Ahmad yugnakiy


Download 40.74 Kb.
bet6/9
Sana13.01.2023
Hajmi40.74 Kb.
#1091026
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ahmad Yugnakiy

Dunyoga muhabbat qoyish xatolarning boshi ekanligi haqida


Niqab4 ko‘trur achun birar yuz achar,
Yazar qo‘l quchar tek yana terk5 qachar.
Yaring‘i buluttek ya tushtek xali,
Darangsiz6 kechar baxt ya qushtek uchar.

Niqob ko‘tariladi dunyo yuzini bir oz ochib ko‘rsatadi, go‘yo quchmoqchi bo‘lib qo‘llarini ochib, yana qochadi. O‘tkinchi ko‘klam bulutidek yo tushdek quruqdir, baxt to‘xtovsiz o‘tadi yoki qushdek uchib yuradi.




Tortinchi bolim: saxovat va baxillik oqibati haqida


Ayo do‘st, biliklik yizin izlagil,
Xali7 so‘zlasang so‘z, bilib so‘zlagil.
Axi8 erni o‘ggil o‘gar ersa sen,
Baxilg‘a qatig‘ ya9 o‘qun kizlagil10.

E do‘st, bilimli kishi izidan bor, agar so‘zlasang, o‘ylab, bilib so‘zlagin. Maqtasang saxiy kishini maqtagin, baxil kishiga qattiq yoy o‘qini saqlab qo‘ygin.




Qamug‘1 til axi er sanasin2 ayur,
Axiliq qamug‘ ayb kirini yuyur.
Axi bo‘l senga so‘z saqunch kelmasun,
Saqunch kelgu yo‘lni axiliq tiyur.

Hammaning tili saxovatli kishining madhini qiladi, saxiylik kishilarning barcha kamchiliklarini yuvib ketadi. Saxiy bo‘l, senga la’nat kelmasin, la’nat keltiradigan yo‘lni saxovat berkitib qo‘yadi.




Egilmas ko‘ngulni axi er egar,
Tegilmas muradqa axi er tegar.
Baxilliqni, qani, o‘gar til qayu,
Axiyliqni ham xos tuzu haq o‘gar.

Yumshamas ko‘ngilni saxiy yumshatadi, yetib bo‘lmaydigan murodga saxiy kishi erisha oladi. Baxillikni maqtovchi til topilmas, saxiylikni xos kishilar (a’yonlar) va butun xalq maqtaydi.




Axi er bilikni yeta bildi, ko‘r,
Anin satti malin sana aldi, ko‘r.
Tirildi ulamsuz ulamay bo‘lub,
Achunda ot edgu qo‘dub bardi, ko‘r.

Saxiy kishilar bilimning qadriga yeta bilganini, shuning uchun butun molini sotib maqtov, olqish olganini ko‘r. Dunyoda umri qisqa bo‘lgan kishi yaxshi nom qoldirib uzoq yashab turganini ko‘r.




Baxil yig‘di zar, sim haramat o‘kush,
Vabal ko‘tru bordi uzala so‘kush.
Ulush bo‘ldi mali kishilar aro,
Baxil aldi andin so‘kunchtin ulush.

Baxil kishi mehnatsiz harom yo‘l bilan ko‘p oltin, kumush yig‘di, natijada u dunyoga la’nat va badnomlik orttirib ketdi. Uning moli kishilarga taqsim bo‘ldi, baxil esa (undan) faqat so‘kish, la’natgagina ega bo‘ldi.




Aya mol idisi1, axi edgu er,
Bayat2 berdi ersa senga, sen-da ber.
Yirilgan, so‘kulgan terip bermagan,
Alal3 berur ersang necha tersa ter.

Ey yaxshi, saxovatli mol egasi, senga tangri bergan bo‘lsa, sen ham ber. Mol yig‘ib birovlarga in’om bermaganlar, la’nat va so‘kishga sazovordirlar, agar sen in’om qilib tursang, qancha mol-dunyo yig‘sang yig‘aver.




Tabiatta yigi ot ayibsuzi,
Axiliq erur bil buxul ko‘rksuzi.
Aliklarda qutlug‘ berigli alik,
Alip bermagan al alik qutsizi.

Dunyoda yaxshi va nuqsonsiz nom saxiylikdir, baxil esa ko‘rksiz ot ekanligini bil. Qo‘llar ichida in’om beruvchisi baxtli (qo‘l)dir, o‘zi olib boshqalarga bermagan (qo‘l) qo‘llarning qutsizidir.




Baxilliq o‘talap4 o‘ngalmas yig5 ul,
Berimdin baxil algi ked berklik ul.
Yig‘ip ko‘ngli to‘ymaz ko‘zi suq baxil,
Qul ul malg‘a mali angar erklik ul.

Baxillik dori bilan davolab bo‘lmas kasallikdir. Baxilning qo‘li saxovat, hadya uchun yopiqdir.


Ko‘zi och baxil kishi qancha mol to‘plasa ham, ko‘ngli to‘lmas, u mol-dunyoning quli, davlati uning ustidan hukmrondir.


Bu budun to‘lusi axi er turur,
Axilik sharaf, joh, jalal artturur.
Sevulmak tilasang, kishilar ara,
Axi bo‘l, axiliq seni sevdurur.

Xalqning yetugi saxiy kishidir, saxiylik sharaf, martaba va kamolotingni orttiradi. Kishilarning muhabbatini o‘zingga jalb qilmoqchi bo‘lsang, saxiy bo‘l, saxovat seni sevikli qiladi.




Baxil nokas udun tavar pasbani,
Yig‘ar, yemas-ichmas, tutar berk ani.
Taturmas ashin-da tuz-u do‘stina,
O‘lur qalur axir yayur dushmani.

Baxil, nokas, olchoq, tuban kishi o‘z molining posbonidir, boylik yig‘ib, uni yemay, ichmay saqlaydi. Hayot paytida do‘stiga oshini, tuzini tottirmaydi, o‘zi o‘lgach, moli qoladi, so‘ng uning moli dushmaniga buyuradi.





Download 40.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling