Aholi turmush darajasi statistikasi reja


Aholi turmush darajasini yuksaltirish. O’zbekistonning ijtimoiy siyosatning


Download 489.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana16.03.2023
Hajmi489.8 Kb.
#1278963
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aholi turmush darajasi statistikasi

Aholi turmush darajasini yuksaltirish. O’zbekistonning ijtimoiy siyosatning 
asosiy yo’nalishlari 
 
"Daromad" iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko`rsatkich bo`lib, u serqirra 
va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o`zida biron-bir 
faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag’larini, natural ko`rinishda olingan 
mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi 
mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo`lib, uning tarkibida aholi 
daromadlari muhim o`rin tutadi.
Aholi daromadlari ma`lum vaqt oraliqida (masalan, bir yilda) ular tomonidan 
olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda 
aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko`rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidyapin va 
boshqalarning umumiy tahriri ostidagi "Iqtisodiyot nazariyasi" darsligida bu tarkibiy 
tuzilish quyidagi jadval ko`rinishida keltirilgan: (2-jadval) 


1) Pul va natural shakldagi ishhaqi va 
maosh 
2) Qurolli kuchlar xizmatchilarining pul 
va natural ko`rinishdagi ta`minotlari 
3) Tadbirkorlarning ajratmalari: 
a) ijtimoiy sug’urta va shu kabilarga, 
b) boshqa maqsadlarga.
Ijtimoiy 
bandlikdan 
olinadigan 
daromadlar 
4) Erkin kasblardagi shaxslar 
5) Fermerlar 
6) Boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlar 
va savdogarlar 
O`zini-o`zi band qilishdan daromadlar 
7) Renta, sof foiz, dividendlar ,
Mulkdan olinadigan daromadlar 
8) Joriy transfertlar, kompaniyalarning 
xayriyalari 
9) Davlat nafaqalari va boshqa to`lovlar. 
Transfert daromadlari 
Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, daromad tarkibining yuqorida keltirilgan tasnifida 
ma`lum chalkashliklar mavjud. Jumladan, Qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va 
natural ko`rinishdagi ta`minotlarini alohida bandda berilishi mantiqqa ziddir, chunki 
harbiy xizmatchilar ham o`z faoliyatlari natijalarini ishhaqi yoki maosh ko`rinishida 
oladilar. Shuningdek, 4 - 6 tartib raqamlari bo`yicha keltirilgan bandlar daromad turini 
emas, balki faoliyat turini ko`rsatadi va h.k.
Aholi pul daromadlari ishhaqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, 
nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, 
renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko`chmas mulk, qishloq 
xo`jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar 
ko`rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o`z ichiga oladi. 
Natural daromad me’nat haqi hisobiga olinadigan va uy xo`jaliklarining o`z 
iste`mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo`ladi. 
Jamiyat a`zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim 
ko`rsatkichi hisoblanib, shу bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, 
Sog’lig’ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi. 
Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta`sir ko`rsatuvchi omillar orasida ishhaqidan 
tashqari chakana narx dinamikasi, iste`mol bozorining tovarlar bilan to`yinganlik darajasi 
kabilar muhim o`rin tutadi. 


Prezidentimiz 
I.Karimov 
ta`kidlab 
o`tganlaridek: 
"Mustaqillik 
yillarida 
odamlarimizning tafakkuri, dunyoqarashi, hayotga bo`lgan munosabati ham tubdan 
o`zgardi. Turmush darajasi, oilasining farovonligi, eng avvalo, o`ziga boqliq ekanligini 
tushunib etayotgan odamlar tobora ko`payib bormoqda".
3
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo`lgan va real 
daromad tushunchalaridan foydalaniladi. 

Download 489.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling