Aholi geografiyasi va demografiya
Download 0.81 Mb.
|
Aholi geoo
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. BOB. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari o‘quv kursiga kirish. 1. 1. Aholi geografiyasi va uning predmeti, vazifalari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI M.R. BO‘RIEVA, Z.N. TOJIEVA, S.S. ZOKIROV AHOLI GEOGRAFIYASI VA DEMOGRAFIYA ASOSLARI (o‘quv qo‘llanma) Toshkent 2011 Mazkur o‘quv qo‘llanma, aholi geogrfiyasi va demografiya fanlari dasturi asosida tayyorlangan bo‘lib, unda aholi geografiyasi va demografiya fanlarining predmeti, vazifalari, fan sifatida shakllanish tarixi, aholi soni va takror barpo bo‘lishi, tarkibi, asosiy demografik jarayonlar, shahar aholisi va shaharlar geografiyasi, qishloq aholisi va qishloqlar geografiyasi, hamda dunyoning demografik holati bilan bog‘liq global muammolar yoritib berilgan. Qo‘llanma universitetlar va pedagogik oliy o‘quv yurtlarining geografiya fakultetlari talabalari, magistrlari, ilmiy izlanuvchilar va aholishunos mutaxxasislarga mo‘ljallangan. Ma`sul muharrir: g. f. d., professor Soliev A. S. Taqrizchilar: g. f. n., dosent Nazarov M. I. g. f. n., dosent Abdalova Z. T.
Geograf mutaxassis tayyorlashda “Aholi geografiyasi va demografiya asoslari” o‘quv kursi muhim o‘rinni egallaydi. Ayniqsa iqtisodiy va ijtimoiy geografiya yo‘nalishida mazkur o‘quv kursi ahamiyatlidir. Ma’lum davlat, yoki hududni iqtisodiy nuqtai nazardan talqin etish, unda istiqomat etayotgan aholi soni, dinamikasi, yosh-jinsiy oilaviy tarkibi, zichligi, shaharlar, qishloqlar va halq xo‘jaligi sohalari bo‘yicha taqsimlanishini o‘rganishdan boshlanadi. Zero aholi jamiyat rivojlanishida asosiy ishlab chiqaruvchi kuch va iste’molchidir. Ayniqsa insoniyat taraqqiyotining hozirgi davrida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, ekologik muammolar, hatto ulkan tabiiy hodisalarning vujudga kelishida inson faoliyati bilan bog‘liq antropogen omillar asosiy omil bo‘lib kelmoqda. Zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy vazifalaridan biri aholi ishlab chiqarish faoliyatining hududiy hususiyatlari, ularga ta’sir etuvchi ijtimoiy, iqtisodiy va demografik omillar ta’sirini, hamda aholi prognozini o‘rganishdir. Ushbu muammo tabiyat, xo‘jalik va aholini o‘rganish borasida olib boriladigan mukammal geografik tadqiqotlarning ajralmas, muhim qismidir. Aholi geografiyasi dunyo va uning alohida hududlarida aholi soni va tarkibi, takror barpo bo‘lishi qonuniyatlari, migratsiyasi, joylashuvi, aholi maskanlari va ularning shakllanishi, turlari hamda urbanizasiya jarayonlari haqida bilim beradi. Aholi geografiyasi tadqiqotlarida asosiy e’tibor aholining takror barpo bo‘lish jarayoni, mehnat resurslari va ulardan foydalanish, aholi zichligi va joylashuvi aholi migratsiyasining intensivligi, yo‘nalishi, tarkibi, aholining turmush tarzi, madaniyati mehnat malakalaridagi hududiy farqlarini va hususiyatlarini o‘rganishga qaratiladi. Demografik tarkib va aholi takror barpo bo‘lishidagi hududiy jihatlarni o‘rganishda o‘rganilayotgan hududning demografik holati, ya’ni vaziyatini tadqiq etish, muhim ahamiyatga egadir. Bunday tadqiqotlarda geografiyaning asosiy vazifasi hududning ma’lum davridagi aholi soni, tarkibi, tug‘ilish, o‘lim, nikoh, ajrim kabi demografik jarayonlarga kompleksi va hududiy sharoitlarining ta’sirini o‘rganish, hamda aholi takror barpo bo‘lish jarayonini hududning rivojlanishiga ta’sirini aniqlab berishdan iborat. Aholi geografiyasi hududiy, demografik farqlarini o‘rganar ekan, demografik fani bilan uzviy aloqada bo‘ladi. Aholi takror barpo bo‘lishi qonuniyatlarini o‘rganish va aholi prognozini ishlab chiqish geograf mutaxassisdan ma’lum demografik bilimlarni bilishni taqozo etadi. Mazkur o‘quv kursida talaba demografik vaziyat va demografik tahlil, aholi takror barpo bo‘lishi jarayonidagi asosiy omil – tug‘ilish va uning ko‘rsatkichlari, omillari, oqibatlari, hududiy hususiyatlari, aholi o‘limi va uning sabablari, hayot davomiyligining hududiy jihatlari dunyo davlatlarining demografik muammolari, demografik o‘tish konsepsiyalari, demografik siyosat va uni o‘tkazish geografiyasi haqida ta’lim oladi. Shuningdek, ushbu o‘quv qo‘llanmada aholining jins-yosh va oilaviy, etnik irqiy tarkibi, mehnat resurslari va aholi bandligi, shaharlar va shahar aholisi, kishloqlar va kishloq aholisi geografiyasi ham yoritilgan. Havola etilayotgan “Aholi geografiyasi va demografik asoslari” o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik davrida jaxon ta’lim tizimi standartlari asosida tayyorlangan o‘zbek tilidagi dastlabki qo‘llanmalardan bo‘lib, uning asosiy vazifasi o‘quvchiga dunyo aholisi rivojlanishining hozirgi zamon hususiyatlari va qonuniyatlarini ochib berish, aholi va aholi maskanlari dinamikasi, tarkibi, mehnat resurslari va ulardan foydalanish, aholi prognozini geografik hususiyatlarini yoritish va aholini geografik o‘rganish uslublarini ko‘rsatishdan iboratdir. Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Milliy universiteti geografiya fakulteti o‘qituvchilari: M.R. Bo‘rieva (I, II, III boblar va IV bobning 1§ ), Z. Tojieva (V bob), S. Zokirov (IV bobning 2§, 3§, 4§, 5§ lari) lar tomonidan tayyorlangan.
Geografik ta’lim tizimida aholi haqidagi bilimlar muhim o‘rinni egallaydi. Yer kurrasi, uning alohida hududlarini, davlatlarni, geografik tahlil etish uch qismdan iborat bo‘lib, ular o‘rganilayotgan hududning tabiati, aholisi va xo‘jaligini tashkil etadi.Aholi deganda ma’lum hududda yashovchi kishilar guruhi tushuniladi. Mazkur guruxlar zaminida jamiyat shakllanadi. Yer kurrasada insoniyat paydo bo‘lganidan to hozirga qadar bir qancha davrlar o‘tdi. Ana shu davrlarda inson, jamiyat o‘z mavjudligini saqlash va rivojlanish uchun muntazam harakat qilib keldi. Ushbu jarayonda aholi tabiiy resurslardan foydalanib, moddiy ehtiyoji uchun zarur vositalarni yaratdi, xo‘jalik tizimini barpo etdi, rivojlantirdi. Ana shunga monand yer kurrasida aholi va aholi maskanlarining soni ham ko‘payib bordi. Demak jamiyatni rivojlanishida uch asosiy omil – aholi, tabiiy resurslar va xo‘jalik o‘zaro bog‘liq holda alohida ahamiyat kasb etadi va geografiya fanining asosiy ob’ekti hisoblanadi. Geografiya fani esa o‘z o‘rganish predmeti, maqsadi va mohiyatiga qarab bir nechta qismlarga bo‘linadi. Ularga shartli ravishda tabiiy (tabiiy geografiya, umumiy yer bilimi, landshaftshunoslik, paleogeografiya, geomorfologiya, iqlimshunoslik, gidrologiya, biogeografiya, tuproqshunoslik), sosial (umumiy sosial-iqtisodiy geografiya, aholi geografiyasi, rasseleniya va mehnat resurslari, siyosiy geografiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, xizmat ko‘rsatish, madaniyat va boshqalar geografiyasi), tabiiy-sosial (ijtimoiy-ekologiya, geoekologiya, tarixiy, tibbiy, rekrasion geografiya, okeanlar geografiyasi, resursshunoslik va tabiatdan foydalanish) va geografiyaga bilvosita dahldor fanlar (kartografiya, geografiya tarixi, toponimika, metageografiya)1 qismlarini kiritish mumkin. Aholi geografiyasi geografiya fanlari tasnifidagi sosial qismga kiruvchi o‘z ob’ekti va predmetiga ega bo‘lgan alohida fandir. Aholi geografiyasining o‘rganish ob’ekti aholi va aholi soni, dinamikasi, tarkibi va takror barpo bo‘lishidagi geografik farqlar; aholining hududiy taqsimlanishi va joylashuvi; madaniyati, turmush tarzidagi hududiy jixatlari; aholi migratsiyasining tarkibi va yo‘nalishlari; mehnat resurslari va ulardan foydalanishning geografik farqlari; aholi punktlapi va ularning hududiy tizimini o‘rganish tashkil etadi. 2 Demak aholi geografiyasi tadqiqotlari uning o‘rganish ob’ektiga monand, ikki qismga bo‘linadi. Ularning birinchisi dunyo va uning kontinentlari davlatlar va ularning ma’muriy hududiy birliklari bo‘yicha aholini o‘rganish; ikkinchisi esa aholi punktlapi va ularning joylashuvi tizimining hududiy farqlarini tahlil etish. Aholi geografiyasi aholi va aholi punktlapini o‘rganar ekan quyidagi yo‘nalishlar asosida tadqiqotlar olib boradi: Aholi soni dinamikasi, ijtimoiy, iqtisodiy, oilaviy va hududuiy tarkibi, takror barpo bo‘lishidagi farqlar va ularning sabablarini o‘rganish. Aholi hududiy tarkibidagi mexnat resurslari va bu resurslardan foydalanishdagi geografik farqlarni o‘rganish. Aholi bu yo‘nalishda ishlab chiqaruvchi kuch sifatida qaraladi va geografiyaning xo‘jalik bilan va boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro aloqagasiga tayanadi Aholining hududiy taqsimlanishi va migrisiyaisini o‘rganish. Aholi zichligi va undagi farqlarni tahlil qilish, migratsiyasini ayniqsa, aholining qo‘chib kelib joylashishini, mamlakatlar mikyosida aholi joylanishidagi o‘zgarishlar, migratsiya tufayli alohida hududlardagi aholi tarkibi va sonidagi o‘zgarishlarni o‘rganish shular sirasiga kiradi. Aholi punktlapi va ularning hududiy tizimini o‘rganish. Bu yo‘nalish shahar va qishloq aholi punktlapi, ularning rivojlanish va joylanish xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Aholi punktlapi joylanishini geografik o‘rganishda aholi geografiyasi va xo‘jalik geografiyasi o‘rtasidagi aloqa juda mustahkam bo‘lishi kerak. Aholining madaniyati va turmush sharoitidagi geografik farqlar va bu farqlar sabablarini o‘rganish. Mazkur bo‘limda aholi geografiyasi birinchidan sosiologiya va etnografiya, ikkinchidan aholiga xizmat ko‘rsatish geografiyasi, ayniksa tibbiyot bilan yaqin hamkorlik qiladi. Xalqlar geografiyasini balkim, ularning madaniyat va turmush sharoitining milliy xususiyatlari bilan birgalikda berilsa, maqsadga muvofiqdir. Aholi geografiyasining tarixini o‘rganish. Ushbu bo‘limda tarixiy geografiyaning qismi hisoblangan o‘tgan tarixiy davrlarni olib o‘rganadi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling