинг хавфсизлигини таъминлашга ҳамда мустаҳкамлашга эришиш долзарб вазифа ҳисобланади


Download 0.81 Mb.
bet7/22
Sana05.05.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1430529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
Ma\'ruza matni-1

Birinchi yo‘nalish - axborot nazariyasi modelining asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi matematik boshqaruvning rivojlanishi, ishlab chiqish, uzatish, saqlash, kodlash va axborotni qayta ishlash jarayonining modellashtirilishi.
Ikkinchi yo‘nalish sifatida muallif axborot uslublarining boshqa fan sohalarida - pedagogika, sotsiologiya, politologiya amaliyotida samarali qo‘llanayotgani bilan tavsiflaydi1.
Axborot tushunchasini semantik bilimlar asosida modellashtirish kator mantiqiy-semantik nazariyalar ishlab chiqilishiga sabab bo‘ldi (R.Karnap, I.Bar-Xillel, J.G.Kemeni, E.K. Voyshvillo va b.). Ularda axborotga noaniqlikning yo‘qolishi yoki kamayishi deb ta’rif beriladi.
Axborotning pragmatik konsepsiyasida axborotning qadrlilik, foydalilik, samaralilik kabi omillarga urg‘u beriladi.
G‘arb mutafakkirlaridan E.Toffler axborotni XXI asrda siyosatning eng muhim resursi sifatida ajratadi2. E.Toffler fikricha, hokimiyatning maxsus belgilari orasida mafkura alohida ajratiladi va u siyosiy hukmronlikning barcha informatsion-ma’naviy tarkiblarini o‘zida biriktiradi. SHuningdek, hokimiyatning universal va ixtisoslashgan xususiyatlari siyosatning sub’ekti sifatida jurnalistika bilan uzviy bog‘liqdir, zero ushbu soha muayyan hokimiyatni legitimligini ta’minlovchi omillardan asosiysidir3.
Kibernetika otasi hisoblanadigan Nobert Viner esa axborotni moddiylik (materiya) va energiya bilan bir o‘ringa qo‘yadi.
Rossiyalik olim A.Mishenin esa, «axborot - iste’molchi tomonidan foydali deb baholangan, qabul qilingan va tushunarli bo‘lgan yangi ma’lumotlardir» deya ta’riflab, axborotning foydalilik darajasiga urg‘u beradi.4
R.Ronin esa axborot faqatgina undan foydalanish mumkin bo‘lgan holdagina qadrlidir deb yozadi5. Foydalilik darajasi axborotning to‘liqligiga, aniqligiga va o‘z vaqtidaligiga bog‘liq. Mutaxassis fikricha, faktlar (ma’lumotlar), fikrlar (shaxsiy nuqtai nazarlar) va axborot (tahlilga asoslangan ma’lumotlar) ni farqlay olish zarur. Axborot vaziyatni bilish, hatti-harakatni aniq rejalashtirish, yuz bergan voqealar natijasini kuzatish, tahlil qilish, kutilmagan holatlardan saqlanish va boshqa kishilarni yoki guruhlarni manipulyasiya qilish imkonini beradi6.
Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida axborotga - tasavvurning shakliga qaramasdan shaxslar, voqealar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar deya ta’rif beriladi.
Hozirda axborot kibernetikaning asosiy tushunchasiga aylandi va muhim strategik ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Bu holat ayniqsa, xalqaro munosabatlar, xavfsizlik sohalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Zero, zamonaviy xalqaro munosabatlar nazariyasini tushuntirishda yangi axborot texnologiyalarining roli juda muhim.
Axborotga berilgan yuqoridagi ta’riflarning ko‘pligi va ularning asosan semantik nazariyaga asoslanishi, shu bilan birga, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari (ZAKT)ning yaratilishi va rivojlanishi tufayli yangi ta’riflarning paydo bo‘layotgani, bu borada yagona to‘xtamning yo‘qligidan dalolat beradi.
Bu borada tadqiqotchi SH.Fozilov shunday deydi: "Axborot - bu ma’lumot, xabar yoki bilimdir. Biz ularni gazeta, radio, televidenie orkali xamda odamlar bilan muomala jarayonida olamiz. Axborot miqdori entropiya orqali o‘lchanadi. Hozirgi kunda inson faoliyatida axborot modda va energiyaga nisbatan kam rolь o‘ynaydi. Axborot informatikaning boshlang‘ich, ta’riflanmaydigan tushunchasidir. Bu so‘z odatda ma’lumotlar mazmuni va ahamiyati bilan birlashtirib yuboriladi. Planimetriyada to‘g‘ri chiziq va nuqta ta’rifining yo‘qligi geometrik figuralar chizishga, geometriyani isbotlashga hamda turli masalalarni echish uchun xalaqit kilmagani kabi ta’riflanmaydigan axborot tushunchasi xam axborot xajmini o‘lchash va unga ishlov berishga xalaqit qilmaydi"1.
Ayni paytda, axborotni yangiliklar, faktlar (ma’lumotlar), fikrlar (shaxsiy mulohazalar)dan farqlay olish zarur. YAngiliklarga G‘arb jurnalistlari tomonidan berilgan o‘ziga xos ta’rif mavjud, ya’ni «When a dog bites a man, that is not news. But when a man bites a dog, that is news» (tarjimasi «agar it odamni tishlasa, bu yangilik emas. Birok, odam itni tishlasa, bu yangilikdir»)!. YAngiliklar atamasining kirib kelishini muallif jahonda ro‘y berayotgan voqea-xodisalarning ko‘pligi bilan izohlaydi. Jumladan, «bugungi ommaviy axborot vositalari bu voqea-xodisalarning eng ahamiyatli, eng qiziqarlilarinigina tanlab chop etish, efirga berish, internet tarmog‘i orqali tarqatishga o‘tdi, ya’ni xabarlar «muhim» yoki «muhim emas» ga ajraldi2.
H.Saidov risolasida yangilik tushunchasi xam axborot deb ta’riflanadi: "YAngilikka ta’rif topish asnosida uning axborot, xabar, xronika kabi shakllardan farqi xam izlandi, bu haqda matbuotda yozildi ham. Biroq amerikalik xamkasblarimiz bilan bo‘lgan tajriba almashishlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, yuqorida nomlari keltirilgan xabar shakllarinnng barchasi axborot janriga kiradi va ular yangiliklarning muayyan ma’nodagi sinonimi hisoblanadi. YAngiliklar tushunchasiga xulosa yasab aytishimiz mumkinki, xalkaro mezonlarga ko‘ra yangilik - bu yaqin fursatda bo‘lib o‘tgan, jamiyatning asosiy qismi uchun muhim va qiziqarli hisoblangan voqea -hodisa yoki fikr haqidagi axborotdir"3.
Axborot birinchi navbatda, tahlilga asoslanadi. SHuningdek, axborot vaziyatni aniqlash, unga baho berish, rejalashtirish, kutilmagan holatlarga tayyor turish va ularni bartaraf etish hamda kishilarni boshqarish imkonini beradi. SHundan kelib chiqqan holda, axborot yalpi (muayyan masala bo‘yicha umumiy tasavvur uyg‘otish uchun xizmat qiladigan), joriy yoki tezkor (voqealar rivojini kuzatib turuvchi), aniq (vaziyatdan kelib chiqib, tegishli savollarga javob berish va noaniqliklarga barham berish) kneman (u yoki bu taklifni, tavsiyani tasdiqlash) va baho berish (yakuniy ooskich bo‘lib, voqealar rivojini va natijalarini bashorat qilish) boskichlariga bo‘linadi.
Axborot nazariyasida foydalilik darajasi birinchi o‘rinda turadi. CHunki, agarda axborot qandaydir yangi bilimni bermasa, u ahamiyatsiz xnsoblanadi. Masalan, svetoforning uch xil rangda bo‘lishi yoki qish faslida sovuk bo‘lishi oddiy ma’lumotdir. Bu o‘rinda havoning ertaga necha gradus bo‘lishi ahamiyatlidir.
Demak, bizningcha, axborotni ma’lumot yoki xabardan farqli jnxatlari uning foydalilik darajasining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Xususan, axborot yadrosida ogohlantirish, zarurat, qandaydir harakat yoki harakatsizlikni amalga oshirishga undash yotadi. Jumladan, jahonning biron-bir hududida sodir bo‘lgan voqea boshqa bir hudud uchun oddiy ma’lumot yoki xabar tariqasida qabul qilinadi. Lekin ushbu voqea natijasini o‘rganish, oqibatlarini tahlil qilish bevosita axborotga aylanadi. CHunki, bu o‘rinda kishilar ogohlantiriladi. Axborot nazariyasidagi bunday paradoksal holat axborotning "mutloq nisbiylik" va "nisbatan mutloqlik" xarakteriga ega ekanligi sifatida qayd etiladi1. Bunday holat insonning individual tezaurusi (lot. thesaurus - aqliy salohiyati, tafakkuri) bilan o‘lchanadi, ya’ni svetofor to‘g‘risidagi ma’lumot 4-6 yoshdagi bolalar uchun foydali, lekin katta yoshdagilar uchun bu ma’lumotning qiymati past.
SHunisi ajablanarliki, muallif tomonidan tadkiqot jarayonida axborotga berilgan ta’riflar orasida uning xavfsizlik tizimi bilan o‘zaro bog‘liqligi, to‘ldiruvchanligi to‘g‘risida ma’lumot yo‘qligi aniqlandi. Vaholanki, axborot nafaqat "falsafiy kategoriya" (N.Viner), "siyosat, hokimiyatning eng muhim resursi" (E.Toffler) yoki "huquqiy kategoriya" (V.A.Kopыlov), balki bizningcha, yaxlit xavfsizlik tizimining eng muhim, markaziy tushunchasidir. Ayni paytda, axborot - xavfsizlik tizimining mustahkamlik darajasini ta’minlaydi.
Tashqi siyosiy sohada va "xavfsizlik tizimida" (qo‘shimcha - A.YU.ga tegishli) foydalaniladigan axborotlar joriy, o‘rta muddatli va uzoq muddatli turlarga bo‘linadi. Muhimlik darajasi va qo‘llanish sohasiga ko‘ra esa, axborot strategik va taktik ahamiyatga ega bo‘ladi.2
Mutaxassislar tomonidan hozircha axborot sohasida eng muhim hisoblanayotgan hujjat 2000 yil iyulь oyida YAponiyada jahondagi sanoati rivojlangan yirik sakkizta davlatning (G-8) navbatdagi 26-yillik uchrashuvida qabul qilindi. U global informatsion jamiyat to‘g‘risidagi Okinava Xartiyasi (Okinawa Charter on Global Information Society) deb nomlanib, unda davlatlarning shunday jamiyatga a’zo bo‘lishining asosiy tamoyillari belgilangan. Xususan, "katta sakkizlik" o‘z siyosatini amalga oshirishda axborot jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishning asosiy qoidalarini e’lon qildi3.
Mazkur hujjatning qabul qilinishi amalda bir tomondan, axborot va axborotlashtirishning rivojlanayotganligi va jamiyat hayotining tarkibiy qismiga aylanayotganligini e’tirof etish, er yuzida yagona axborot makonini yaratish istagi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bunday taraqqiyot natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan turli salbiy holatlarga darshi turish uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
SHu bilan birga, ushbu hujjat zamonaviy dunyoda amal qilayotgan ijtimoiy-siyosiy tizimni axborotlashtirish, axborotlashgan jamiyat qurish vazifasini yanada dolzarblashtirdi. SHu o‘rinda axborot olami, axborotlashtirish va axborotlashgan jamiyat tushunchalariga aniqlik kiritib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Muallif bu fikrlar orqali birinchi navbatda, axborot bilan ishlashda uning manbaini, iste’molchisi (auditoriya)ni aniqlab olish zarurligini ta’kidlaydi. Ayni paytda, axborotda-noaniqlik miqdorining kamayishi omili birinchi o‘ringa qo‘yiladi.
Axborotlashtirish - zamonaviy axborot-texnologik vositalar yordamida ilmiy, ijtimoiy tuzilmalarni rivojlantirish, takomillashtirish va keskin kuchaytirish jarayoni. Axborotlashtirish bu sifat jihatidan yangi jamiyat (axborotlashgan jamiyat) ni barpo etish maksadidagi intellektual gumanistik qayta kurishdir. Axborotlashtirishni aynan mana shunday tushungan holda demokratiyaning rivojlanishi va umuman siyosiy hayotga informatikaning ta’siri to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. Hozirgi kunda jamiyatni axborotlashtirish jarayoni ijtimoiy- hayotning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy va b. jihatlarini qamrab olmoqda. SHu ma’noda axborotlashtirish. ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda texnologik, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatlar uyg‘unlikda olib boriladi. Bu jarayonda nafaqat ishlab chiqarish va texnologiyalar sohasida, balki ijtimoiy, iqtisodiy hamda ma’naviy hayotda tub o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Axborotlashtirish jarayonining moddiy negizi ishlab chiqarish, boshqaruv, ilm-fan, ta’lim-tarbiya hamda ijtimoiy va maishiy sohalarni kompьyuterlashtirish va robotlashtirishdan iborat. Hozirgi paytda axborot maydoni, kommunikatsiya vositalari zamonaviy jamiyat hayotiga o‘zining jiddiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Axborot, kompьyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, axborot texnologiyasi, modellash, ma’lumotlar manbai, dasturlashtirish, shaxsiy kompьyuterlar, dastur bilan ta’minlash va boshqa ilmiy tushunchalar axborotlashtirish jarayonining muxim xususiyatlarini tashkil etadi. axborotlashtirish jarayoni kishilik jamiyati dinamikasining navbatdagi yo‘nalishi sifatida hayotning turli sohalarida yuksak taraqqiyotni taqozo etadi. Ilm-fan inqilobi va axborotlashtirish tufayli ta’lim samaradorligini yanada oshirish imkoniyati yaratilmoqda. Iqtisodiyot sohasida ishlab chiqarish bilan xizmat ko‘rsatish sohasida birinchisining hisobiga ikkinchisining kengayishi ro‘y bermoqda. Axborotlashtirish ijtimoiy-texnik jarayon sifatida jamiyatning siyosiy hayoti, eng avvalo, uni demokratlashtirish bilan chambarchas bog‘lq. Hozirgi sharoitda axborotlashtirish uning ko‘lami, sur’ati va yo‘nalishi jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarga, shu jumladan, fan, ta’lim, madaniyatning globallashuv darajasiga bog‘liqdir. Bu birinchidan, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni demokratlashtirish, uning axborot bazasini taqozo qilib,ssivilizatsiya manfaatlari asosida maqsadga muvofiq baholash mezonlarini ishlab chiqishni talab qiladi; ikkinchidan, jamiyatni demokratlashtirish xususiyatlari mintaqaviy va milliy xarakterga ega bo‘lishini hisobga olib, axborotlashtirishga xam differensial yondashmoq lozim; uchinchidan, «ochiq jamiyat» tushunchasining demokratik xarakteri axborotlashtirish jarayoniga nisbatan shartli xarakterga ega, chunki har qanday axborotni «ijobiy» deb baholash nisbiydir; to‘rtinchidan, jamiyatda «axborot erkinligi» tushunchasi «axborot mas’uliyati»ni istisno qilmaydi. SHunga ko‘ra, «axborot erkinligi»ni demokratiya belgisi, tamoyili, xususiyati deb baholash ham nisbiydir1.
Rus tadqiqotchisi Moiseev N. jamiyatda axborotlashtirish va kompьyuter texnikasidan foydalanishni sun’iy intellekt deb ataydi. Bu tushuncha ostida u inson ixtiro etgan va barpo qilgan tizimni tushunadi2. Bu bilan olim Inson Intellektini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Jumladan, «axborot jamiyatiga qadam qo‘yishni faqat elektron va kompьyuter muhandisligiga bog‘lab qo‘yish to‘g‘ri emas. Menimcha, uning tarix sahnasiga chiqishini. Jamoaviy Umumsayyoraviy Aql qaror topishida tamaddun yangi sifat bosqichiga ko‘tarilishi bilan bog‘liq holda tushungan ma’qul»3 deb hisoblaydi.
Axborotlashgan jamiyat - ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo, axborot tayyorlash, unga «ishlov berish», saqlash va jamiyat a’zolariga etkazish bilan bog‘liq bo‘ladigan ishlarga sharoit yaratuvchi jamiyat. Axborotlashgan jamiyat muammolari bilan shug‘ullangan olimlardan D.Bell, A.Toffler, M.Kastelьs, U.Rostou, P.Draker, J.Gelbreyt, F.Uebster va b.ning ishlarini alohida qayd etish kerak., Ular «postindustrial jamiyat» va "axborotlashgan jamiyat" konsepsiyalarini sinonim sifatida tadqiq etishgan. Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. YApon olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompьyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, axborotlarni tayyorlash va ijtimoiy sohalarda axborotni kayta ishlash imkonini beradi hamda avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta’minlashga xizmat qiladi. Axborotlashgan jamiyat tushunchasi 1960-yillarning 2-yarmida paydo bulib, uni birinchi bo‘lib fanga Tokio texnologik universitetining professori YU.Xayash kiritgan. Muallifning fikricha, moddiy mahsulot emas, axborotlashuv mahsuloti jamiyatning shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi. Axborotlashgan jamiyat tushunchasining rivojida amerikalik jamiyatshunos olim D.Bellning «Industrial jamiyat davrining kelajagi. Ijtimoiy bashorat kilish tajribalari» (1973) nomidagi kitobi muhim ahamiyatga ega. Unda muallif insoniyat jamiyati tarixini 3 asosiy boskichga: agrar, industrial va postindustrial (industrial davrdan keyingi) davrlarga bulib chikadi.
Industrial jamiyatning asosiy rivojlanish manbai - energetik manbalar va energiyani ishlab chiqarish, tarqatish imkoniyatlari mavjudligidir. Axborotlashgan jamiyatda esa ishlab chiqarishning manbai bilimni to‘plash texnologiyalari, axborotni qayta ishlash va axborot kommunikatsiyalariga bog‘liq. Bilim va axborot hozirgi kunda jamiyat rivojlanishining asosiy manbai hisoblanadi. Axborotlashgan jamiyatga oid qiziqarli falsafiy konsepsiyalardan biri yapon olimi I.Masudaga tegishlidir. I.Masuda fikricha, axborotlashgan jamiyatda insoniy kadriyatlar o‘zgaradi, bu jamiyat sinflarga bo‘linmaydi va ziddiyatsiz ya’ni, ahil, tinch-totuvlikda hayot kechiruvchi jamiyat bo‘lib, uni chog‘roq hukumat va davlat apparati boshqaradi. Axborotlashgan jamiyatning yana bir nazariyotchisi E.Toffler «Uchinchi to‘lqin» deb nomlangan kitobida tamaddun tarixidan uchta to‘lqin (birinchisi - agrar XVIII-asrgacha, ikkinchisi - industrial XX-asrning 50-yillarigacha, uchinchi to‘lqin -industrial davrdan keyingi davr XX-asrning 50-yillaridan boshlab) ni ajratib ko‘rsatadi. 1980-1990 yillarni axborotlashgan jamiyat konsepsiyalari rivojidagi yangi bosqich deb aytysh mumkin. Bu davrdagi konsepsiyalar asosan P.Draker va M.Kastelьs tadqiqotlari natijalari bilan chambarchas bog‘liq. P.Draker konsepsiyasining mohiyati an’anaviy kapitalizmni engib o‘tishdan iborat. Uning konsepsiyasiga ko‘ra, yuz berayotgan siljishning asosiy belgilari industrial xo‘jalikdan bilim va axborotga asoslangan iqtisodiy tizimga kirib borish, kapitalistik xususiy mulkchilikdan voz kechish, hozirgi zamon kishisi uchun yangi qadriyatlarni yaratish, iqtisodiyot va jamiyatdagi globallashuv jarayonlari ta’sirida milliy davlatning o‘zgarishidan iborat. M.Kastelьs global iqtisodiyot va xalqaro moliyaviy bozorlarni shakllanayotgan yangi dunyoning asosiy belgilari sifatida ko‘radi. Uningcha, axborotlashgan jamiyat mohiyatini bir-biriga bog‘liq quyidagi jarayonlar belgilaydi: axborot va bilimlar ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik va madaniy rivojlanishning xaqiqiy o‘zak qudratiga, uning qimmatli manbaiga aylanadi; ishlab chiqarish omili bo‘lmish xom-ashyo, mehnat, mablag‘ resurslariga tenglashtirilgan axborot va bilim bozorlari shakllana boshlaydi; axborot etkazib berish va undan foydalanishni ta’minlovchi sohalar ahamiyati shiddatli tarzda osha boradi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch qismdan tarkib topadi: mediatizatsiya (lot. mediatus-vositachi) -axborotni to‘plash, saqlash va tarqatish vositalarini takomillashtirish jarayoni; kompьyuterlashtirish - axborot izlash va unga ishlov berish vositalarini takomillashtirish jarayoni; intellektualizatsiya - axborot yaratish va uni idrok etish qobiliyatini rivojlantirish, ya’ni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish, shu jumladan sun’iy intellekdan foydalanish jarayoni. Umuman olganda, jamiyatni axborotlashtirishni zamonaviy axborot-texnika vositalari yordamida ijtimoiy tuzilma va jarayonlarni takomillashtirish deb talqin kilish lozim. Axborotlashtirish ijtimoiy intellektualizatsiya jarayonlari bilan uyg‘un holda bo‘lishi kerak. Zotan, u shaxs va u yashayotgan axborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirishga imkon yaratadi. Axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan sifat jihatidan farq qiladi. Bu erda moddiy omillar emas, balki ideal omillar - bilim va axborot birinchi o‘rinda turadi. Axborot va bilim olish, ularga ishlov berish hamda ularni saqlash va etkazish jarayonida jamiyat a’zolarining aksariyati band bo‘ladi. Axborotlashgan jamiyatda axborot tayyorlash moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki bo‘ladi1.
Global informatsion jamiyat to‘g‘risidagi Okinava Xartiyasining qabul qilinishi jahonning ko‘pgina davlatlari tomonidan axborot siyosati va axborot xavfsizligining qayta ko‘rib chiqilishiga hamda sohaga oid maxsus hujjatning qabul qilinishiga olib keldi (jumladan, katta sakkizlik a’zosi RFda "Axborot xavfsizligi Doktrinasi" 2000 yil 9 sentyabrda qabul qilingan).
Xavfsizlik tizimida axborotning o‘rni va roli bevosita uning amaliy va nazariy xarakterga egaligi bilan izohlanadi. Zero, kishilarni axborot bilan ta’minlash qanchalik muhim ahamiyat kasb etsa, ularni axborot xurujlaridan himoya qilish shunchalik ustuvor vazifadir.
Xavfsizlik tizimida axborot ham nazariy, ham amaliy jihatdan namoyon bo‘ladi. Nazariy jihatdan, axborotning xavfsizlik tizimidagi o‘rni va rolini aniqlash hamda konkretlashtirish, uni xavfsizlik nuqtai nazaridan ilmiy asoslash, axborot ishlab chiqarish, iste’molchilar va ishlab chikaruvchilar munosabatini shakllantirish, axborot tashuvchilar vazifalarini belgilash, avtomatlashtirilgan axborot xavfsizligini ta’minlash, xavfsizlik va axborot nazariyasi, texnologiyalari tushunchalarining o‘zaro mutanosibligini asoslab berish kabi vazifalar muhim hisoblanadi. Amaliy jihatdan esa, birinchi navbatda, axborotning ruxsatsiz (sanksiyalashmagan) tarzda o‘zlashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda axborot manbalarini, axborot tashuvchilarni turli tahdid va tajovuzlar tashkiliy, texnik, mazkur ishda siyosiy) dan muhofaza qilish o‘ta muhim omil hisoblanadi.
SHu bilan birga, o‘zaro bog‘liqlik va mutanosiblik axborotga nisbatan buladigan turli ichki va tashqi ehtimoliy tahdidlarning doimiy mavjudligi bilan ham izohlanadi.
Bunday taxdidlarning mavjudligi xususan, zamonaviy dunyoda extimollik darajasi yuqoriligi kabi omillar xavfsizlik tizimida alohida "axborot xavfsizligi" tushunchasining vujudga kelishiga sabab buldi.
Axborot xavfsizligi yaxlit xavfsizlik tizimining tarkibiy qismlaridandir. Ma’lumki, xavfsizlik uning dialektik teskarisi bo‘lgan xavfning mavjud bo‘lishi bilan bog‘liq. Ayrim xavf turlari esa doimo mavjud bo‘ladi. Xususan, axborot sohasi bir vaqtning o‘zida ham xavf, ham xavfsizlikni keltirib chiqaruvchi omillardan biridir. Bunday ijobiy ayni paytda, qarama-qarshi dialektik munosabat axborot va xavfsizlik sohalarining o‘zaro bog‘liq va to‘ldiruvchanligi bilan tavsiflanadi. Bunday bog‘liqlik va o‘zaro to‘ldiruvchanlik birinchi navbatda, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoya qilinishi hamda ZAKTlari bilan tavsiflanadi. Hozirda nafaqat zamonaviy xalqaro munosabatlarni balki xavfsizlik tizimini ham yangi axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Axborot sohasidagi bunday sifat o‘zgarishlari (texnologiyalar, konunchilik) bevosita xavfsizlik sohasi faoliyatida aks etadi. Jumladan, bunday o‘zgarishlar xavfsizlik sohasidagi qaror qabul qilish jarayonining oqilonaligiga hamda tahlilchi oldida turgan muammoni hal qilish vaqtining kamayishiga ta’sir qiladi.
Axborot va xavfsizlikni bog‘laydigan yana bir tushuncha bu «axborot extiyoji» tushunchasi bo‘lib, u xavfsizlikni ta’minlashda muhim rolь o‘ynaydi. Axborot ehtiyojining qondirilganlik darajasiga qarab, shaxs axborotning sub’ekti yoki ob’ektiga aylanadi. Axborot ehtiyojining kondirilishi uchun axborot:
1) to‘liq (ya’ni oqilona qaror qabul qilish uchun etarli);
2) ishonchli;
3) o‘z vaqtida.
Mana shu erda, nazarimizda, o‘ziga xos dilemmani kuzatishimiz mumkin, ya’ni axborot ehtiyojining qondirilishi muhimroqmi yoki axborot xavfsizligining ta’minlanishi? CHunki, shaxs o‘z axborot ehtiyojini kondirishi ba’zan sanksiyalashmagan axborotning o‘zlashtirilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Albatta, har bir iste’molchi-sub’ektning axborot ehtiyoji turlicha, shu sababli, sub’ekt qoniqish darajasini o‘zi belgilaydi. Demak, axborot ehtiyojining qondirilishi birinchi navbatda, iste’molchining o‘zi uchun xavfsiz bo‘lishi kerak.
Ayni paytda, axborot oqimi va ko‘lami ko‘paygani sari, odamlarda undan qoniqmaslik hissi oshmoqda. Bu esa kishilar endilikda axborotning to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchisi emasligini va ularda faqat kerakli, foydali axborotga ega bo‘lish, uni tahlil qilish ko‘nikmalarining o‘sib borayotganligini bildiradi.
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kun shaxsi axborot sohasida noan’anaviy talab va me’yorlarga ehtiyoj sezmoqda, bu holat kundalik hayotimizda tobora tezlashmoqda, sohadagi yangidan-yangi mezonlar shaxs faoliyatida dolzarb va ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Gap bu erda, nafaqat shaxsning qaror qabul qilish jarayonidagi tezkorligi, balki u yoki bu faoliyat uchun mas’uliyatining yanada oshganligi to‘g‘risida ketmoqda.
Mohiyatan urushlar tarixi ikkita omilga tayanadi: moddiy va ma’naviy. Qadimgi davrlarda sarkardalar dushman bilan urushda qurolli qo‘shin kuchidan tashqari, o‘z qo‘shini kayfiyatini ko‘tarish va aksincha, dushman qo‘shini ruhiyatiga salbiy ta’sir o‘tkazish, o‘z kuchiga ishonmaslik hissini keltirib chiqarish usullarini ishlab chiqqanlar. Qadimgi davrda ham hozirda ham qo‘shinning qanday harakatlanishi, yo‘nalishi, joylashuvi oldindan ishlab chiqilgan reja asosida olib boriladi. Bu reja esa yig‘ilgan tahliliy ma’lumotlar evaziga ishlab chiqiladi.
Aslida har qanday urushni axborot urushi deyishimiz mumkin. CHunki axborotlar zanjiri urushning ko‘rsatkichlari sifatida yuzaga chiqadi. Bugun juda katta bo‘lmagan pulga (telefon yoki noutbuk sotib olish uchun) turli ko‘rinish va miqyosdagi yirik siyosiy "loyiha"ni amalga oshirish mumkin.
Xususan, MRB xizmatchilari Alь-Qoidaning 2001 yil 11 sentyabrdagi hujumiga aloqador minglab kodlangan, maxfiylashtirilgan ma’lumotlarni topishga muvaffaq bo‘lishdi. Ularning hammasi ushbu hujumning maxfiy rahbari Abu Jubayda ismli shaxsga tegishli kompьyuterning parolь bilan himoyalangan veb-saytidan jo‘natilgan.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida ko‘pgina davlatlar harbiy-siyosiy boshqaruvi tomonidan harbiy usullar bilan birgalikda tashkiliy, mafkuraviy urushlar strategiyasi bilan shug‘ullanuvchi tuzilmalar vujudga kela boshladi (AQSHda Ijtimoiy axborot qo‘mitasi, Buyuk Britaniyada dushman tomonning qo‘shini va aholisi orasida tashviqot Boshqarmasi, Fransiyada tashviqot xizmati, Germaniyada Geyeral shtabning maxsus bo‘linmasi va h.zolar)1. Birinchi jahon urushi harbiy to‘qnashuv bo‘lishi bilan birgalikda axborot to‘qnashuvini ham yuzaga keltirdi. Dushman tomonni axborot bilan psixologik izdan chiqarish, uni o‘z tomoniga og‘dirish, urush kayfiyatini so‘ndirishga bo‘lgan da’vatlar qo‘llanildi. Bular asosan samolyot orqali varaqalar tarqatish, qo‘rqitish, kuchlarning teng emasligi va taslim bo‘lishga chaqiriqlardan iborat bo‘lgan.
Axborot salohiyatining tobora oshib borayotganligi va uning yordamida ham ko‘zlangan maqsadlarga erishish mumkinligini ko‘pgina olimu mutaxassislar asrimiz boshlaridayoq anglab ulgurishgan. Xususan, V.Xlyupin o‘zining «Urush, Islom va geosiyosat: Rossiya va Markaziy Osiyo XXI asrda» nomli asarida Markaziy Osiyo mamlakatlariga informatsion ta’sir ko‘rsatishning geostrategik ahamiyati xususida fikr yuritgan bo‘lib unda, «yangi asrda axborot texnologiyalari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, tanklarsiz va raketalarsiz, birgina axborot xurujlari va ommaviy axborot vosstalari yordamida asosiy maqsadlarga erishi mumkin»2 deb ta’kidlagan edi.
«Axborot jamiyatini «hamla bilan zabt etish» og‘ir kechadi. U tarixning urush qasirgasidan xoli bulsa-da, shafqatsizlikda undan kolishmaydigan keskin raqobat bosqichini boshlab beradi»1
«Axborot urushi» atamasi birinchi marta Tomas Ron tomonidan 1976 yilda Boing kompaniyasi uchun tayyorlangan «Qurollar tizimi va axborot urushi» xisobotida qo‘llanilgan. Muallif shuningdek, axborot infratuzilmasi amerika iktisodiyotining muxim tarkibiy kismiga aylanadi va bir vaktning uzida ham harbiy, xam tinchlik vaqtidagi maqsadga aylanadi.
AQSH harbiy-havo kuchlari 1980 yildan boshlab ushbu masalani faol muhokama qila boshlashdi. Bu paytga kelib, axborot ham maqsad, ham qurol bo‘lishi mumkinligi xakidagi tasavvurlar shakllanib ulgurgan edi. Sovuq urushning tugagandan sung, yangi vazifalar paydo bo‘lishi bilan AKSH Mudofaa vazirligi xujjatlariga «axborot urushi» atamasi kiritildi. Ayniksa, 1991 yil «Saxrodagi bo‘ron» operatsiyasi o‘tkazilganidan sung OAVlarda tez-tez kullanila boshlandi. CHunki, bu erda yangi axboriy texnologiyalar ilk bor jangovar xarakatlarni olib borish vositasi sifatida ishlatildi1.

  1. yilda AKSH Mudofaa vazirligi «Axborot operatsiyalarining birlashgan doktrina» sini amaliyotga kiritdi. Bu «axborot operatsiyasi», «axborot urushi», «axborot-psixologik urushi» tushunchalarini farqlash bilan bog‘liq edi. Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) axborot urushini o‘zining yangi harbiy doktrinalarining ajralmas kismi sifatida ko‘rmoqda. Xorijiy mutaxassislar hisoblashicha, axborot urushlari soxasidagi yangi tadqikotlar uchun yiliga 120 mlrd. dan oshmoqda (dunyo bo‘yicha - A.YU.) .

  2. yil kuzida AQSHda kibernetik urush (hujumkor va himoyaviy) olib borish markazi tashkil qilindi. SHu tariqa AQSH va uning ittifovchilari birgalikda telekommunikatsiyalar ustidan faol global nazorat «Eshelon» dasturini amalga oshirmoqda. Evropa ekspertlari fikricha, radioelektron razvedkaning texnik imkoniyat vositalarini uzida birlashtirgan «Eshelon» tizimi kabelь va radioaloka, sun’iy yuldosh kanallari, telefon va kompьyuter tarmoklari, suvosti va alokaning ipak tolali-optik liniyalarida aylanayotgan katta ko‘lamdagi axborotni o‘zlashtirish va qayta ishlash imkonini beradi.

Axborot urushining usullari universal ko‘rinishga ega bo‘lib, u ma’lum bir shaxs, tashkilot yoki davlatning maxfiy ma’lumotlarini oshkora qilishga intilishi bilan bog‘liq. Axborot urushini amalga oshirayotgan sub’ektning asosiy maqsadi, uning uchun yopiq bo‘lgan, raqibning ma’lumotlar bazasidagi maxfiy ko‘rinishdagi xujjatlarga kirishga imkon yaratish hisoblanadi. Bularga yaqqol misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin: banklar mijozlarning hisob-raqamlaridagi pul mablag‘lari va bank operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarni «bank siri» hisoblaydi, shifokorlar o‘z mijozlarining sog‘ligi haqidagi ma’lumotlarni sir saqlaydi, kompaniyalar yangi mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni sir deb biladi. Axborot urushida ixtiyoriy sub’ektning maxfiy ko‘rinishda saqlanadigan barcha ma’lumotlari o‘ziga qarshi ishlatilishi mumkin. Ular soxtalashtirilib ochiq matbuotda e’lon qilinadi. Xullas, axborot urushi axborotni ob’ekt yoki potensial qurol sifatida ko‘radi.
Hozirgi kunda NATO mamlakatlarida dushman qo‘shini va aholisiga axborot-psixologik ta’sir ko‘rsatish choralari "psixologik operatsiya" atamasi ostida amalga oshiriladi. AQSHda esa hozirda G‘M 100-6 "Axborot operatsiyalari", G‘M 33-1 "Psixologik operatsiya", G‘M 31-20 "Maxsus kurashning operatsion texnikasi" kabi dala ustavlari amal qiladi. Qo‘shin jangovar tayyorgarlik bilan bir qatorda axborot kurashiga ham tayyorlanadi.
Axborot urushlarini turlicha nomlash mumkin. Manbalarda "axborot kurashi", "axborot ziddiyati", "axborot urushi", "assimetrik urush", radio orqali bo‘lsa "radioelektron urush", "efir orqali urush", "dezinformatsiya", "harbiy ayyorlik", "psixologik urush", "matbuot urushi" "psixologik urush", "axborot urushi", "psixologik operatsiya", "axboriy-psixologik operatsiya", "axboriy-psixologik qarshi kurash va dushman psixologik operatsiyasidan qushinni himoya qilish , qushinning psixologik himoyasi , psixologik himoya" va "jangovar harakatlarni axborot-psixologik ta’minlash" tarzida ham qo‘llaniladi.
Bunday qo‘llanilish oqibatida tushunchaning asl mohiyati o‘zgarmoqda ya’ni, axborot-psixologik urushi deyilganda bevosyta urush davridagi holat tushunilsa, axborot kurashi ostida tinchlik sharoitdagi mafkuralarning o‘zaro raqobati tushunilmoqda. Albatta har ikkala holatda ham axborot omilining inson ruhiyatiga ta’siri, u orqali raqib tomonni og‘dirib olish, bo‘ysundirish asosiy maqsad hisoblanadi.
Bizningcha, AQSH "axborot urushi" atamasi ostida nafaqat zamonaviy strategiyani balki, tashqi siyosatni shakllantirishning bir yo‘nalishi, ichki siyosatda esa "qattiq kuch" ishlatmaslik tushuniladi. SHu bilan birga, mazkur atamaning kelib chiqishi va siyosiy-harbiy hamda ilmiy doirada tez o‘rin olishini quyidagi omillar bilan bog‘lash mumkin:

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling