Kurs ishi ob’yekti va predmeti. Kurs ishining ob’yektini yangi ish joylarini tashkil eishni takomillashtirish, qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish tizimi tashkil etish, predmeti esa –yangi ish joylarini tashkil etish yo`nalishlarini rivojlantirish, ish bilan bandlikni oshirish bo`yicha iqtisodiy munosabatlarni o`rganishdan iboratdir.
Kurs ishi maqsadi va vazifalari. Iqtisodiy o`sish sharoitida yangi ish joylarini tashkil etishni rivojlantirish takomillashtirish bo`yicha nazariy va ilmiy asoslangan xulosa va takliflar ishlab chiqish Kurs ishining maqsadini tashkil qiladi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko`zda tutilgan:
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi ish bilan bandligining yangi turlarini shakllanishi shart-sharoitlarini yoritish;
Yangi ish joylarini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmuni ochib berish;
Yangi ish o`rinlari tashkil etishni hisobga olish usullarini yoritish;
Yangi ish o`rinlarini tashkil etish yo`nalishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ko`rib chiqish;
Iqtisodiy o`sishni ta`minlashda yangi ish joylarini tashkil etishga doir ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
Do'stlaringiz bilan baham: |