Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi
Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi
Download 113.29 Kb. Pdf ko'rish
|
27. Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi
Aholi daromadlari va uning tabaqalanishi
. 528 daromadlari 12,7% ni tashkil qiladi. MDX mamlakatlari ichida faqatgina Belorussiyada bu ko‘rsatkich O‘zbekistonnikidan yuqori (18,8%), boshqa MDX davlatlarida esa u 8% dan oshmaydi. Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi, hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin. Shu sababli, aholi turmush darajasi va sifatini baholashda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad bilan bir qatorda, ular hayot darajasini belgilaydigan bir qator muhim ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. Bular quyidagilar: yashash sharoitlari va standartlari; qulay va zamonaviy uy – joylar bilan ta’minlanganligi; kishilar yashash muhiti rivojlanganligi va obodonlashtirilganligi; zaruriy infratuzilma mavjudligi va uning samarasi; aholining sifatli iste’mol tovarlari, xususan mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan ta’minlanganligi; zamonaviy ta’lim hamda sog‘liqni saqlash tizimidan bahramand bo‘lishi. O‘zbekistonda hozirgi paytda barcha oilalarning 97 foizi o‘z uyiga ega, aholining 90 foizi uzoq muddat foydalaniladigan barcha asosiy tovarlar bilan ta’minlangan, har uch oiladan biri shaxsiy engil avtomobilga ega, aholi iste’mol mahsulotlari bilan etarli darajada ta’minlab kelinadi 2 . Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a’zolarining alohida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog‘liq. Turmush darajasini mamlakat darajasida butun aholi uchun va tabaqalashgan mikro darajada aholining alohida guruhi uchun qarab chiqish mumkin. Birinchi yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush darajasini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ichki milliy mahsulot ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi. Aholi guruhlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash, iste’molchilik byudjeti asosida amalga oshiriladi. Qator iste’molchilik byudjetlari mavjud bo‘lib, ulardan o‘rtacha oila uchun, yuqori darajada mo‘l-ko‘l byudjet, minimal moddiy ta’minlanganlar byudjeti, nafaqaxo‘rlar va aholining boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti, shular jumlasidandir. 2 Каримов И.А. Бош мақсадимиз – кенг кўламли ислоҳотлар ва модернизация йўлини қатъият билан давом эттириш. Т.: Ўзбекистон, 2013. 31-33 бетлар. Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko‘rsatadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling