Aholi daromadlari, uning turlari va shakillanish manbalari


Download 63 Kb.
bet1/10
Sana06.04.2023
Hajmi63 Kb.
#1334513
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
AHOLI DAROMADLARI, UNING TURLARI VA SHAKILLANISH MANBALARI


AHOLI DAROMADLARI, UNING TURLARI VA SHAKILLANISH MANBALARI
Reja:


1. Turmush darajasi tushunchasi va ko’rsatkichlari
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadlari va ularning turlari
3. Iste’mol byudjetlarining mohiyati va turlari. Yashash minimumi va iste’mol savati


1. Turmush darajasi tushunchasi va ko’rsatkichlari


Aholining farovonlik darajasini ifodalash uchun "turmush darajasi", "xalq farovonligi", "turmush faoliyati xavfsizligi", "turmush tarzi", "mehnat faoliyati sifati", "turmush sifati" kabi turli xil tushunchalar qo’llaniladi. Ba’zan turli atamalar bir mazmunni anglatsa, boshqa hollarda ular o’rtasidagi farq muayyan xarakter kasb etadi, mazmuni sezilarli darajada farq qiladi. Shu bilan birga, mazkur tushunchalarning o’zaro bog’liqligini qayd etish lozim.
O’zbekistonda aholining moddiy, ma’naviy, ijtimoiy ehtiyojlari qondirilish darajasini ifodalaydigan "turmush darajasi" atamasi kengroq qo’llaniladi. Bunday tavsif ko’proq turmush darajasi statistikasini xarakterlaydi. Shu bilan birga turmush darajasi - ko’plab omillar yig’indisi ta’sirida bo’lgan o’zgaruvchan jarayondir. Turmush darajasi muntazam o’zgarib turadigan turli ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanadi.

rasm. Aholi ehtiyojlari va turmush darajasiga ta’sir etuvchi omillar
Ammo ish haqi miqdori ham, turmush darajasi ham ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari samaradorligining ko’lami, ilmiy-texnik taraqqiyot darajasi, aholining madaniy-ma’rifiy saviyasi va tarkibi, milliy xususiyatlar, siyosiy hokimiyatga bog’liq (7.1 rasmga qarang).
70-80-yillarda "turmush tarzi" tushunchasi keng qo’llanilgan. Bunda hayot faoliyatining sifat ko’rsatkichlari "turmush tarzi", miqdor ko’rsatkichlari esa "turmush darajasi" bilan ifodalangan. Shuningdek, aholining turmush darajasini xarakterlovchi boshqa atamalar va tushunchalar mavjud. Turmush darajasining eng mufassal talqini quyidagicha: turmush darajasi - bu jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni qoniqtirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy–iqtisodiy kategoriyadir. Bunday talqin turmush darajasining sifat va miqdor ko’rsatkichlarini yanada to’liqroq ifodalashga imkon yaratadi.
Turmush darajasi inson (aholi) hayot faoliyatining ma’lum bir qirrasi to’g’risida tasavvur beradigan ko’rsatkichlar tizimi bilan belgilanadi. Turmush darajasi to’g’risida batafsil ma’lumot olish uchun aholi daromadlari va ehtiyojlari, iste’mol darajasi va tarkibi, uy-joy, mol-mulk, madaniy-maishiy buyumlar va boshqalar bilan ta’minlanganlik darajasini chuqur o’rganish lozim.
Turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar turli-tuman bo’lib, turmush darajasi konsepsiyasi bilan uzviy bog’liq. Ayrim muhim ko’rsatkichlar 7.1-jadvalda keltirilgan.
jadval
Turmush darajasining asosiy ko’rsatkichlari





Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling