Ahmad yugnakiy


Bu kitobning yozilish sababi va zarurati haqida


Download 40.74 Kb.
bet2/9
Sana13.01.2023
Hajmi40.74 Kb.
#1091026
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ahmad Yugnakiy

Bu kitobning yozilish sababi va zarurati haqida


Dod Sipohsolorbek1 uchun bu kitob,
Chiqartim ochunda2 oti qolsu tep.


Kitobimni ko‘rgan, eshitgan kishi,
Shohimg‘a duo birla yod qilsu tep.


Kedingi keligli kishilar aro,
Aning, zikri tongsuq3 ediz4 qolsu tep.


Aning, vurdi birla5 ko‘ngullar to‘lub,
Aning yodi birla ochun to‘lsu tep.


Bezadim kitobi mavoiz6 masal,
Boqig‘li, o‘qug‘li osig‘7 olsu tep.


Belak ettim8 ani shohimga men-o‘k,
Havodorlig‘imni tugal bilsu tep.

Dunyoda nomi qolsin deb, Sipohsolorbek uchun bu kitobni yozdim. Kitobimni o‘qigan, ko‘rgan, eshitgan kishi shohimni duo bilan yod qilsin deb (yozdim). Kelgusi avlodlar uchun uning nomi mangu esdalik bo‘lsin deb (yozdim).


Uning muhabbati bilan ko‘ngillar to‘lib, yodi bilan dunyo to‘lsin deb (yozdim). O‘qimishli, savodli (kishilar) undan foydalansin, deb qo‘llanma uchun kitob bezadim (yozdim). Men buni muhabbatimni yaxshi (tugal) bilsin deb shohimga tortiq qildim.


Birinchi bolim: ilm manfaati, jaholatning zarari haqida


Biliktin ayurmon1, so‘zumga ula,
Biliklikka, yo do‘st, o‘zungni ula.
Bilik birla bil(i)nur saodat yo‘li,
Bilik bil, saodat yo‘lini bul-a2.


Baholik3 dinar4 ul biliklik kishi,
Bu johil biliksiz bahosiz bishi5.
Biliklik biliksiz qachon teng bo‘lur,
Biliklik tishi6 – er, johil er – tishi.


So‘ngakka7 yiliktek8 eranga9 bilik,
Eran ko‘rki aql o‘l, so‘nakning yilik.
Biliksiz yiliksiz so‘ngak tek xoli,
Yiliksiz so‘ngakka sunulmas alik.


Bilik bilti bo‘lti10 eran belguluk,
Biliksiz tirikla yituk ko‘rguluk.
Biliklik er o‘lti, ati o‘lmatu,
Biliksiz esan erkan ati o‘luk.


Biliklik biringa biliksiz mingin,
Tengakli11 tengadi12 bilikning tengin.
Baqa ko‘rgil emti uqa sinayu,
Ne nang bar biliktin asig‘liq o‘ngin.


Bilik birla alim yuqar yuqladi,
Biliksizlik erni chakardi qo‘di.
Bilik bil, o‘sanma13, bil, ul haq rasul,
Bilik kimda ersa siz arqang tadi.

Bilim haqida so‘zlayman, so‘zimga quloq sol, ilmli kishiga o‘zingni yaqin tut. Bilim bilan saodat yoli ochiladi, shunga ko‘ra, ilmli bo‘l, baxt yo‘lini izla. Bilimli kishi (qimmat) baholik dinordir, ilmsiz, johil kishi qimmatsiz yemishdir (mevadir). Bilimli kishi bilan bilimsiz odam qachon teng bo‘ladi, bilimli xotin kishi – er kishidir, bilimsiz erkak – xotin kishidir. So‘ngakda ilik bo‘lishi lozim ekanligi kabi er kishiga bilim kerakdir, er kishining ko‘rki aqldir, so‘ngakning ko‘rki esa ilikdir. Ilmsiz iliksiz so‘ngak kabi bo‘shdir, iliksiz so‘ngakka esa qo‘l urilmaydi. Ilmli kishilarning (nomi) mashhur bo‘ldi, bilimsiz (kishilar) esa tiriklayin o‘ldi hisob va bu unga ko‘rgulikdir. Bilimli kishi o‘lsa ham, uning nomi o‘chmaydi, ilmsiz kishining o‘zi hayot bo‘lsa ham, oti o‘likdir. Bilimlining biri bilimsizning mingiga teng, ilmli kishilar ilmning qadriga yetadi. Endi o‘zing sinab, o‘qib, boqib ko‘r, bilimdan foydaliroq qanday narsa bor? Bilim bilan olim ko‘tarildi, ilmsizlik esa kishini tubanlashtirdi. Bilimli bo‘l, hech qachon erinma, haq rasuli (Payg‘ambar) kim ilmli bo‘lsa, uni siz maqtang, deb aytdi.





Download 40.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling