Aholi turmush darajasi statistikasi reja
Aholining barcha daromadlari
Download 489.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Aholi turmush darajasi statistikasi
Aholining barcha daromadlari
Pul shakldagi ijtimoiy transfertlar Ish haqi Mulkdan keladigan daromad Shaxsiy yordamchi xo’jalik mahsulotlari Tadbirkorlik faoliyatidan daromad Bepul xizmatlar qiymati Shaxsiy yordamchi xo’jalikdan natural tushumlar qiymati Boshqa tushumlar: aliment, gonorar, xayriya yordami Aholining daromadlari darajasini oshirishda aholining ish bilan bandligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Nazarimizda, ish bilan bandlikni takomillashtirish bo’yicha dasturlarning moliyaviy ta`minoti muammosi o’z echimini topishi kerak. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy ko’llab-quvvatlash ham to’gridan-to’gri, ham bilvosita mablag’ bilan ta`minlash yo’li bilan respublika va mahalliy byudjetlarning mablag’larini, jamoat jamg’armalari mablag’larini jalb etish, tijorat banklari tomonidan kredit investitsiyasi berish, chet el va tadbirkorlik sarmoyasini investitsiya jarayoniga jalb etish, shuningdek, xususiy xayr-ehson va qonunchilikda ta`qiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshirilishi lozim. Aholining turmush sharoitini oshirish, bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, salomatligini mustahkamlash, ishchi kuchi sifatida ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etish salohiyatini yuksaltirish davlatimiz ijtimoiy siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan hisoblanadi. Bu haqda so’z borganda, avvalo keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya kilish sharoitida aholi daromadlari tarkibida qator o’zgarishlar sodir bo’ldi: birinchidan, daromad shakllari uzgardi, ya`ni uning an`anaviy turlari (ish xaki, pensiya, nafaka, stipendiya) katoriga mutlaqo yangilari - tadbirkorlik faoliyatidan, mulkdan, ko’chmas mulkdan, qimmatli qogozlardan, chet el valyutasidan keladigan daromadlar qo’shildi; Download 489.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling