Ahmadjonov ahmadjonning botanika fanidan mineral elementlarningo


Mineral elementlarning o`simliklar tomonidan o`zlashtirilishi


Download 150.16 Kb.
bet8/9
Sana17.06.2023
Hajmi150.16 Kb.
#1527227
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
xurshanoy

2.1. Mineral elementlarning o`simliklar tomonidan o`zlashtirilishi.
Bu elementlar mineral o’g’itlar sifatida hamkeng qo’llaniladi. Bulardan tashqari o’simliklar yana bir qator makroelementlardan foydalanadi.
Oltingugurt. Bu element asosiy ozuqa hisoblanadi . O’simlik tarkibidagi miqdori 0,2-1,0% ni tashkil qiladi . qaytarilgan holda oltingugurt oqsil tarkibida, bir qator aminokislotalar, vitaminlar va glutation tarkibida uchraydi.
Oltingugurtga, ayniqsa oqsil ga boy o’simliklarning (beda) talabi katta bo’ladi, ammo butguldoshlar oilasiga mansub bo’lgan xantal o’simligi eng ko’p miqdorda oltinguturtni o’zlashtiradi.
Tuproqda oltingugurt anorganik va organik shaklda uchraydi. Tuproqda u SaSO4, MgSO4, NaSO4 kabi tuzlar ko’rinishida bo’ladi. Sul'fatli sho’r tuproqlarda oltinguturt miqdori 60%-gacha borishi mumkin. Oksidlanish darajasi past bo’lgan CO2 va o’ta qaytarilgan N2S noorganik birikmalar o’simliklar uchun zaqarli hisoblanadi .
Keyingi vaqtlarda o’simliklar oltingugurt man'bai sifatida atmosferadagi CO2 ni o’zlashtirishi mumkin degan ma'lumotlar ham bor. Oltinguturtga xos bo’lgan muhim xususiyat organik birikmalarda disul'fat boqlarini hosil qilib, molekulalarning turqunligini oshiradi. Ularga xos bo’lgan yana bir muhim xususiyat hujayraning oksidlanish-qaytarilish potensialini yuqori darajada saqlab turishdir. Oltingugurtni yetishmasligi ayrim aminokislotalar, oqsillarsinteziga salbiy ta'sir ko’rsatadi, o’simliklarni o’sishi sekinlashadi.
Kalsiy. O’simliklar tarkibida 02,%-gacha bo’ladi. Kalsiy hujayra devorini mustaqkamlashda, hujayra metabolizimini boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. U organik kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, kalsiyli tuzlar hosil qiladi . Kalsiy dukkakli o’simliklarda ko’p bo’ladi. Ko’pchilik o’simliklarning vegetativ organlarida to’planadi. O’simlik uruqlarida, ayniqsa chigitda inozitfosfat kislotaning kalsiyli tuzi (fitin) ko’p uchraydi. hujayrada kalsiy ko’pincha pektin moddasi bilan boqlangan bo’ladi. Bu kalsiyni almashinadigan zaqirasi hisoblanadi . U yana xloroplast, mitoxondriy, va yadroda hambiopolimerlar bilan kompleks qolda uchraydi.
Kalsiy modda almashinuv jarayonida ko’pdan-ko’p vazifalarni bajaradi. Ular membrana strukturalari, membranalar orqalio’tadigan ion oqimlari va bioelektrik qodisalar bilan boqlangandir. Kalsiy ta'sirida bir qator fermentlar faollashadi. Kalsiy yetishmaganda yosh organlarining o’sishi sekinlashadi. Ildiz sistemasi hamzararlanadi, yon ildizlar va ildiz to’kchalarining hosil bo’lishi to’xtaydi. Odatda bizning qududimizdagi tuproqlar kalsiyga boydir.
Magniy. O’simliklar tarkibida quruq moddaga nisbatan 0,17%-ni tashkil etadi.
U o’simliklar tarkibida kaliy, azot va kalsiydan keyin to’rtinchi o’rinni egallaydi. Magniy miqdori qisqa kunli o’simliklar - makkajo’xori, qo’za va boshqalarning tarkibida ko’p bo’ladi. U xlorofill molekulasini hosil qilishda ishtirok etadi, bir qator fermentlarning faolligini oshirishda aktivator vazifasini bajaradi. Uning ko’p miqdori ribosomalarda joylashgan bo’ladi.Magniyni miqdori ko’pincha qumloq tuproklarda ko’p bo’ladi bo’z tuproqlar magniyga boy bo’ladi.
Mikroelementlar. O’simliklar qayotida mikroelementlar hammineral o’qitlar kabi muhim ahamiyatga ega. Ular miqdor jiqatdan qoyat kam bo’lishiga qaramay, o’simliklar qayotida turli tuman vazifalarni bajaradi. Modda almashuvning deyarlik barcha reaksiyalarida u yoki bu mikroelement ishtirok etishi aniqlangan.
Mikroelementlar fermentlar, vitaminlar tarkibiga kiradi, va shu tariqa fiziologik jarayonlarni boshqarishda ishtirok etadi. Tuproq tarkibidagi mikroelementlarning miqdoriga qarab, meyorda, ko’p va kam element tutuvchi tuproqlarga bo’linadi. Bu birinchi navbatda ona jins tarkibiga, o’simliklar qoplamining qarakteriga, tuproqning madaniylashgan darajasiga, yoqinlar, va yerga berilayotgan mineral va organik o’qitlar sifatiga bog’liq.
O’simliklar tomonidan o’zlashtirilayotgan mikroelementlar miqdori harxil bo’ladi. U o’simlik turi, navi, mintaqaning tuproq va iqlim sharoitlari, agrotexnik tadbirlar qarakteriga bog’liqdir. Mikroelementlar o’simliklar tomonidan anionlar va kationlarni o’zlashtirilishni osonlashtiradi, o’simliklarni meva hosil qilishiga ta'sir ko’rsatib, qosildorlikni oshiradi. Ular qishloq xo’jalik ekinlarining qosilini sifatiga hamta'sir qiladi .
Mikroelementlar oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etadi, azot va karbonsuvlar almashinuvida muhim ahamiyat kasb etadi. Ular o’simliklarni turli xil kasalliklarga va noqulay sharoitlarga nisbatan chidamliligini oshiradi. Ular yetishmasa o’simliklar kasallanadi va qatto o’lishga hamolib keladi.
Molibden. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga ta'sir qiladi . O’simliklar MoO4 - anioni sifatida o’zlashtiradi, asosan yosh organlarda to’planadi, ayniqsa bargda, xloroplastlarda ko’p bo’ladi. U asosan azot almashinuvida muhim ahamiyat kasb etadi. Nitratlarni qaytarilishda ishtirok etadi. O’simlik tarkibidagi askorbat kislota miqdoriga ta'sir ko’rsatadi.
Dukkakli o’simliklar, sabzavotlar molibdenni ko’p talab qiladi . Nordon tuproqlarda molibden miqdori kam bo’ladi. Molibden yetishmasa o’simlikni o’sishi to’xtaydi,
Temir. Oksidlanish - kaytarilish reaksiyalarida ishtirok etuvchi fermentlar tarkibiga kiradi va nafas olish jarayonida ishtirok etadi. Temir elementining yetishmasligi nafas olish va fotosintez jarayonlarigi ta'sir etib, barglar sargayadi (xloroz kasaligi) va tezda tushib ketadi. Odatda tuproqlarda temir miqdori yetarli darajada bo’ladi va u deyarli o’qit sifatida ishlatilmaydi.
Marganes - muhim mikroelement bo’lib, deyarlik barcha o’simlliklar unga talabchan bo’ladi. Xujayraga MpQQ shaklida o’tadi. U bargda ko’p to’planadi. O’simliklarning nafas olish jarayonida, oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarida, organik birikmalarni hosil bo’lishini tezlashtirishda ahamiyati katta. Bu element yetishmasa o’simlik barglarida doqlar hosil bo’ladi. Barg tomirlarini orasida sariq doqlarni hosil qiladi . O’qit sifatida foydalaniladi.
Mis. O’simliklar misni SiQQ kation sifatida foydalanadi. O’ ko’pchilik fermentlarning tarkibiga kiradi va koferment vazifasini bajaradi. Fotosintez jarayonida ishtirok etuvchi oqsil tarkibida mis miqdori ko’p bo’lib, 0,57%-ni tashkil etadi. O’simliklarni o’suvchi qismlari va uruqlarda mis ko’p bo’ladi. Uning 70%-ga yaqin bargda, xloroplastlarda to’plangan. O’simliklarni tashqinoqulay sharoitlarga bo’lgan chidamliligini oshiradi. Misning yetishmasligi o’simliklarda xloroz kasalligini paydo qiladi , o’sish, gullash jarayonlarini kechiktiradi. Daraxtlarni eng yuqori qismi qurib koladi.
Tuproq orqali oziqlanish. Mineral moddalar tuproqdan o’simlikka ildiz orqalio’tadi. Ularni ildiz orqalio’zlashtirilishda ya'ni ildizning yuza qismidan uning o’zak qismiga (ksilema paychalariga) o’tishida barcha ildiz to’qimalari ishtirok etadi. Biroq harbir to’qima o’ziga xos vazifani bajaradi. Mineral moddalarni o’simlik bo’ylab qarakati transpiratsiya va ildiz bosimi qisobiga amalga oshiriladi.
Tuproq orqali oziqlanish mexanizmlari turlicha:
Oddiy diffuziya.
Faol ko’chirilish.
Ekzo-, va endotsitoz.
Oddiy diffuziya yo’li bilan moddalarni ko’chirilishi odatda ko’p konsentratsiyadan kam konsentratsiyaga qarab harakat qiladi masalan tashqimuqitda hujayraga nisbatan mineral elementlar ko’p bo’lganda diffuziya kuzatiladi.
Faol ko’chirilishda moddalar kam konsentratsiyada ko’p konsentratsiyaga qarab harakat qiladi . Bunda metabolik energiya qisobiga moddalar ko’chiriladi, hujayra membranalarida maxsus damlagichlar bo’lib, ular NQ, NaQ, KQ ionlarini faol ko’chirilishi ta'minlaydi. Mineral moddalar o’simlik bo’ylab qarakati 2 xil bo’ladi.
1. Apoplast ya'ni qo’jayralararo yoki erkin bo’shliq bo’ylab harakat qilish.
2. Simplast - ildiz hujayralarining protoplastlari to’plami orqaliharakat bo’lib, plazmodesmalar tufayli bo’ladi. Simplastga membrana orqali o’tgan
modda keyinchalik plazmademalar orqalinaychalarga o’tadi.
Suv hujayralararo bo’shliq orqaliharakat qilib erigan moddalarni hamhujayralarga o’tishini ta'minlaydi. Tabiiy biotsenozlarda tuproqdan o’zlashtirilgan mineral moddalarning bir qismi yana yerga qaytib tushadi.
qG`q., ekinlari ekilgan maydonlarda esa mineral elementlarning miqdori yil sayin kamayib boradi. Bu o’simlikning turi, uning qosildorligi tuproq-iqlim sharoitlariga bog’liq.



Download 150.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling