Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi
Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi
Download 113.29 Kb. Pdf ko'rish
|
27. Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi
Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi
. 531 Bizning misolda AV yoysimon chiziq bilan AV to‘g‘ri chiziq o‘rtasidagi farqqa qanchalik kattalashsa daromadlarda tengsizlik shunchalik kuchli bo‘ladi. Tengsizlikning haddan oshib ketishiga yo‘l bermaslik uchun uning me’yori kiritilgan. Bunga ko‘ra boylar qo‘lida ja’mi daromadlarning 25-35 foizi to‘planishi mumkin. Boshqa bir me’yorga ko‘ra 10 foiz boylar va 10 foiz kambag‘allar daromadi o‘rtasidagi farq 13-15 martadan oshmasligi talab qilinadi. O‘zbekistonda bu farq turli yillarda 11 dan 2012 yilda 8 martagacha qisqargan. Buni davlatning faol ijtimoiy siyosati ta’minlagan 6 . Daromadlar tabaqalanishini aniqlashning ko‘proq qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlaridan bir ditsel koeffistienti hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 10% ancha yuqori ta’minlangan aholi o‘rtacha daromadlari va 10% eng kam ta’minlanganlar o‘rtacha daromadi o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi. 2012 yilda O‘zbekistonda aholining eng ko‘p ta’minlangan 10 foizi va eng kam ta’minlangan 10 foiz qatlami daromadlari o‘rtasidagi tafovut 8 barobarni tashkil etgan. Bu jahonda eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, jamiyatning keskin tabaqalanishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning samarasidir. Yalpi daromadning aholi guruhlari o‘rtasida taqsimlanishini xarakterlash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffistienti) ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. Bu ko‘rsatgich (italiya iqtisodchisi va statistigi Korrado Jini (1889- 1965)) nomi bilan ataladi. Bu ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli bo‘ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko‘rsatkich 0 (nol)ga intiladi. Lorens egri chiziqi bilan bog‘liq daromadlarning tengsizligi darajasini aniqlashning ancha qiziqarli usullardan biri Shvedsariya iqtisodchisi Paretoga tegishli. U daromadlar taqsimlanishini tadqiq qilib eng kam va eng yuqori darajada daromad oladigan tabaqalar ulushi aholining kamchilik qismini tashkil etishini ko‘rsatadi. Jumladan, AQShda barcha aholiga nisbatan eng kam daromad oluvchilar 13,5 foizni, eng 6 Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue. Economics: Tamoyillar, muammolar va siyosat. O’n ettinchi Nashr. 616- 620 b. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling