Aholini favqulotta vaziyatlarda harakat qilishga ma’naviy-ruhiy tayyorlash. Axoli orasida tarqalgan mish-mishlar yoki Ommaviy axborot vositalaridagi ayrim ma’lumotlarning axoli ma’naviy-ruhiy holatiga salbiy ta’siri va ularga qarshi kurash


Fuqaro muxofazasining shaxsiy tarkibi va axolini ma’naviy va ruxiy jixatdan tayyorlash


Download 21.55 Kb.
bet2/3
Sana14.01.2023
Hajmi21.55 Kb.
#1093216
1   2   3
Bog'liq
Aholini favqulotta vaziyatlarda harakat qilishga ma

Fuqaro muxofazasining shaxsiy tarkibi va axolini ma’naviy va ruxiy jixatdan tayyorlash.
Raketa – yadro quroli va boshka turdagi yalpi – qirgin qurollari insonlargaa nafakat jismoniy jixatdagina emas, balki ma’naviy-ruxiy tomonlama xam ta’sir kursatadi. Bunday qurollarning ta’siri tufayli tayyorgarlik kurmagan kishilar dilxasta bulib qolishadi, yuragiga qurkuv soladi, ruxiyatiga salbiy ta’sir kursatadi, ma’naviy xolatiga putur etkazadi.Taxminiy dushman tomonidan ommaviy qirgin quroli ishlatilgan taqdirda O’zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha xalqlardan sabr – matonatli bulishni, o’zini tug’ri tuta bilishni, ortiqcha xis – xayajonlarga berilmaslikni va mardonalik bilan barcha tusiklarni yenga oladigan darajada xarakat qilishlari talab etiladi. Chunki xayotiy tajribalar shuni kursatadiki, aynan ma’naviy – siyosiy va ruxiy jixatdan yaxshi tayorgarlikka ega bulgan Fuqarolargina bu kabi favqulodda vaziyatlarda daddillik va qat’iyatlik bilan ish yuritishadi. Qurolli kurashning, xususan yadroviy va boshka turdagi ommaviy qirgin qurollari ishlatilgan taqdirda, urushning taqdiri va olib borish usullari tubdan uzgarishi ma’naviy faktorning axamiyatini nixoyatda ortib ketadi. Axolining barcha toifalari, ayniksa Fuqaro muxofazasining xarbiylashtitrilmagan tashkilotlarining shaxsiy tarkibi va uning ma’naviy – siyosiy va ruxiy jixatdan kurilgan tayorgarligi xozirgi kunda xar qachongidan xam muxim va juda zarur bulib borayapti. Ma’naviyat deganda insonlarning ichki xis – tuyg’ulari va qalb - quri idrokiga suyangan xolatda xosil qiladigan xatti – xarakatlarini xamda uzga insonlarga nisbatan bildiradigan munosabatlarida ayon buladigan xarakteriga aytiladi. Umumlashgan xolatda, ya’ni jaimyat miqyosida Ma’naviy omilni shakllantiradi – bu degani mamlakatning ma’naviy boylig’i bulib, u axolining aqliy saloxiyati ifodalanib, o’z navbatida ijtimoiy, iqtisodiy va mudofaa maqsadlar kulamining ruyobga chiqaruvchi omil vazifasini utaydi. Ma’lumki, tabiiy ofatlar va boshka turdagi favqulodda vaziyatlar, korxonalardagi xalokatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar xalk xujaligiga katta talofatlar yetkazishi va insonlarni ma’lum darajada taxlikaga solishi mumkin. Aynan mana shunday vaziyatlarda fuqaro muxofazasi tashkilotining talafotlarni kamaytirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishdagi ishtiroki katta axamiyatga ega. Shuning uchun xam barcha fuqarolar fuqaro muxofazasini umumxalq ishi deb qarashi, fuqaro muxofazasi vazifalarini bajarish xar bir fuqaroning vatanparvarlik burchi deb tushunmog’i kerak. O’zbekiston Respublikasi fuqaro muxofaza(FM)si kuch va jixozlarini axolini birinchi navbatda tinchlik davrida yuzaga kelishi mumkin bulgan favqulodda vaziyatlardan muxofazalashga tayyorlaydi. Sir emas, bizning respublikamiz yer sharining seysmik jixatdan xavfli xududlarga tegishli bulgan mintaqalarga joylashgan, ya’ni yer silkinish kuchi Rixter shkalasiga binoan 9 ballga yetishi mumkin, bundan tashqari tog’oldi xududlarda tez – tez kuchkilarning sodir etilishi, vodiylarda esa suv toshqinlari, ishlab chiqarish korxonalarida avariyalar uchrab turadi. Bu turdagi vaziyatlarga duch keladigan insonlarda, barcha kuch va imkoniyatlarini xaddan tashkari kuchlanganlik vaziyatida ishga solishini talab etadi, bu esa o’z navbatida turli kurinishdagi ruxiy zuriqishlarning yuzaga kelishiga sababchi buladi. Bunday vaziyatlarda ishonchsizlik,qurkuv, tashvish, charchash, beqarorlik kabi xislatlar yuzaga kedib, insonlarning ma’lum belgilangan ishlarni ro’yobga chiqarishga to’siq bo’ladi.

Download 21.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling