Ahmadjonov ahmadjonning botanika fanidan mineral elementlarningo


Download 150.16 Kb.
bet5/9
Sana17.06.2023
Hajmi150.16 Kb.
#1527227
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
xurshanoy

NO-3 ionlari harakatchan, tuproqda yaxshi fiksiatsiya bo’lmaydi, tuproq suvlari bilan yengil yuvilib chuqur suv qatlamlariga o’tib ketadi. Bahor oylarida tuproq tarkibidagi nitratlar miqdori ortib ketadi, bu davrda nitrafikatsiyalovchi bakteriyalar faoliyatiga qulay sharoit vujudga kelgan bo’ladi. Tuproq eritmasi tarkibidagi azot NO-3 ni miqdori o’simlik nitralarni yutishi, mikrobiologik jarayonlarni va yuvilishi jarayonlarini tezligiga qarab kuchli o’zgarib turadi.
NH+4 kationlari kam xarakatchan, manfiy zaryadlangan zarrachalarga yaxshi adsorbsiyalanadi, yog’ingarchilik davrlarida kam yuvilib ketadi, shuning uchun tuproq eritmasi takibida uning konsentratsiyasi NO-3 larga nisbatan yuqori bo’ladi. Qishloq ho’jalik ekinlarini o’stirish jarayonida mineral o’g’itlar berishga katta ahamiyat beriladi. Tabiiy sharoitlarda esa bu rolni maxsus mikroorganizmlar guruxi zimmasida bo’ladi. Bu esa yuqorda aytib o’tilganidek azotofiksatorlar, o’simlik va hayvon qoldiqlarini chirishi tufayli hosil bo’lgan organik azotni o’simlik o’zlashtirishi uchun qulay qilib minerallashtirib NH+4 yoki NO-3 shakilga olib o’tish xususiyatiga ega bo’lgan tuproq bakteriyalari faoliyatidan xosil bo’lgan azot, tuproqdagi azotni asosiy qismiga to’g’ri keladi.
Azotni o’simlik o’zlashtirish uchun qulay shakilga o’tishini ikki yo’li mavjud. Bu kimyoviy va biologik azotofiksatsiya. Azotni ammoniy ioni (NH+4 ) yoki nitrat ioni (NO-3) shakliga kimyoviy bog’lanishi atmosferada fotokimyoviy jarayonlar va elektr zaryadlari natijasida ozroq miqdorda hosil bo’ladi.Bog’langan azot miqdori shuning bilan atmosferadan tuproqqa tushayotgani nisbatan oz va yer sharini turli zonalarida yiliga 1-30 kg/ga o’zgarib turadi. Hozirgi davrda rivojlangan davlatlar miqyosida havodagi azotdan nitrat kislota va ammik olish yo’lga qo’yilgan. Molekulyar azotni kimyoviy bog’lanib ammiak hosil bulishi uchun katalizatorlar va 5000 yuqori harorat 35 MP bosim bilan ammoniy o’g’itlarini sintezlasa bo’ladi. Biroq mineral o’g’itlardagi bu azotni miqdori, faqat hosil bilan chiqib ketyotgan azotni bir qisminigina qoplaydi xalos. Azotni asosiy massasi bizni planetamizda yashayotgan trik organizmlar atmosferdagi molekulyar azotgani assimlyatsiya qilib, ammiakgacha qaytarib, o’simliklar o’zlashtirishi uchun qulay holatga olib kelayotga noyob hususiyatli mikroorganizmlar gruxining faoliyati orqali amalga oshiriladi.



Download 150.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling