Aholining asosiy kategoriyalari


-rasm. Davriy tebranishda ishsizlik va inflatsiya34


Download 363.22 Kb.
bet3/13
Sana11.03.2023
Hajmi363.22 Kb.
#1260135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Fillips egri

9.2.1-rasm. Davriy tebranishda ishsizlik va inflatsiya34


Haqiqiy ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ortib ketish jarayoni kuzatilsa, u holda iqtisodiyotda pasayish, ya’ni retsessiya holati yuz beradi. Retsessiya sababli yuzaga kelgan ishsizlik davriy ishsizlik deyiladi.
Ixtiyoriy va majburiy ishsizlik. Ishsizlikni turli xil iqtisodiy yo‘nalish vakilari o‘z makromodellarida turlicha talqin qiladilar. Masalan klassik model vakillarining fikricha, ishsizlik ishchilarning ma’lum bir ish haqi darajasida ishlashni xohlamasliklari tufayli yuzaga keladi. Shuning uchun, ya’ni ishchilar o‘z xohishlari bo‘yicha ishlashdan voz kechar ekanlar, demak klassik modelda ishsizlik ixtiyoriy xarakterga ega bo‘ladi. Ammo klassiklardan farqli ravishda neoklassik yo‘nalish vakillari ishsizlikning bir qismi majburiy xarakterga ega ekanligini tan oladilar va bunday ishsizlikni kutish bilan bog‘liq bo‘lgan ishsizlik (wait unemployment) deb ataydilar. Kutish bilan bog‘liq bo‘lgan ishsizlikning kelib chiqish sababi mehnat bozorida muvozanatning buzilishi, ya’ni real ish haqi stavkasining muvozanat darajadan yuqori belgilanishida deb
tushuntiriladi.




9.2.2-rasm. Kutish bilan bog‘liq ishsizlik (neoklassik nazariya)35


bunda,
W – ish haqi stavkasi;
Lf - to‘liq bandlik darajasidagi ishchi kuchi soni;
L1 - taklif mehnatga bo‘lgan talabdan ortiq bo‘lgandagi ishchi kuchi soni;
LD – mehnatga bo‘lgan talab;
LS – mehnat taklifi.
(W0) ga teng bo‘lgan ish haqi stavkasida (9.2.2- rasm) mehnat bozori ishchi kuchining to‘liq bandligi darajasida (Lf) muvozanat holatida bo‘ladi. Ammo ish haqi darajasi (W1)da o‘rnatilsa, u holda taklif (Lf) mehnatga bo‘lgan talabdan ortiq bo‘ladi va faqatgina L1 ga teng bo‘lgan ishchi kuchi ishga yollanadi. L1 va Lf orasidagi farq kutish bilan bog‘liq ishsizlikni tashkil etadi va bunday ishsizlik ish haqi darajasi yana muvozanatga kelganda, ya’ni (W0) ga teng bo‘lganda bartaraf etiladi.



    1. Download 363.22 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling