Ahmad yugnakiy


Download 40.74 Kb.
bet4/9
Sana13.01.2023
Hajmi40.74 Kb.
#1091026
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ahmad Yugnakiy

Ikkinchi bolim: tilni tiyish va odob-axloq haqida


Eshitgil biliklik nagu deb ayur,
Adablar bashi til kudazmak1 turur.
Tiling bekta tutg‘il tishing sinmasun,
Qali chiqsa bekta tishingni siyur.

Bilimli kishi nimalarni so‘zlaydi, sen unga quloq sol, adablar boshi tildir, uni tiymoq zarur. Tilingni tiy, tishing sinmasin, agar (so‘zlab yuborsang) (tiling) chiqib qolsa, tishingni sindiradi.




Sanip2 so‘zlagan er so‘zi so‘z sag‘i3,
O‘kush yangshag‘an til ay olmas yag‘i.
So‘zung bushlug‘ esma, yig‘a tut tiling,
Yetar bashqa bir kun bu til bo‘shlug‘i.

O‘ylab so‘zlagan kishining so‘zi to‘g‘ridir, o‘rinsiz ko‘p vaysagan til shafqatsiz yovdir. So‘zingni bo‘sh qo‘yma, tilingni tiyib tut, erk berilgan til bir kun boshingga yetadi.




Xiradliqmu1 bo‘lur tili bo‘sh kishi,
Telim bashni yedi bu til so‘z bushi.
O‘chukturma2 erni, tilin bil, bu til
Bashaq tursa butmas butar o‘q bashi.

Tili bo‘sh, zahar kishining aqli yetuk bo‘ladimi? Til va so‘zning bo‘shi ko‘p kishilarning boshini yedi. Kishini o‘chakishtirma, (uning) tilini bil, bu til yaralansa (buzilsa) tuzalmaydi, yarasi esa bitib ketadi.


Oq yarasi, aqldan ozish, til jarohati va uni tiyish haqida


Safih3 er tili o‘z bashi dushmani,
Tilindin to‘kuldi telim er qani.
O‘kush4 so‘zlaganda o‘kungan telim,
Tilin beklaganda5 o‘kungan qani?!

Ahmoq kishining tili o‘ziga dushman, ko‘p kishilarning qoni tili tufayli to‘kildi. Ko‘p so‘zlaganlar ichida o‘kingan ko‘pdir, tilni tiyganlar orasida o‘kingan bormi, qani?




Nekim kelsa erga tilitin kelur,
Bu tiltin kim edgu, kim aqir bo‘lur.
Eshit, but bu so‘zga qamug‘ teng-da teng,
Qo‘dub tilga yuknub6 tazarru qilur.

Kishi boshiga tushgan har qanday ish uning tili tufayli sodir bo‘ladi, bu til sababli ayrimlar yaxshilik, ayrimlar yomonlik ko‘radi. Bu so‘z (o‘git-nasihat) barchaga teng, (ular so‘zni) tilga jo qilib sig‘inadilar.




Kudazgil tilingni, kel, az qil so‘zung,
Kudazilsa bu til kudazlur o‘zung.
Rasul erni o‘tqa yuzin atquchi,
Til o‘l tedi yig‘ til yul o‘ttin o‘zung.

Tilingni tiy, so‘zingni qisqa qil, bu til tiyilsa, o‘zing ham saqlanasan.


Rasul kishini o‘tga tashlovchi tildir, deb aytdi, shuning uchun tilingni tiy, o‘zingni o‘tdan tort.


Iki nang biriksa bir erda qali,
Bukandi1 ul erga muruvvat yo‘li.
Bir ul yangshar ersa keraksiz so‘zin,
Ikkinch yalg‘on ersa ul erning tili.

Bir kishida ikki narsa bo‘lsa, u kishiga muruvvat yo‘li yopildi. Birinchidan behuda so‘zlar bilan vaysasa, ikkinchidan, bu kishining so‘zlari yolg‘on bo‘lsa.




Tili yalg‘an ertin yiraq tur teza,
Kechur sen-ma umrung ko‘nilik uza2.
Ag‘iz til bezagi ko‘ni so‘z turur,
Ko‘ni so‘zla so‘zni, dilingni beza.

Yolg‘onchi kishidan o‘zingni uzoq tut, umringni sen to‘g‘rilik bilan kechir. Og‘iz va tilning bezagi to‘g‘ri so‘zdir, so‘zni to‘g‘ri so‘zla, dilingni beza.




Ko‘ni so‘z asal tek bu yalg‘an basal,
Basal yeb achitma ag‘iz, ye asal.
Ya yalg‘an so‘z igtek ko‘ni so‘z shifa,
Bu bir so‘z o‘zag‘i urulmish masal.

To‘g‘ri so‘z asal kabidir, yolg‘on (so‘z) sarimsoq piyozdir, sarimsoq piyoz yeb, og‘izni achitma, asal yegin. Yolg‘on so‘z kasallik kabidir, chin so‘z shifodir, bu so‘z to‘g‘risida shunday masal to‘qilgan.




Ko‘ni bo‘l, ko‘ni qil, atangil ko‘ni,
Ko‘ni teyu bilsun xaloyiq seni.
Ko‘nilik to‘nin kiy, qo‘yub egrilik,
Kedim to‘n to‘lusi ko‘nilik to‘ni.

To‘g‘ri bo‘l, to‘g‘ri ish qil, to‘g‘ri deb nom chiqar; xaloyiq seni to‘g‘ri deb bilsin. To‘g‘rilik to‘nini kiy, egrilik to‘nini yech, kiyadigan (kiyim) to‘nning yaxshisi to‘g‘rilik to‘nidir.




Qatig‘ kizla razing kishi bilmasun,
So‘zungtin o‘zungga o‘kunch kelmasun.
Qamug‘ yashru ishing bo‘lub oshkora,
Bu ko‘rgan eshitkan senga kulmasun.

Siringni mahkam tut, (uni) kishi bilmasin, so‘zingdan o‘zingga o‘kinch (pushaymon) kelmasin. Barcha yashirin ishlaring oshkora bo‘lib, ko‘rgan, eshitgan (kishi)lar senga kulmasin.




Eshim teb inanib sir ayma, saqin,
Necha-ma inanchlig‘1 esh ersa yaqin.
Serib2 senda razing3 singib turmasa,
Serurmu eshingda4 muni kad saqin.

Do‘stim deb, ishonib sir aytma, ehtiyot bo‘l, garchi qanchalik yaqin, ishonchli do‘sting bo‘lsa ham. Siring (rozing) o‘zingda saqlanib, singib turmagach, u do‘stingda saqlanmaydi, buni yaxshi o‘ylab ko‘r.





Download 40.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling