Aholining asosiy kategoriyalari
Inflatsiyaning oqibatlari
Download 363.22 Kb.
|
Fillips egri
- Bu sahifa navigatsiya:
- Real daromad= Nominal daromad / 1+
- Inflatsiya xarajatlari.
Inflatsiyaning oqibatlari. Inflatsiya tufayli yuzaga keladigan asosiy muammolarga quyidagilarni keltirish mumkin: 1) real daromadlarning pasayishi va 2) pullar xarid qobiliyatining tushib ketishi.
Daromadlar real va nominal daromadlarga ajratiladi. Nominal daromad – bu iqtisodiy resurs egalarining o‘z resurslarini sotishlari evaziga oladigan pul daromadlaridir. Real daromad – bu kishilarning o‘z nominal daromadlariga (olgan pullari hajmiga) hozirda real sotib olishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlari miqdoridir. Real daromad= Nominal daromad / Narxlar darajasiyoki Real daromad= Nominal daromad / 1+π bunda, π – inflatsiya darajasi. Tovar va xizmatlarning narxlar darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, kishilar o‘z nominal daromadlariga endilikda shunchalik kam miqdorda ularni xarid qila oladilar, shuning uchun ularning real daromadlari pasayib ketadi. Ayniqsa, giperinflatsiyaning salbiy oqibatlari nafaqat kishilarning real daromadlari pasayishiga, balki kishilar turmush darajasining keskin tushib ketishiga olib kelishini tarixiy dalillar misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Inflatsiya xarajatlari. Inflatsiya jarayoni jiddiy xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: «eskirgan oyoq-kiyimlar» xarajatlari (shoe leather costs). «menyu» xarajatlari (menu costs). Kutilayotgan va kutilmagan inflatsiya. Inflatsiyaning oqibatlari kutilayotgan (expected) yoki kutilmagan (unexpected)ligiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Kutilayotgan inflatsiya sharoitida iqtisodiy agentlar o‘z hatti-harakatlari orqali o‘zlarining real daromadlari va pullarining qadrsizlanishini kamaytirishga, ya’ni minimallashtirishga erishishlari mumkin. Masalan, kutilayotgan inflatsiya sur’atlariga proporsional ravishda ishchilar o‘z ish haqlari darajasini ko‘tarilishini, firmalar o‘z mahsulotlariga narxlarni ko‘tarishni talab qilishlari mumkin. Kreditorlar kreditlarni real foiz stavkasi (kredit bo‘yicha real daromad) - r va kutilayotgan inflatsiya darajasi 𝝅𝒆 yig‘indisiga teng bo‘lgan nominal foiz stavkasi (Rn)da berishga tayyor bo‘ladilar: Download 363.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling