Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi


Download 113.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi113.29 Kb.
#1571138
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
27. Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi



 
 
 
 
27

М A V Z U 
AHOLI DAROMADLARI VA UNING
TABAQALANISHI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mavzuning qisqacha tafsiloti. 
Bu mavzuda aholi guruhlari 
bo‘yicha 
daromadlar 
taqsimlanishi 
dinamikasini 
taqqoslash, iste’molchilik byudjeti 
asosida 
amalga 
oshirilishi 
ko’rsatilgan. Qator iste’molchilik 
byudjetlari mavjud bo‘lib, ulardan
o‘rtacha oila uchun, yuqori 
darajada 
mo‘l-ko‘l 
byudjet, 
minimal moddiy ta’minlanganlar 
byudjeti, 
nafaqaxo‘rlar 
va 
aholining 
boshqa 
ijtimoiy 
guruhlari byudjeti ko’rib chiqimiz.
 
REJA 
 
1. Aholi daromadlari va 
uning tarkibi. Aholi 
turmush darajasi va 
uning ko‘rsatkichlari. 
2. Daromadlar tengsizligi va 
uning darajasini aniqlash.
 
3. O‘zbekistonda davlat 
ijtimoiy siyosatning 
asosiy yo‘nalishlari. 


 Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi 
 

526 
 
Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush 
darajasi va uning ko‘rsatkichlari 
Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir yilda) ular 
tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha 
ko‘rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi 
«Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko‘rinishida 
keltirilgan. 
Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari 
quyidagilardan iborat: 
- davlat sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar; 
- shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a’zolariga bank ssudalari; 
- jamg‘arma bankidagi omonatlar bo‘yicha foizlar; 
- aksiya, obligatsiya qiymatining o‘sishidan olinadigan daromad va zayom 
bo‘yicha to‘lovlar; 
- lotereya bo‘yicha yutuqlar
- tovarlarni kreditga sotib olish natijasida paydo bo‘ladigan vaqtincha bo‘sh 
mablag‘lar; 
- har xil turdagi kompensatsiya to‘lovlar va hokazo. 
Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichlari 
tizimi o‘z ichiga quyidagi guruhlarni oladi: 
1) 
tug‘ilish va o‘lish darajasi hamda boshqa demografik ko‘rsatkichlar; 
2) 
hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari; 
3) oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish; 
4) turar joy sharoitlari; 
5) aholining daromadlari va xarajatlari; 
6) hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari; 
7) transport vositalari
8) dam olishni tashkil etish; 
9) ijtimoiy ta’minot; 
10) inson erkinligi. 
Bu asosiy ko‘rsatkichlardan tashqari yana 
ba’zi bir axborotga oid ko‘rsatkichlar ham 
ajratib ko‘rsatiladi: aholi jon boshiga to‘g‘ri 
keluvchi YaIM, aholi jon boshiga to‘g‘ri 
keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga 
to‘g‘ri keluvchi iste’mol hajmi va boshqalar. 
Bozor tizimi iste’molni ta’minlashning 
eng samarali usullarini yaratib ayni vaqtda aholi 
daromadlarini oshirib borishga keng yo‘l ochib 
Birinchi 
Prezidentimiz 
I.Karimov 
ta’kidlab 
o‘tganlaridek: 
“mustaqillik 
yillarida 
odamlarimizning 
tafakkuri, 
dunyoqarashi, 
hayotga bo‘lgan munosabati 
ham tubdan o‘zgaradi”. 

Download 113.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling