Aholi geografiyasi va demografiya
III.BOB. Demografik tahlil asoslari
Download 0.81 Mb.
|
Aholi geoo
- Bu sahifa navigatsiya:
- .2. Tug‘ilishning demografik tahlili
- Tug‘ilishning umumiy koeffisienti
III.BOB. Demografik tahlil asoslari. Demografik vaziyat va demografik tahlil Demografik vaziyat ma’lum davrdagi ma’lum hududning demografik holati bo‘lib, u aholining soni, tarkibi va demografik jarayonlari asosida yuzaga keladi. Aholi soni-ma’lum hudud yoki aholi guruhidagi insonlarning miqdoriy ifodasidir. Aholi geografiyasi va demografik tadqiqotlarda aholi soni eng asosiy ko‘rsatkichdir. Yuqorida qayd etilganidek aholi soni dinamikasidagi o‘zgarishlarni tahlil etganda uning absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Aholi sonining juda yuqori sur’at bilan ko‘payib, yoki kamayib ketishi demografik vaziyatni keskin o‘zgarishiga olib keladi. Demografik vaziyatning shakllanishida aholining sosial, yosh jinsiy va oilaviy tarkibi, muhim omil hisoblanadi. Jinsiy mutanosiblik, aholi tarkibida reproduktiv yoshdagi aholi, yoshlar salmog‘ining yuqoriligi nikoh va tug‘ilish jarayonlariga ijobiy ta’sir etib, aholi sonining muntazam ko‘payib borishini ta’minlaydi. Aksincha, aholi tarkibida qariyalar salmog‘ining yuqoriligi demografik vaziyatga o‘ziga hos ta’sir etadi. Bunday vaziatda aholi tabiiy o‘sishi kamayib, mehnat resurslari shakllanishi sustlashadi va h.k. Demografik vaziyatni yuzaga kelishida demografik jarayonlar alohida ahamiyatga egadir. Demografik jarayonlar-insonlarning hayotida ularning avlodlarini almashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarning kechishidir. Asosiy – demografik jarayonlarga tug‘ilish, o‘lim, nikoh va ajralish (nikohning bekor etilishi yoki tugatilishi) kiradi. Demografik jarayonlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki xil xusuiyatga egadirlar. Birinchisi, tug‘ilish va nikoh bo‘lib, bu jarayonlar avlodlar almashinuvida, inson naslini davom etishida, aholi soninig ko‘payib borishini ta’minlovchi-ijobiy xususiyatga ega bo‘lgan to‘ldiruvchi omillardir. O‘lim va ajralish esa aksincha, aholi sonini qisqarishiga olib keluvchi, avlodlar almashinuviga salbiy ta’sir etuvchi-kamaytiruvchi omillar hisoblanadi. Demografik jarayonlar ta’sirida aholida har kuni, har soatda turli demografik hodisalar sodir bo‘ladi: ko‘plab chaqaloqlar tug‘iladi, aholining ma’lum qismi hayotdan ko‘z yumadi, qator nikohlar qayd etilib, yangi oilalar tashkil topadi, ba’zi nikohlar esa buziladi, ajraladilar, aholini bir qismi ko‘chib ketsa, yana bir qismi esa ko‘chib keladi. Shunday qilib, demografik tarkib yildan-yilga o‘zgarib turadi. Bunday jarayonlar bir qaraganda, oddiy, bo‘lishi muqarrar jarayonlardek ko‘rinadi. Lekin mazkur jarayonlarning sodir bo‘lishi juda ko‘p sosial-iqtisodiy omillar bilan bog‘liqdir. Ana shu omillarni demografik jarayonlarga ta’siri, ta’sir mexanizmi vaqtlar davomida jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o‘zgarib turadi. Natijada demografik jarayonlar ham miqdor ham sifat jihatidan har bir davrda, ijtimoiy-iqtisodiy formasiyada turlicha kechadi. Shu bois demografik jarayonlarni o‘rganishda avvalo: 1) alohida demografik jarayonlar, umuman aholi takror barpo bo‘lishi xususiyatlarini o‘zgarishida qanday qonuniyatlar mavjud; 2) alohida davrlar formasiyalar demografik jarayonlarining shakllanishida, aholi takror barpo bo‘lishiining sifatiy xususiyatlarida qanday omillar asos bo‘lgan? kabi savollarga javob berish lozimdir. Mazkur savollarning javobi esa demografik tahlil yordamida aniqlanadi.Demografik tahlilning asosiy vazifasi eng avvalo, demografik jarayonlar aholi takror barpo bo‘lishi rivojlanishining barcha sifatiy qonuniyatlarini, sosial-iqtisodiy shart-sharoitlarini, ma’lum davrda yoki ijtimoiy-iqtisodiy bosqichda demografik jarayonlarga ta’sir etgan omillar tizimini aniqlashdan iboratdir.Demografik tahlilda demografik jarayonlarning absolyut (miqdoriy ifodasi) va nisbiy (demografik koeffisientlar) ko‘rsatkichlaridan, demografik statistika, kartografik va demografik uslublardan foydalaniladi.3.2. Tug‘ilishning demografik tahlili Aholi takror barpo bo‘lishida ya’ni yangi avlodlarning dunyoga kelib, insoniyat naslini davom etishida tug‘ilish-muhim demografik jarayon hisoblanadi. Demografik jarayonlarni mukammal o‘rganishda, ularni turli aholi guruhlari, davlatlar, dunyo hududlari bo‘ylab qiyoslashda, kelajak istiqbolini aniqlashda, demografik koeffisientlardan foydalaniladi. Ushbu koeffisientlar yordamida o‘rganilayotgan demografik jarayonning kerakli jihatlari chuqur va qiyosiy darajada o‘rganiladi. Ma’lum tarixiy davr yoki ikki hudud orasida demografik farqlarni statistik ma’lumotlar orqali bevosita aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun har bir demografik jarayonni mahsus ko‘rsatkichlar, ya’ni koeffisient yordamida o‘rganiladi. Buning uchun qayd etilgan demografik jarayonning 1000 kishiga nisbatan bo‘lgan miqdori aniqlanadi. Demak, 1000 kishi demografik jarayonlarni o‘rganishda mezon hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich yuqorida qayd etilganidek “promille” deb yuritiladi va quyidagicha- “‰” belgilanadi. Demografik koeffisientlar alohida demografik jarayonlarni ifodalaydi. Demografik koeffisientlar umumiy, maxsus va xususiy jihatlarga egadir. Tug‘ilish va uning koeffisientlari. Tug‘ilish-ma’lum avlodlarni tashkil etuvchi aholi guruhidagi bola ko‘rish jarayonidir. Tug‘ilish-biologik jarayon. Lekin u ijtimoiy-iqtisodiy muhit ta’sirida o‘zgarib boradi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tarkibidlagi o‘zgarishlar tug‘ilish darajasini belgilaydi. Tug‘ilishning biologik asosi insonning pushtliligi, (plodovitos) nasl qoldirish, avlod qoldirish qobiliyatidir. Erkak bilan ayol, yo’ni nikoh juftlarining farzand ko‘rishga bo‘lgan biologik qobiliyati pushtlilik, deb ataladi va bu tushuncha demografiyada ko‘proq ayollarga nisbatan qo‘llanilib, har bir ayolning farzand ko‘rish davridagi (o‘rtacha 15-49 yosh) jami homiladorligi bilan belgilanadi. Pushtlilik erkak va ayolning biologik xususiyatlariga, salomatligiga bog‘liqdir. Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, sog‘lom ayollar farzand ko‘rish davrida eng ko‘pi 35 tagacha homilador bo‘lishi (egizaklar ham bitta homiladorlik hisoblanadi) mumkin ekan. Lekin har bir ayol o‘rtacha 10-12 ta tirik farzand ko‘rishi, 10-15 marta homilador bo‘lishi (o‘lik tug‘ilishi, bola tashlash holatlari bilan birga) mumkin. Tug‘ilish-tirik tug‘ilgan bolalarni ifodalovchi biologik jarayon bo‘lib, u insonlarning reproduktiv mayli, ya’ni farzand ko‘rishga bo‘lgan munosabati bilan bog‘liqdir. Reproduktiv mayl esa inson yashayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muhit bilan bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Natijada inson o‘z pushtliligidan, ya’ni bola ko‘rishga bo‘lgan biologik imkoniyatidan to‘la foydalanmaydi. O‘zining bolani tarbiyalab voyaga yetkazish uchun zarur bo‘lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, farzand ko‘rishga harakat qiladi, ya’ni farzandlar tug‘ilishini cheklaydi, nazorat etadi. Yuqorida qayd etilgandek, tug‘ilishning umumiy, maxsus va hususiy koeffisientlari mavjud bo‘lib, ular asosida tug‘ilish darajasi aniqlanadi. Tug‘ilishning umumiy koeffisienti. Har 1000 aholiga nisbatan tug‘ilgan bolalar sonini ifodalaydi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi. T-o‘rganilayotgan davr (yil) R-o‘rganilayotgan davrdagi aholining o‘rtacha soni N-o‘rganilavyotgan davrda tug‘ilgan bolalar soni Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling