Ahmad yugnakiy
Odam Ato va Momo Havodan ibrat olish haqida
Download 40.74 Kb.
|
Ahmad Yugnakiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tangrining buyrug ‘ i va shafqatiga itoat qilish haqida
Odam Ato va Momo Havodan ibrat olish haqida
Yima pandim olg‘il uzatma amal, Amal asrasin-da pusuqli ajal. Amal temishim, do‘st, uzun sanmaq ul, Uzun sanma saqish o‘kush qil amal. Yana o‘git-nasihatimni olgin, uzoq amal (o‘ylov)ga botma, amal (o‘ylov) zamirida ajal yashiringan bo‘ladi. Amal (o‘ylov) deb aytgan narsam, ey do‘st, bu ko‘p o‘ylashdir, sen ko‘p o‘ylanib o‘tirma, ko‘proq (ish) qil. Ayursan kedim, to‘n, sharab, ash kerak, Ta’lim mal, o‘kush qul qaravash kerak. Agar yig‘ding ersa umurluq tavar, Burun boshqa bo‘rkni kiyar bash kerak. Kiyim, to‘n, sharob, osh, ko‘p mol-dunyo, xizmatkor, qul kerak, deb aytasan. Agar bir umrga yetadigan mol-dunyo yiqqan bo‘lsang, eng avval bo‘rk kiyuvchi bosh kerak. So‘nggi bo‘lim: axloqning karomati, harislikni tashlash haqida Butun qilg‘i fe’lin o‘ta irtagil, Karam kimda bo‘lsa, ani er tegil. Yemishsiz yig‘achtek karamsiz kishi, Yemishsiz yig‘achni kesip o‘rtagil. (Kishilarning) hamma fe’lini tugal kuzatgin, kim karamli, shafqatli bo‘lsa, uni er kishi deb hisoblagin. Karamsiz, shafqatsiz kishi mevasiz daraxt kabidir. Mevasiz yog‘ochni kesib yondirgin. Tangrining buyrug‘i va shafqatiga itoat qilish haqida Jafa qildachingg‘a yanut qil vafa, Arimas necha yuvsa qan birla qan. Senga jafo qiluvchiga sen vafo bilan javob qil, qonni qon bilan qancha yuvsa ham, u tozalanmaydi. Kuch1 emgak tegurma kishiga qali, Agar tegsa emgak, kishitin ko‘tur. Yarag‘liq ashingni kishiga yedur, Yarag‘ bo‘lsang ufrag‘ yalingni butur. Zinhor kishiga zo‘ravonlik va zulm qilma, agar kishi qiyinchilikka tushsa, sen unga ko‘mak ber. Yaxshi, yaroqli oshingni kishiga yedir, yaroqli narsa (kiyimlik) topsang yalang‘ochlarning yirtilgan kiyimini butla. Esiz1 qilg‘an erga sen edgu qil-a, Karamning bashi bu erur kad bil-a. Agar kelsa ertin senga edguluk, O‘kush qil ul erning sanasin tila. Yomonlik qilgan kishiga sen yaxshilik qil, bu karam-shafqatning boshlanishidir, buni yaxshi angla. Agar biror kishidan yaxshilik ko‘rsang, u kishini ko‘p maqta, duo qil. Yazug‘luq2 kishining yazug‘in kechur, Adavat ko‘kini qazip kes, kechur. Alinglansa tutnub g‘azabning o‘ti, Halimliq suvin soch, ul o‘tni o‘chur. Gunohkor kishining gunohini kechir, adovat ildizini qazib tashla, kes va qo‘porib tashla. G‘azab o‘ti tutab, alangalanib yonsa, muloyimlik bilan shafqat, marhamat, haqiqat suvini sochib, uni o‘chir. Karam bir bina anga hilm bunyod ul, Ya maydantek ul gul karam ol ko‘l ul. Karam, shafqat kishiga bir binodek, unda yaxshi xislat hosil bo‘ladi, u maydon kabi (keng gulzor, undan karam ol) ko‘ldir. Yiqiqliqqa yirib kesullukka ula, Bu endinlik erga azad o‘z qo‘l-a. Odobli bo‘lishga yandashib (o‘zingni) kamtar tut, tartibli kishilarga ozod jon qul bo‘lsin. Ko‘dazgil1, aya do‘st, ulug‘lar aqin, Asig‘siz jadal ham mizojtin saqin. Ulug‘larni bushrub senga bu mizoj, Kichiklarni gustah qilur, bil yaqin. Ey do‘st, ulug‘larni izzat qil, foydasiz har narsaga aralashish va tortishuvdan (yomon odatlardan) saqlan. Bu yaramas qiliqlar ulug‘larning g‘azabini qo‘zg‘atib, kichiklarning xulqini buzadi, buni yaxshi bilib qo‘y. Download 40.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling