Aholi o’rtasida ishsizlik muammosi


Tadqiqot ishining obyekti


Download 71.99 Kb.
bet2/10
Sana11.01.2023
Hajmi71.99 Kb.
#1089405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tadqiqot2

Tadqiqot ishining obyekti sifatida aholini ish bilan ta’minlashni rivojlantirish va uning tarkibiy qismi bo’lgan mahalliy byudjetlarni ijtimoiy himoya harakatlarini moliyalashtirish belgilab olindi.
Tadqiqot ishining predmeti bo‘lib O’zbekiston Respublikasi davlat mablag’lari hisobidan aholini band qilish xarajatlarini moliyalashtirish jarayonida vujudga kelgan moliyaviy munosabatlar hisoblanadi.
Tadqiqot ishining asosiy vazifasi. Aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini bandligini ta‘minlash va uning samaradorligini oshirish bo’yicha Davlat tomonidan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot ishining vazifalari. Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilangan:

  • Davlatning ijtimoiy siyosati va aholining bandligi bo’yicha huquqlarini o’rganish.

  • Ishsizlik asosiy qatlamini o‘rganish va undagi dolzarb muammolarni tahlil qilish.

  • Iqtisodiy islohotlar sharoitida aholini bandligini ta‘minlashning samaradorligini oshirish va ishsizlarning bandlik foizni pasaytirish va shu



1.Ishsizlik muammosi va u haqida umumiy tushunchalar .
Ishsizlik juda ko‘p muammolarga zamin yaratadi — jinoyatchilik oshadi, oilalarda notinchlik paydo bo‘ladi, bolalarning tarbiyasi buziladi. Ishsizlikning ma’lum darajaga yetishi hatto davlatchilik tanazzuliga ham sabab bo‘lishi mumkin. Ishsizlik — bir qism iqtisodiy faol aholining oʻziga loyiq ish topa olmasdan qolishi va mehnat zaxirasiga aylanishi. Oʻzbekistonda Ishsizlik tushunchasi rasman 1992-yil “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi qonunining qabul qilinishi bilan meʼyoriy kuchga ega boʻldi (1998-yil 1 mayda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi).Ishsizlik inson manfaatlariga toʻgʻridan toʻgʻri taʼsir qiladigan yirik ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biri hisoblanadi. Ish joyini yoʻqotish koʻp kishilar uchun oilaviy turmush darajasining pasayishini, shaxsiy hayotining notinchligini keltirib chiqaradi, kishiga jiddiy ruhiy taʼsir koʻrsatadi.Ishsizlik muammosini o‘rganishdan asosiy maqsad aholining ish bilan bandligini yaxshilash orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Ma’lumki, O‘zbekiston dunyo hamjamiyati davlatlari o‘rtasida aholisining jadal o‘sib borayotganligi bilan ajralib turadi. Mamlakat aholisining soni har yili o‘rtacha 550-600 ming kishiga, mehnatga layoqatli aholi soni esa 250-300 ming kishiga ko‘paymoqda. Bunday vaziyat o‘z navbatida aholining ish bilan bandligini oshirish, buning uchun esa ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida uzluksiz ish olib borishni taqozo etadi. Aks holda, aholining 132 turmush darajasining pasayib borishi, mamlakatda ishsizlar sonining ortib borishi bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishi mumkin . Nazariy jihatdan qaraganda ishsizlik iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u insonning mehnat qilish huquqi, uning o‘z mehnatga qodirligini yuzaga chiqarish huquqi kabi tabiat bergan huquqini amalga oshirish borasida yollanma xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasida kechadigan munosabatlarni aks ettiradi. Shu bilan birga, bunda gap nafaqat hayotning o‘zini saqlab qolish va takror tiklab borish uchun zarur bo‘lgan vositalarni ta’minlash jihatidan, balki shuningdek hayotiy faoliyat shakli bo‘lmish mehnatga oid tabiiy ehtiyojni ro‘yobga chiqarish jihatidan ham insonning mehnat qilish huquqi, uning mehnatga qodirligini yuzaga chiqarish huquqini amalga oshirish to‘g‘risida boradi. Muammoga sof iqtisodiy jihatdan qaraganda ishsizlik – mamlakat aholisining mehnat qilishga qodir bo‘lgan va mehnat qilishni istaydigan, har bir aniq paytda soni ko‘proq yoki kamroq bo‘ladigan muayyan miqdordagi qismining ish bilan ta’minlanmaganligidir. Ushbu ta’rifni olib qaraganimizda ishsizlarga quydagilar kiradi:


Ish izlamoqchi bo’lganlar.

Ishga ega bo‘lmaganlar.


Ishlamoqchi bo’lganlar.


1-rasm. Ish bilan ta‘minlamagan insonlarning turlari.
Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy statistika ma’lumotlariga ko‘ra ishsizlar sirasiga va ish bilan band degan maqom berish uchun o‘tkazilgan so‘rovlar paytida ish bilan band bo‘lmaganlar guruhiga ishdan bo‘shagandan so‘ng to‘rt hafta mobaynida ish topishga uringan va mehnat birjasida ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar kiritiladi. Yaponiyada ishsiz shaxs deb, so‘nggi bir hafta davomida bir soat ham ishlamagan, Buyuk Britaniyada esa, so‘nggi bir hafta mobaynida ishlamagan, shu davr mobaynida ish qidirgan yoki kasalligi tufayli ish qidirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar tushuniladi.Shunday bo‘lsa-da, ishsizlik doimo ish bilan bandlik bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi: ish bilan bandlikning ko‘payishi, qoidaga ko‘ra ishsizlikni kamaytiradi, bu esa ishsizlikni, o‘z navbatida ish bilan bandlikni ko‘paytiradi. Ta’rifga ko‘ra ishsizlik – ishlashni istaydigan mehnatga layoqatli aholining ish bilan band bo‘lmagan miqdori. Makroiqtisodiy jihatdan ishsizlik – doimo jamiyat mehnat salohiyatidan, ishchi kuchi majmuidan ishlab chiqarish omili sifatida to‘la foydalanmaganlikdir.



Salbiy
Mehnat resursining bir qismi bekor qolib, mahsulot va xizmatlarni yaratishda qatnashmaydi. Uzoq vaqt mobayni ishsiz yurish kasbiy malaka va tajribani yo’qotishga olib keladi. Ishsizlarni boqish tashvishi ishlayot-ganlar zimmasiga nafaqa to’lash uchun ishlovchilar daromadidan ko’proq soliq olishga to’g’ri keladi. Ishsizlar oilalarining daromadi pasayib ketadi, ularga tegadigan nafaqa tirikchilikka yetmay qoladi.

Ijobiy
Ishsizlik xavfi -kishilarni yaxshi ishlashga;-mehnat intizomini buzmaslikka;-mehnat unumdorligini oshirishga; -ish sifatini yaxshilashga;-o’z firmasini e’zoz-lashga;-o’z ish joyining qadriga yetishga undaydi. Ishsizlik bekor yurganlarni o’z ustida ishlashga;
bilim va malakasini oshirishga;
yangi kasblarni qunt bilan egallashga chorlaydi.

2- jadval.Ishsizlikning salbiy va ijobiy tomonlari.

Ishsizlikning kelib chiqishi bu mehnat bozorida yuzaga keladigan buzilishlar va bandlikning etishmasligi tufayli. Ishsizlik ishi inqiroz davrida aniq ko’rinib turibdi, chunki mamlakatda mehnatni tashkil etish, iqtisodiyotni tiklash uchun kapital va ishbilarmonlik qobiliyatining etishmasligi. Yuqorida aytib o’tilganlarga ko’ra, hukumat barcha aholisini o’z qobiliyatlariga mos ish bilan ta’minlay olmaydi. Hozirgi vaqtda ba’zi mamlakatlar hukumatlari mavjud bo’lgan ish joylari sonidan kelib chiqib, ma’lum bir martaba odamlarini o’qitishni cheklash choralarini qo’llaydilar, masalan: mo’ljallangan martaba uchun murojaat qilish uchun ma’lum malakalarni olish, talablarning katta ro’yxati talablari barcha shaxslar va yana ko’p narsalarni olishlari mumkin.Hozirgi o‘sib borayotgan davrda aholining ish bilan bandligini ta’minlash muammosi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim makroiqtisodiy xususiyatlaridan biri bo’lib iqtisodiyotda alohida ahamiyatga ega. Shuningdek, mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida “aholi bandligini oshirish maqsadida aholining real pul daromadlari va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va daromadlar bo’yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish, yangi ish o’rinlarini yaratish, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish” asosiy vazifa sifatida belgilangan. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar jarayonida aholi bandligini ta’minlash muammolarini tadqiq etishning dolzarbligi birinchi navbatda, mazkur tushunchaning evolyutsion qarashlari va konseptual yondashuvlarini tadqiq qilishni taqozo qiladi. Ushbu tuzilgan strategiya asosida aholining o‘zini o‘zi band qilish, hamda davlatning byudjet hisobini moliyalashtirish ishlari nazarda tutilgan . Misol tariqasida, xususiy tadbirkorlik ishlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi qonunlar keltirilgan.




Download 71.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling