Aholi bandligi muammosining iqtisodiy mohiyati


Ishsizlikning asosiy mezonlari va ko’rsatkichlari


Download 1.18 Mb.
bet10/12
Sana24.07.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1662218
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
MUXABBAT IQTISOT S 40 AHOLI BANDLIGI MUAMMOSINING IQTISODIY MOHIYATI

Ishsizlikning asosiy mezonlari va ko’rsatkichlari

Ishsizlik holatining demografik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa jihatlari quyidagi mezonlarda o’z aksini topadi: ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasida bozor muvozanatiga erishish; ishchi kuchi taklifini kamaytirish; ish joylarini ko’paytirish; iqtisodiy faol aholining mehnatda ishtirokini oshirish; kadrlar malakasi, safarbarligi va raqobatbardoshligini oshirish; aholining mehnat daromadlarini ko’paytirish va boshqalar.


Mazkur mezonlar quyidagi ishsizlik ko’rsatkichlari yordamida aniqlanadi: mavjud va yangi yaratilgan ish joylarining soni; bajarilgan ish vaqtining miqdori; aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning hajmi; mahalliy va jalb etilgan mehnat resurslarining soni; aholining migrasion oqimi; mehnatning fond va energiya bilan qurollanishi; ijtimoiy infratuzilma xizmatlarining hajmi; qishloq xo’jaligi har bir xodimining yer yuklanmasi; o’rtacha yillik ish haqi; har bir aholining uy-joy bilan ta’minlanishi; mehnat resurslarining malaka va ma’lumot darajasi; sanoat korxonalaridagi asosiy fondlardan foydalanishning smenalik koeffisiyenti; ijtimoiy ishlab chiqarishda ish bilan band bo’lmagan shaxslar va ishsizlik soni hamda ularning nafaqa miqdori; mehnatning umumiy natijalaridan va ijtimoiy infratuzilma xizmatlaridan qanoatlanish darajasi; mulkchilikning turli shakllari va mehnatni tashkil qilishning samaradorligi va hokazolar.
Yuqorida qayd etilgan mezonlar va ko’rsatkichlardan ishsizlik holatini tahlil qilish va istiqbollashtirishda hamda uning turli ko’rinishlari miqdorlarini aniqlashda foydalanish mumkin.
Bizningcha, ishsizlikning turli shakllari quyidagicha aniqlanadi.
A) Yashirin ishsizlik:
Iyash(t)qRhq (t)-R ni (t), (1.)
Bu yerda: Rhq (t) – haqiqiy band bo’lgan ishlovchilar soni (hq), ming kishi; R ni – (t) – ish bilan band bo’lishi zarur bo’lgan normativ ishovchilar soni(ni), ming kishi.
B) Mavsumiy ishsizlik:
Imav (t) qR (t)Q Rmav (t), (2.)
Bu yerda: Rmav (t) - qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash va aholiga xizmat ko’rsatishning qizg’in davrida mavsumiy ish bilan band, mehnatga layoqatli shaxslar soni, ming kishi.
V) Texnologik ishsizlik:
Itex (t) q R old (t) - Rkey (t), (3.)
Bu yerda: R old (t) va Rkey (t) yangi texnika va intensiv texnologiyani qo’llashdan oldin (oldi) va keyin (key) ish bilan band bo’lgan ishlovchilar soni, ming kishi;
G) Tarkibiy ishsizlik:
Itar (t) q(R ij.old. (t) – R ij.key (t)) Q (R xx.old. (t) – R xx.key (t) Q
(R xk.od. (t) – R xk.key. (t)) Q R qk.old (t) – R qk.key.(t), (4.)
Bu yerda: R ij.old. (t) va R ij.key (t) – mulkchilikning ijara shaklini qo’llashdan oldin va keyin ish bilan band bo’lgan ishlovchilar soni, ming kishi;
R xx.old. (t) va R xx.key (t) – xususiy xo’jaliklar paydo bo’lgandan oldin va keyin ish bilan band ishlovchilar soni, ming kishi;
R xk.od. (t) va R xk.key. (t) – hissadorlik korxonalari paydo bo’lgandan oldin va keyin ish bilan band ishlovchilar soni, ming kishi;
R qk.old (t) va R qk.key.(t) - qo’shma korxonalar paydo bo’lgandan oldin va keyin ish bilan band ishlovchilar soni, ming kishi.
Mehnat potensialidan foydalanishning ijtimoiy - iqtisodiy samaradorligini oshishi ko’proq ishsizlik darajasiga bog’liq va bu chet el va o’zimizning iqtisodiy adabiyotlarimizda turlicha aniqlanadi. Masalan, yapon statistikasida ishsizlik darajasining (I) ikkita usul amal qiladi:

ishsizlar soni


1) I q ---------------------------------------- (5)
yollanma ishchilar Q ishsizlar

ishsizlar soni


2) I q ---------------------------------------- (6)
ish bilan bandlar Q ishsizlar

Boshqacha yondashishda esa ishsizlik normasi ishsizlar sonini (Inor) mehnatga layoqatli aholi soniga nisbatan (A) bo’lish orqali aniqlanadi:


Inor q I / A * 100% (7)


Birinchi yondashishning asosiy kamchiligi shundaki, ishsizlik normasining bo’linuvchisi sifatida barcha ishchi kuchining miqdori emas, balki ish bilan band ishlovchilar soni tanlangan.
Boshqacha yondashishda esa ishsizlik normasini xarakterlashda mehnatga layoqatli aholi soni noto’g’ri foydalanilgan. Chunki mehnatga layoqatli aholining barchasi ish joylarida talabga ega bo’lavermaydi.
Bizningcha, ishsizlik darajasini ishsizlar sonini iqtisodiy faol aholi soniga bo’lish orqali aniqlash lozim:
ishsizlar soni
I q ------------------------------------ * 100% (8)
iqtisodiy faol aholi soni



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling