Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi
Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi
Download 113.29 Kb. Pdf ko'rish
|
27. Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi
Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi
. 529 Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday darajasi bilan belgilash mumkinki, undan keyin ishchi kuchini takror hosil qilishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi ya’ni qashshoqlikning boshlanishi sifatida chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘rtacha daromad «o‘rtacha sinf» deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo‘yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste’molchilik savati to‘plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlar, sayr qilish va bolalarini o‘qitish imkoniyati, qimmatli qog‘ozlar va zebu ziynatlar kiradi. O‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, hozirgi paytda mamlakatimiz aholisining 50 foiziga yaqini o‘zini o‘rta toifaga mansub deb biladi. Holbuki, 2000 yilda atigi 24 foiz aholi o‘zini shu toifaga mansub deb hisoblagan 3 . Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta’minlangan yoki “boy” qatlami mavjud bo‘lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovarlar xarid qilishga layoqatli bo‘lgan juda oz qatlami kiradi. AQShda aholi bu qismining shaxsiy imkoniyati 8 -10 mln. dollar deb baholanadi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlar muvaffoqiyati, aholi turmush darajasi va hayot sifatini oshrish bo‘yicha erishilgan yutuqlar etakchi xalqaro tashkilot hamda ekspertlar tomonidan xolisona baholangan. 2012 yilda Buyuk Britaniyaning xalqaro miqyosda tan olingan Legatum instituti o‘zining farovonlik va rivojlanish indeksida O‘zbekistonni dunyo mamlakatlari orasida 64 o‘ringa kiritgani e’tiborga loyiqdir. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov qayd qilganidek ijtimoiy farovonlik, jumladan, umr ko‘rish davomiyligi, oilalarning tinchligi va osoyishtaligi, ishsizlik darjasining pastligi, ijtimoiy infratuzilmadan foydalanish darjasi bo‘yicha ham O‘zbekiston jahon hamjamiyatida havas qilarli o‘rinni egallab turibdi 4 . Download 113.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling