Aholi turmush darajasi statistikasi reja


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida aholi


Download 489.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana16.03.2023
Hajmi489.8 Kb.
#1278963
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aholi turmush darajasi statistikasi

1.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida aholi 
daromadlari shakllanishiga ta’siri. 
O’zbekiston iqtisodiyoti da kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining o’sib 
borishi-ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh tovarlar bilan to’ldirishning zamonaviy 
talablarini hisobga olgan holda, xizmat ko’rsatish sohasi kengayishining jahon bozori 
talablariga mos eksport tarkibi ko’payishining, yangi ish o’rinlari yaratishning, avvalo, 
yoshlarni ish bilan ta`minlashning va shu asosda aholi daromadlari va turmush 
farovonligini oshirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. 
Xususiy mulkchilikni rivojlantirish yo’lida ortiqcha byurokratik to’siqlarni bartaraf 
etish, kichik biznesgа yangi imtiyozlar yaratish respublikamiz iqtisodiy qudrati va 
eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois so’nggi yillarda bir 
qator qonun va me`yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindiki, bularning ijrosi sohani sifat 
jihatdan yangi bosqichga ko’tarish imkonini berdi. Yangi tahrirdagi "Tadbirkorlik 
faoliyati erkinligining kafolatlari to’grisida", "Oilaviy tadbirkorlik to’grisida”, “Xususiy 
mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’risida", "Tadbirkorlik 
faoliyati sohasidagi ruhsat berish tartib-taomillari tug’risida" gi O’Uzbeksiton 
Respublikasi qonunlari ana shular jumlasidandir. O’tgan yili sohada ruhsat berishga oid 
80 ta tartib-qoida, shuningdek, litsenziyalanadigan faoliyat turlarining 15 tasi bekor 
qilingani, moliyaviy hisobot topshirishning shakllari va davriyligi 1,5 barobar 


qiskartirilgani davlatning tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga aralashuvi tubdan 
qiskarganining amaliy ifodasidir. Bu kabi imtiyozlar 2013 yilda ham davom ettirilib, 1 
yanvardan boshlab 65 ta statistik hisobot shakli va 6 ta soliq hisoboti shakli bekor 
qilingani e`tiborga molik. 
Shu bilan birga, tadbirkorlik sub`ektlarini ro’yxatga olish, ularni muhandislik-
kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, eksport to’vrlarini bojxonada rasmiylashtirish tartib-
taomillari ham sezilarli darajada soddalashtirildi. Gap shundaki, ayni paytda biznesni 
ro’yxatga olish jarayoni "bir darcha" tamoyili asosida atigi ikki kun ichida amalga 
oshirilayaptiki, bu eng yaxshi xalqaro amaliyot talablariga to’la mos keladi
5

"Oilaviy tadbirkorlik tugrisida"gi Qonunga asosan, iqtisodietimizda xo’jalik faoliyatining 
oilaviy korxonalar shaklidagi xalkimiz mentaliteti va an`analariga to’liq mos keladigan 
yangi tashkiliy- huquqiy shakli joriy etildi. Ularga keng imtiyozlar, preferentsiyalar va 
kafolatlar berildi. Buning natijasida qonun qabul qilingan paytdan boshlab o’tgan yarim 
yil mobaynida mamlakatimizda 600 dan ortiq shunday korxona tashkil etildi. 
"Obod turmush yili" Davlat dasturida 2013 yilda tijorat banklari tomonidan kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatini rivojlantirish uchun jami 269,6 
milliard so’m hajmida, ya`ni 2012 yildagiga nisbatan 1,3 barobar ko’p kreditlar ajratish 
ko’zda tutilmoqda. Jumladan, oilaviy, xususiy tarbirkorlik va hunarmandchilikni 
rivojlantirishga 110,1 milliard so’mlik kreditlar, shaxsiy yordamchi ва dehqon 
xo’jaliklariga qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish hamda qoramollar sotib olish 
uchun 106 milliard so’m ajratilishi rejalashtirilgan. Kollej va litseylarning 15 ming 
nafardan ortiq bitiruvchisi o’z biznesini yo’lga qo’yishi uchun jami 53,5 milliard so’mlik 
kreditlarga ega bo’ldilar. 
Korporativ xaridlar tizimi kichik biznesni rivojlantirishni rag’batlantirishning 
muhim shakllaridan biridir. 2013 yilda tizimga jalbetilgan soha sub`ektlari sonini 1,3 
barobar ko’paytirish rejalashtirilmoqda. Xususan, ustav fondida davlat ulushi mavjud 
bo’lgan 2086 yirik korxonada korporativ xaridlar mexanizmini joriy etish va xaridlar 
umumiy hajmida kichik biznes ulushini 25foizga etkazish belgilangan. 
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish 
bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan, hozirgi kunda respublikamizda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda. Chunki, kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish masalasiga davlatimiz iqtisodiy 
siyosatining strategik vazifasi, aholi farovonligini oshirish omili sifatida qaralmoqda. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga davlat tomonidan katta e`tibor 
berilishi hamda ko’llab-quvvatlanishi natijasida uning mamlakat yalpi ichki 
mahsulotidagi ulushi yildan yilga ortib bormoqda. 
Xususan, 2000 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi iqtisodiyotning faol 
rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to’g’ri kelgan bulsa, 2008 yilda bu 
5
Ernazarov E.Тadbirkorlik ravnaqi va huquqiy asos. /Хalq so’zi/, 2013 20 fevral, №35


ko’rsatkich 48,2 foizni, 2009 yilda 50,1 foizni, 2010 yilda 52,5 foizni, 2011 yilda esa 54 
foizni tashkil etdi yoki 2000 yilga nisbatan 23 foizga o’sdi. 
Mamlakatimizda ish bilan band aholining 74 foizidan ortig’i aynan kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlik sohasida bandligi bu sohaga e`tiborni yanada kuchaytirishni
jumladan tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratishni ko’paytirishni va shu asosida 
yangi ish o’rinlarini tashkil etish, barqaror daromad manbalarini shakllantirishga zamin 
yaratish zarurligini taqozo etadi. 

Download 489.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling