Aholi turmush darajasi statistikasi reja


tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya`ni


Download 489.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana16.03.2023
Hajmi489.8 Kb.
#1278963
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aholi turmush darajasi statistikasi

tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya`ni: 
- mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari; 
- turmush va bo`sh vaqtdan foydalanish shakllari; 
- siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish; 
- moddiy va ma`naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari; 
- kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori me`yorlari va qoidalari. 
Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan 
soliqs olish yo`li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi turli guruhlari o`rtasida 
qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to`lovlar 
bilan birga bozor narxlarini o`zgartirish (masalan, fermerlarga narxlarni kafolatlash) va 
ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi. 
Ijtimoiy to`lovlar - kam ta`minlanganlarga pul yoki natural yordam ko`rsatishga 
qaratilgan tadbirlari tizimi bo`lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan 
bog’liq bo`lmaydi. Ijtimoiy to`lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni
insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi. 
Ijtimoiy siyosat - bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni 
yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o`rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf 
qilishga yo`naltirilgan siyosatdir. 
Respublikada bozor munosabatlariga o`tish davrida ijtimoiy siyosat aholini 
ijtimoiy qo`llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik 
yo`nalishlarda amalga oshiriladi. Bu yo`nalishlar I.A.Karimovning "O`zbekiston 
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida"
4
kitobida to`liq bayon qilib berilgan. 
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo`nalish - bu
narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan
daromadlarning eng kam va o`rtachа darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. 
4
Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtiris hyo’lida.-T.: O’zbekiston, 1995, 119-138-betlar. 


Bunda respublikaning o`ziga xos yondashuvi ishlаb chiqilib, daromadlar nisbatini 
o`zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg’arma banklardagi aholi 
omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning o`zida qayta ko`rib chiqish yo`li 
bilan amalga oshiriladi. Daromadlar nisbatini o`zgartirishda 1993 yil joriy etilgan yangi 
yagona ta`rif setkasi katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning 
mehnat haqi miqdorlarini tarif koeffitsientlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan 
bevosita o`zaro bog’lash imkonini berdi. 
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo`nalishi - ichki iste`mol bozorini 
himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat mollari asosiy turlari 
iste`molini muayyan darajada saqlab turish bo`ldi. Bunga erishishda muhimi mahsulotlar 
eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj to`lovlari joriy etish, 
kundalik zarur tovarlarni me`yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar
katta ahamiyatga ega bo`ldi. Milliy valyuta joriy etilishi bilan oziq-ovqat
mahsulotlarini me`yorlangan tarzda sotishdan voz kechish erkin narxlarga o`tish
imkoniyatini yaratadi. 
Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning
uchinchi yo`nalishi aholining kam ta`minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va 
qo`llab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o`tkazilganligi bo`ldi. Bu yo`nalishda 
aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari pensionerlar, nogironlar, ko`p bolali va 
kam daromadli oilalar, ishsizlar, o`quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda 
daromad oluvchi kishilar turli xil yo`llar bilan himoya qilib borildi. 
Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini 
ijtimoiy qo`llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o`tish ijtimoiy siyosatni amalga
oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich 
boshlashini bildiradi. 
Yangilangan ijtimoiy siyosat adolat tamoyillariga izchillik bilan rioya qilishga 
asoslanib, ijtimoiy ko`maklashishning mavjud usullarini va pul bilan ta`minlash 
manbalarini tubdan o`zgartirishni taqozо qiladi. Bu siyosat ijtimoiy himoya aniq maqsadi 
va aholining aniq tabaqalarini qamrab olishni ko`zdа tutadi. Yordam tizimi faqat kam 
ta`minlangan va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nisbatan qo`llanilib, shu maqsad uchun 
davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalari, turli tashkilot hamda 
jamg’armalarning mablag’laridan ham foydalaniladi. 
Ijtimoiy ko`maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar 
yordamdan bahramand bo`luvchi asosiy kishilar hisoblanib, ular uchun hamma nafaqa va 
moddiy yordamlar faqat mahalla orqali yetkazib beriladi. Bu tizimda kam daromadli 
oilalarga beriladigan moddiy yordam mahalla orqali yetkaziladi. Shu maqsadda 
mahallalarda byudjet mablag’lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va 
ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o`tkazgan mablag’lari hisobidan maxsus jamg’armalar 
hosil qilindi. 


Ijtimoiy ko`maklashishning yangi tizimi mehnatga rag’batlantiradigan omillar va 
vositalar yangi tuzilmasi paydo bo`lishini ham taqozo qiladi. 
Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo`llab-
quvvatlash bilan birga, o`z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta`minlashga
intiluvchi kishilar uchun teng sharoit vа qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi. 

Download 489.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling