Aholining asosiy kategoriyalari


Ishsizlik oqibatlari. O‘zbekistonda ishsizlikni bartaraf etishning davlat siyosati


Download 363.22 Kb.
bet4/13
Sana11.03.2023
Hajmi363.22 Kb.
#1260135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Fillips egri

Ishsizlik oqibatlari. O‘zbekistonda ishsizlikni bartaraf etishning davlat siyosati.


Ishsizlik oqibatlari. Davriy ishsizlikning mavjud bo‘lishi jiddiy makroiqtisodiy muammo bo‘lib, makroiqtisodiy beqarorlikni va mavjud resurslar to‘liq bandlik sharoitida ishlatilmayotganligining yorqin ifodasi hisoblanadi.
Ishsizlikning iqtisodiy va noiqtisodiy oqibatlari mavjud bo‘lib, ular individual va umumjamiyat darajalarda namoyon bo‘ladi. Ishsizlikning noiqtisodiy oqibatlari – bu ish yo‘qotishning psixologik, ijtimoiy va siyosiy oqibatlaridir.
Individual darajada ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari kishining o‘z daromadidan mahrum bo‘lishida, o‘z kasbiy malakasini yo‘qotishida (ayniqsa zamonaviy kasblarni egallagan shaxslar uchun) namoyon bo‘ladi.
Ishsizlikning umumjamiyat darajadagi iqtisodiy oqibatlariga YaIMning potensial darajada ishlab chiqarilmasligida namoyon bo‘ladi. Davriy ishsizlikning mavjudligi (haqiqiy ishsizlik darajasi tabiiy ishsizlikdan yuqori bo‘lgan vaziyat) resurslar to‘liq ishlatilmayotganligini bildiradi. Shuning uchun bunday sharoitda haqiqiy YaIM potensial YaIMdan kam bo‘ladi. Haqiqiy YaIMning potensial YaIMdan ortda qolishi (uzilishi) quyidagicha hisoblanadi:
Y - Y*

GDP 
100%
Y*

bunda,
Y– haqiqiy YaIM; Y* - potensial YaIM.


60-yillardagi AQSh prezidenti Kennedining maslahatchisi, iqtisodchi olim Artur Ouken (A. Okun) bir necha o‘n yillik statistik ma’lumotlar asosida ishlab chiqarish hajmining ortda qolishi va davriy ishsizlik

o‘rtasidagi empirik bog‘liqlikni o‘rgandi va iqtisodiy adabiyotlarda
«Ouken qonuni» deb nom olgan qonuniyatni yaratdi.



Y  Y*
Y*
 βu
 u*

Tenglamaning chap qismida YaIMning uzilish formulasi yozilgan.
Tenglamaning o‘ng qismida:
u – ishsizlikning haqiqiy darajasi; u* - ishsizlikning tabiiy darajasi; (u - u*) – davriy ishsizlik darajasi; β - Ouken koeffitsienti (β> 0).
Ushbu koeffitsient agarda ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 1%ga ortgan sharoitda, haqiqiy YaIM potensial YaIMga nisbatan necha foizga kamayganini ko‘rsatadi. AQSh iqtisodiyoti uchun ushbu koeffitsient o‘sha yillarda A. Ouken hisobi bo‘yicha 2. 5-3%ni tashkil etgan.

Download 363.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling